Profilaktik xizmat
Matritsali printerlar qolgan printerlarga qaraganda ko‘proq chang va ifloslarni “yig‘ar” ekan. Bu bo‘yaydigan tasma va bosmalovchi boshcha orasidagi kontakt natijasidan, hamda printerda qog‘ozni uzoq harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Printer ishlaganda bo‘yaydigan tasma doyim bosmalovchi boshchada “toza “ joyi bo‘lishi uchun harakat qiladi. Bunday harakatda tasmadan bo‘yoq qolmagan joyidan tukchalari ajralib chiqaveradi. Bu tukchalar ignalarni to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. Ishlamayotgan ignani boshlash juda oson: belgilarni bosayotganda “bo‘shliq “ hosil bo‘ladi. Iflosliklarni bartaraf etish uchun bo‘yaydigan tasmalarni maxsus turlarini olib ishlatish zarur. Qog‘oz printerda uzoq vaqt bo‘lgani uchun qo‘shimcha muommolar kelib chiqadi. Matritsali printyerdai qog‘oz uzatilishi uzatish mexanizmi va qog‘oz chetlaridagi teshikchalar orqali amalga oshiriladi. Qog‘ozdagi teshikchalarni printerga to‘g‘ri o‘rnatilgani uni to‘g‘ri uzatilishini, hamda printerni kamroq ifloslanishini ta’minlaydi. Agar kerakli joyda teshik bo‘lmasa,yo‘naltiruvchi mexanizm teshikni o‘zi hosil qiladi.Tabiyki,bunda qog‘oz bo‘lakchalari printer ichiga tushadi. Printyerdagi qog‘oz changgini tozalash uchun changyutgichdan foydalanish zaruz, bosmalash boshchasini esa spirtli suyuqlik bilan tozalab artib turish kerak.
Nazorat savollari:
1.Printer qanday qurilma deb hisoblanadi va uning asosiy funksiyasi nimadan iborat?
2.Qanday bosmaga chiqarish texnologiyalari mavjud?
3.Printerning asosiy hususiyatlari nimadan iborat?
4.Printer hotirasining vazifasi nimadan iborat?
5.Oqimli printer qanday usulda ishlaydi?
6.Rangli oqimli printerning ishlash hususiyatlari nimadan iborat?
7.Lazer peinterlarda ishlash jarayoni qanday boqichlarga ega?
8.Rasterizatsiya jarayonini qanday tushinasiz?
9.Raqamli termobosmaga chikarishni qanday texnologiyalari mavjud?
10. Matritsali printerlarning ishlash prinsiplari nimadan iborat?
Mavzu: Hisoblagichlarni tozalash.Nusxa ko`paytiruvchi qurilmalarni kartrijini bo`yoq bilan to`ldirish.
Reja:
1.Nusxa ko`paytiruvchi qurilmalarning profilaktikasi.
2. Hisoblagichlarni tozalash.
3. Nusxa ko`paytiruvchi qurilmalarni kartrijini bo`yoq bilan to`ldirish.
Hujjatlarni (makolalar, e’lonlar, reklama prospektlari va boshkalar) nusxalash va kupaytirish operaсiyalari tadbirkorlik va xalq xo’jaligining boshka faoliyatida keng tarkalgandir.
Hujjatlarni nusxalash va ko’paytirish uchun maxsus texnika vositalari ishlatiladi:
— unchalik ko’p bo’lmagan nusxalashda (25 ta nusxagacha) Hujjatlarni nusxalash vositalarndan foydalanish mumkin;
— ko’p nusxa chikarganda ( 25 ta nusxadan ko’proq) Hujjatlarni ko’paytirish vositalaridan (tezkor yoki kichik poligrafiya) foydalaniladi.
Nusxalash vositalarining kichik poligrafiyadan farki shundaki, nusxalashda nusxa bevosita asl nusxadan olinadi, ko’paytirishda esa Hujjat asl nusxadan tayyorlangan oralik bosma shakldan (forma) olinadi.
Hujjatlarni nusxalash vositalari turli-tumandir, ular nusxa olinayotgan Hujjatlarni tashuvchilar (oddiy noshaffof kog’oz, kalka, shaffof plyonka) va Hujjatlarni ko’chiriladigan tashuvchilar turi bo’yicha farklanadi.
Turli xil nusxa oluvchi texnika vositalari uchun xar xil qog’oz turlari ishlatiladi:
— yorug’lik nuri ta’sirida qorayuvchi fotoqog’oz;
— diazoqog’oz, yorug’likni sezuvchi kogoz (bu kogoz kuchli yorug’lik ta’sirida kelgusida kayta bo’yoqlar hosil kilish qobiliyatini yo’kotadi);
— termoqog’oz, issiqlik nurlari ta’sirida korayadi;
— oddiy kog’oz;
— elektrofotokalka yoki plyonka, ularga elektr uchkunli razryadlar mikroskopik teshiklarni perforirlayli.
Ishlatilayotgan kog’ozlar turiga karab nusxa ko’chirish jarayonlari 5 guruxga bo’linadi:
— fotografik nusxa ko’chirish ( fotografiya );
— diazografik nusxa ko’chirish ( diazografiya );
— termografik nusxa ko’chirish ( termografiya );
— elektrografik nusxa ko’chirish ( elektrografiya );
— elektr uchkunli nusxa ko’chirish ( elektronografiya ).
Elektrografik nusxa ko’chirish ( elektrofotografik, kserografik) xozirgi vaqtda keng tarkalgandir. Jahon nusxa ko’chirish mashinalarining 70 % dan ortig’ini elektrografik nusxa ko’chirish apparatlari (EGNKA) tashkil etadi, ular bilan jahonda ko’chirilayotgan nusxalarning 50% dan ko’prog’i tayyorlanmokda, EGNKA ni ko’pincha kserokslar deb atashadi, bu nom ushbu turdagi nusxa ko’chirishning asoschisi Angliyaning Rank Xerox firmasiga xurmat tarikasida berilgan.
25- rasm
Elektrografik nusxa ko’chirishning asosiy afzalliklari:
— yukori tezkorlik, samaradorlik va nusxa ko’chirishning yuqori sifati;
— nusxa ko’chirishda Hujjat xajmini o’zgartirish va taxrirlash imkoniyati borligi;
— varaqli va risolali Hujjatlardan nusxa olish imkoniyati borligi;
— turli xil ingichka chizikli, yarim rangli, bir va ko’p rangli Hujjatlardan nusxalar olish imkoni borligi;
— nusxalarni oddiy qog’oz, kalka, plastik plyonka, alyuminiy folgaga va boshkalarga olish;
— apparatlar va ish materiallarining nisbatan arzonligi va xizmat ko’rsatishning engilligi.
Elektrografik nusxa ko’chirish kuyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
— svetoekspoziсiya: Hujjat oldindan fotoyarimo’tkazgichli qoplama bilan zaryadlangan baraban yoki plastina sirtiga proekсiyalanadi, bu jarayonda yarim o’tkazgichli qoplama Hujjatning yoritilgan uchastkalaridan zaryadlarning oqib
tushishidan uning ko’rinmas elsktrostatik tasviri shakllanti
riladi;
— tasvirning tushishi: bo’yaydigan kukun (toner) zaryadlangan uchastkalarga yopishib qolishi oqibatila ko’rinmas elektrostatik tasvir ko’rinadigan tasvirga aylanadi;
— bosish: bo’yaydigan kukunni barabandan yoki plastinadan qog’ozga yoki boshka asosga ko’chirish bilan amalga oshadi;
— qotirish: bo’yaydigan kukun aсeton bug’larida nusxaga qotiriladi.
Rossiyada ishlab chikarilgan EGNKA namunalari ERA, REM, EFKA, ER. CHet elning eng yaxshi namunalari: Xergox 5380, Xerox 5520, Ricon FT-4220, Mita DC 1755, konica-112, Sharp SF-7800, Sanon NP-6020 va boshkalar.
Rossiyada ishlab chikzrilgan EGNKA nusxa ko’chirish sifati bo’yicha chet elnikidan pastdir. Ular uchun asosan nusxadagi matnni tushunish muhim bo’lsa, chet elniki uchun: nusxalar asl nusxadan yaxshi, rasmlar chiroyli, yaxshi qog’oz ishlatganda ranglar yorqin chikadi.
EGNKA ni tanlash asosan nusxa ko’chirilishi rejalashtirilayotgan hujjatlarning turiga va shakliga hamda nusxalar soniga bog’liqdir:
— a g a r nusxalar soni N oyiga 1000 donadan kam bo’lsa , eng oddiy kichik apparatlarni harid kilish mumkin (Xerox 5220, Sanon FC-2, Ricon LR-1, Sharp Z-30 va boshqalar); bu turdagi EGNKA larda yorug’lik sezuvchi baraban va toner kartridj tipidagi bitta blokda joylashadi, ularga toner 3—9 marta qo’yiladi va baraban resursi 8—10 ming nusxaga etadi;
— a g a r Nq1000—5000 bo’lsa, o’rtacha samaradorli EGNKAni tanlagan ma’quldir (Ricon M-50, Xerox 5316, Mita CE-50, Ronica 1112, Sharp Z-52 va boshqalar); bu guruhdagi EGNKA da, xajm o’zgartirgichlar bor, bir-biridan ajratilgan toner va baraban esa alohida almashtiriladi;
— a g a r N>5000 bo’lsa, yuqori kuvvatli EGNKA tanlanadi, (Xerox 5331, Konica 7728, Mita DC -1555, Toshiba 1210 va boshqalar). Ularda hajm o’zgartirgichlar, nusxa saralovchilar, hujjatlarni avtomatik almashtirish va boshka servis imkoniyatlari mavjud. Ko’pchilik EGNKA servis imkoniyatlari:
— ko’p rangli nusxa ko’chirish ham ko’p rangli (3-5 ta rang)b ham bir rangli nusxalarni olish imkonini beradi (Rank Xerox firmasining o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rangli hujjatlar ma’lumotni 80% ga, qabul qilish hissiyotini 78% ga oshiradi va uni tushunishni 40% ga yaxshilaydi);
— ko’p rangli nusxa ko’chirish ham ko’p rangli (3—5ta rang), Ham bir rangli nusxaparni olish imkonini beradi (Kap1s Xegox firmasining o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rangli Hujjatlar sh’pumotni 80% ga, qabul qilish Hissiyotini 78% ga oshiradi va uni tushunishini 40% ga yaxshilaydi)* ;
Ba’zi bir chet el EGNKAlari tasnifi
Firma
|
EGNKA modeli
|
Samaradorligi
|
Hujjat shakli
|
Xajm o’zgartirish, % larda
|
Minutiga nusxa
|
Oyiga nusxa
|
Xerox
|
5220
5317
5380
FC-330
|
5
16
80
6
|
500
7000
80000
500
|
A7-A4 A6-AZ A6-AZ A7-A4
|
Yo’q
64-156
50-200
Yo’q
|
Sanon
|
NR1215
NR2120
|
15
21
|
4000
8000
|
A5-AZ A6-AZ
|
50-200
50-200
|
Ricon
|
M50
FT-3313
|
8
13
|
1000
4000
|
A7-A4 A6-AZ
|
Yo’q
61-141
|
— tahrirlash nusxa ko’chirish jarayonida nusxa mazmunini asl nusxaga nisbatan o’zgartirish imkonini beradi;
— ikki tomonlama nusxa ko’chirish hujjatning birdaniga ikkala tomonidan nusxa olish imkonini beradi;
— asl nusxa sifatsiz bo’lganda ham nusxa sifatini ta’minlovchi ekspoziсiyani avtomatik boshkarish;
— nusxalar sonini 1 dan 999 gacha dasturlash imkoniyati.
Toshiba 1210 EGNKA sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan. Ko’pchilik zamonaviy EGNKAlar yana quyidagilarga ega:
—nusxa ko’chirish jarayonini taxrirlash va boshkarishni sezilarli engillashtiradigan displeylar;
—hujjatni avtomatik uzatish;
—komplekt bo’yicha nusxalarni saralovchi qurilma.
26-rasm
Termonusxa ko’chirish — eng tezkor nusxa ko’chirish usuli (minutiga o’nlab metr), u nusxani maxsus, anchagina qimmat termoreaktiv qog’ozda yoki termonusxa ko’chiriladigan qog’oz orkali, oddiy qog’ozga olish imkonini beradi.
Termografik nusxa ko’chirish tamoyili kuyidagichadir: Hujjat—asl nusxaga yarim shaffof termoreaktiv qog’ozning sezgir qatlami qaratib ko’yiladi. Keyin shu qog’oz orqali Hujjat issiklik nurlarining jadal okimi bilan nurlantiriladi — asl nusxaning qora joylari bu nurlarni yutadi va qiziydi, yorug’ joylari issiklik nurlarini kaytaradi va ancha kamroq qiziydi. Asl nusxaning ma’lum joylari kizishi unga yopishgan termoreaktiv qog’ozga uzatiladi, bu qog’ozning qizigan joylari esa qorayadi (qorayish yorug’likni sezuvchi qatlamdagi pigmentning erishi oqibatida yoki pigment hosil kiluvchi kimyoviy reakсiyaning issiklik ta’sirida bo’lib o’tadi).
Termonusxa ko’chirish kamchiliklari: yuqori bo’lmagan sifat, nusxalarning saqlanish muddati kamligi (1—2 yildan keyin ularniig rangi o’chadi va oqaradi), kimmatbaho qog’oz. Molniya, TENKA, TR4 va boshka apparatlar ishlatiladi.
Diazografik nusxa ko’chirish (yorug’lmk nusxa ko’chirish) — bu diazografiya, sinkografiya. Asosan katta shakldagi chizma-texnik Hujjatlardan nusxa ko’chirish uchun qo’llaniladi. Asl nusxa yorug’likni o’tkazadigan qog’ozda, kalkada bajarilgan bo’lishi kerak. Jarayon yorug’lik sezuvchi diazoqog’ozga ko’yilgan shaffof asl nusxani yoritib xosil qklinadi, bunda diazoqog’ozning tasvir yo’k joylari okarib koladi. Tasvir, yarim quruq usul bilan tortib turuvchi shkaflarda eritgich (ammiak) bug’ilda yoki nam usul bilan ishqorli korishmada tushiriladi; oxirgi holatda nusxalarning chidamliligi ortadi. Diazotipli nusxa ko’chirishning sifati o’rtacha. Rossiyada ishlab chikarilgan SKA, SKN, VA, KVS, SKS, SKMP va boshqa apparatlar ishlatiladi. Tuzilishi va nusxa ko’chirish texnologiyasi bo’yicha namli tushirish apparatlari (masalan, SKMP) yarnm kuruk tushirish apparatlariga nisbatan (masalan, SKS) birmuncha oddiy va arzondir, lekin nusxa ko’chirish sur’ati va ish sifati pastdir
Yaqingacha juda keng tarkalgan nusxa ko’chirishning bu turi o’z o’rnini elektrografik nusxa ko’chirishga bo’shatib bermokda.
27- rasm
Fotografik nusxa ko’chirish
Fotografik nusxa ko’chirish (fotonusxa ko’chirish) eng kadimiy va yuqori sifatli nusxa ko’chirish usuli bo’lib, kimmatbaho xom ashyo (xususan, kumush tuzini o’zida saklagan fotoqog’oz) va nusxa olishning uzoq jarayonini (ekspoziсiya, tushirish, qotirish, yuvish, kuritish) talab etadi.
Tasvirning o’lchamlari va sifatiga ko’yilgan talablarga karab fotografik nusxa ko’chirish kontaktli va proekсion bo’lishi mumkin. Proekсion fotonusxa ko’chirish nusxani yukori sifatli bo’lishini ta’minlayli va keng oraliklarda tasvir xajmini o’zgartirish va tasvirdagi aloxdda lavhalarini kattalashtirib ajratish imkonini beradi.
Fotonusxa ko’chirishda ham oddiy ham kayta ishlanadigan fotoplyonka va fotoqog’ozlar ko’llaniladi. Plyonkadagi pozitiv nusxa kelgusida diazografik nusxa ko’chirish uchun ishlatilishi mumkin. Agar yarim tuslarni tushirish talab etilmasa u holda juda keskin fark qiladigan fotomateriallar ishlatiladi.
Fotonusxa ko’chirish uchun turli xil ko’shimcha asboblar va fotokatgalashtiruvchi qurilmalar ishlatiladi.
Fotonusxa ko’chirishning muxim va keng tarqalgan ko’rinishi Hujjatlarni mikrofilmlashga asoslangan mikrofotonusxa ko’chirishdir. Unda oddiy fotografik kontaktli (refleksli) fotograflash va bosish uchun apparatlar ishlatiladi. Modellari: ORK komplekgi, KP-10, KRN, Dokufo BF-101 va boshka apparatlar.
Elektronografik nusxa ko’chirish (elektr uchkunli nusxa ko’chirish) Hujjatlarni optik o’qish va axborotni maxsus nusxa tashuvchiga elektron uchkunli kayd kilishga asoslangan.
Fotodioddar ularga proekсiyalanayotgan Hujjatlar tasvirini satrma-satr elektr signallariga aylantiradi, signallar kuchaytiriladi va yozuvchi ninalar chizgichiga uzatiladi, ninalar va apparat (baraban) asosi orasidan elektr razryadlar (uchkunlar) o’tib ketadi, bu uchkunlar nusxa tashuvchida ingichka teshiklar perforaсiyalaydi (teshik ochadi).
Nusxalar ko’pincha elektroplyonkada va termoreaktiv kog’ozda olinadi. Elektroplyonkadagi nusxalar trafaretli bosish vositasi bilan kelgusida Hujjatlarni ko’paytirish uchun asos bo’lib xizmat kiladi va yuqori sifatli trafaretli bosma formalar tayyorlashda elektronografik nusxa ko’chirish juda samaralidir va keng ishlatiladi. Keng tarkalgan apparatlar: Iskra, Elika, Rex-Rotary, BE-102, Electrocop-18, Gesletner.
Nusxa ko’chirish texnikasida eng yangi yutuqdir. Keyingi yillarda Hujjat tashuvchi tushunchasi ham (Hujjat tashuvchilar sifatida magnit disklar va lentalar, optik disklar ishlatiladi) Hujjat tushunchasi ham (faqat qog’ozli emas, balki elektron hujjat (magnitli yoki boshka mashina tashuvchida) ham Hujjat hisoblanadi) o’zgardi. SHu munosabat bilan hujjatlarni kompyuterli nusxa ko’chirish va ko’paytirish texnologiyasi xususan, kombinaсiyalangan kompyuterli-qog’ozli texnologiyalar gurkirab rivojlandi, ular Hujjatlardan elektrografik nusxa ko’chirishning raqamli usullarida va Hujjatlarni elektronografik (rizografli) ko’paytirish texnologiyalarida o’z aksini topli.
Raqamli nusxa ko’chirish texnologiyasi bugungi kunda tadbirkorlik kog’ozlarini yaratish olamida sokin inqilobni amalga oshirmokda. Ba’zi bir mutaxassislar Hujjatlarning aylanish doirasiga raqamli texnologiyani kirib kelishini oq-qora rangli televideniedan ranglisiga o’tish bilan tenglashtirishmokda,
Ko’plab firmalar raqamli nusxa ko’chirish apparatlarini ishlab chikarmoqda: Xerox 3030, 5352, Ricoh D 4000 va boshqalar.
Raqamli nusxa ko’chirish apparati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
— Hujjat-asl nusxani o’kish va undan elektron nusxani olish uchun skaner;
— nusxa ko’chirilayotgan axborotni taxlil kilish, o’zgartirish va tahrirlash jarayonini ta’minlovchi mikroproсessor;
— xotira qurilmasi, 16 Mbaytgacha tezkor va 1000 Mbaytgacha magnit diskda;
— displey (xususan, Ricoh D400 da sensorli boshkariladigan suyuk kristalli) yoki foydalanuvchi bilan ko’z orkali o’zaro bog’lanadigan planshet;
—hujjat nusxasini elektrografik usul bilan ochish uchun lazerli printer,
—boshka qurilmalar.
Masalan, NR Office Yet590 va Pro 1150C firmasining elektron nusxa ko’chiruvchilari rangli oqimli printer, skaner va faksimil apparat bilan integrallashtirilgan.
Axborot obrazlarni o’qish dasturlaridan foylalanish bilan ma’lumotni samaralirok taxrirlash uchun kompyuterli interfeys bo’lishi mumkin.
Rakamli texnologiyalar nusxa ko’chirish jarayonlarining samaradorligini sezilarli oshirish ( nusxa sifati amalda doimo Hujjat-asl nusxa sifatidan yuqori turadi), nusxani taxrirlash imkoniyatlarini keskin yaxshilash va ko’pgina boshqa ishlarni bajarish imkonini berali.
Hususan, raqamli nusxa ko’chirish quyidagilarga imkon beradi:
• nusxa ko’chirishda yuqori unumdorlikni ta’minlash nusxa ko’chirishning 10 tagacha dasturini ishlatish, Hujjatni bir marta skanerlab (o’kib) ko’p martalab nusxa olish, nusxalarni elektron saralash va boshkalar hisobiga;
• jarayonning ishonchliligi yuqori bo’lishini ta’minlash — ko’p betli asl nusxani bir marta kiritish va keyinchalik apparat xotirasidan «ko’p nusxa ko’chirish» xisobiga, bunda skanerlash bloki «dam oladi»;
• nusxalarning sifati yuqori bo’lishini ta’minlash — 256 ta rang tusini berish bilan 400 dpi ajratish kobiliyati (dyuymdagi nuktalar soni) shu jumladan kul rang tusini ham berish; nusxa ko’chirishda Hujjatni samarali masshtablash;
• turli rejimlarda nusxa ko’chirishni bajarish mumkin, masalan: «matn» va «foto» rejimlarida, ular mos ravishda matnli va yarim tusli grafikli Hujjatlardan nusxa ko’chirishga optimal moslashgan, kombinaсiyalashgan Hujjatlardan nusxa ko’chirish uchun «matn/foto» rejimi (Hujjatning matni va yarim tusli grafikning lavxalarini avtomatik aniklash va ular uchun mos keluvchi nusxa ko’chirishni bajarish);
• fonni yo’kotish rejimida nusxa ko’chirish — bu rejim gazeta va eski Hujjatlar va kitoblarga o’xshagan past sifatli asl nusxalardan nusxa ko’chirishda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan kul rang rangini chikarib tashlash imkonini beradi, tasvirni 180o gacha burish va tasvirni 90o ga avtomatik burishni, xususan, Hujjat-asl nusxa va nusxani tashuvchi kog’ozning o’zaro noto’g’ri orientaсiyasida bunday burishni dasturlashtirish;
• nusxalarni elektron tanlash, saralash va kerakli tirajlashni bajarish hamda bir varaq kogozda berilgan tartibda 10 tagacha va undan ortik turli Hujjatlarning kichiklashtirilgan nusxalarini joylashtirish uchun asl nusxalarni kombinaсiyalashni bajarish;
• ham sganlart, ham foydalanuvchi tomonidan berilgan shtamplarni va logotiplarni avtomatik tushirish, sanani avtomatik ko’yish, betlarni avtomatik nomerlash va boshka ko’pgina amallarni bajarish;
Nazorat uchun savollar:
1.Nusxa ko`chiruvchi qurilmalarning turlarini ayting.
2.Nusxa ko`chiruvchi qurilmalarning ichki tuzilishini ayting.
3.Hisoblagichlar qanday tozalanadi?
4.Nusxa ko`chiruvchi qurilmalar qanday bo`yoq bilan to`ldiriladi?
5.Nusxa ko`chiruvchi qurilmalarga qanday profilaktik xizmat ko`rsatiladi?
Mavzu: Fotoprinterlarni o`rnatish va sozlash.
Reja:
1.Fotoprinterlarning ichki tuzilishi.
2.Fotoprinterlarni o`rnatish
3.Fotoprinterlarni sozlash.
4.Fotoprinterlarga profilaktik xizmat ko`rsatish.
28 - rasm
Bosuvchi qurilmalar (printerlar) - bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.
Printer SHK TQ, sining eng rivojlangan guruhidir, ularning 1000 tagacha turli hil modifikatsiyalari bor. Printerlar o’zaro quyidagi tavsiflar bo’yicha farqlanadi:
rangliligi (oq-qora va rangli);
belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);
ish tamoyili (matritsali, termik (qizdirishga oid), purkagichli, lazerli);
bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari;
karetka kengligi (375 450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali);
bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi);
belgilarni terish (ASCII belgilarini to’liq terishgacha);
bosish tezligi;
O’tkazish qobiliyati va h.k.
Bir qator guruhlarning ichida printerlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin: masalan, SHK da keng ishlatiladigan belgilarni sintezlovchi matritsali printerlar ish tamoyili bo’yicha zarbli, termografikli, e'lektrografikli, e'lektrostatik, magnitografikli va b. bo’lishi mumkin.
Zarbli printerlar orasida ignali (matritsali) lar eng ko’p tarqalgan, lekin hali ham literli, shar ko’rinishli, gulbargli ("moychechak" tipidagi) va b. uchrab turadi.
Printerlarda bosish belgi bo’yicha, satr va sahifa bo'yicha bo’lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10-300 ta ishoradan (zarbli printerlar) sekundiga 500-1000 tagacha va hattoki sekundiga bir necha o’nlab (20 tagacha) sahifalargacha (zarbsiz lazerli printerlar) oraliqda; o’tkazish qobiliyati millimetrda 3-5 nuqtadan millimetrda 30-40 nuqtagacha bo’ladi (lazerli printerlar).
Matnli bosish uchun umumiy holda turlicha bosish sifati bilan tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor:
homaki bosish rejimi (Draft);
bosmahonanikiga yaqin bosish rejimi (NLQ – Near Letter Quality);
bosmahonaniki kabi bosish rejimi (LQ- Letter Quality);
yuqori sifatli bosish rejimi (SLQ- Supper Letter Quality).
Printerlar, odatda, ikki rejimda - matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
|