|
Matnli rejimda printerga bosilishi kerak bo’lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi
|
bet | 31/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #230171 |
Bog'liq ShK ga xizmat ko`rsat amaliyotMatnli rejimda printerga bosilishi kerak bo’lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi.
Grafikli rejimda printerga tasvir nuqtalarining ketma-ketligi va joylashgan joyini aniqlovchi kodlar yuboriladi.
Matnli rejimda printerlar odatda bir nechta shriftlarni va ularning turli ko’rinishlarini qo'llaydi, ularning ichida roman (yozuv mashinkasining mayda shrifti), italik (kursiv), boldface (yarim qora), expandent (cho’zilgan), elite (yarim siqilgan), condenced (siqilgan), pica (tug’ri shrift - sitsero), prestige elite (prestij-elita) va proportsionalli shrift (belgi uchun ajratiladigan maydon kengligi belgining kengligiga bog’liq bo’ladi) keng tarqalgandir.
Printerni ruslashtirilganligi (milliylashtirilishi) maqsadga muvofiqdir - o’zining vositalari bilan rus harflarini - kirillitsami bosishni ta’minlasin; aks holda SHK ga maxsus drayver-larni qo’shish talab etiladi.
Ko’pgina printerlar grafikli ma’lumotlarni samarali chiqarishni (psevdografika belgilari yordamida) amalga oshirish imkonini beradi; bosishning servis rejimlari: qalin bosish, ikkilangan kenglikdagi bosish, ostiga chizib bosish, yuqorigi va pastki indekslar bilan, ajratilgan bosish (har bir belgi ikki marta bosiladi) va ikki marta o’tib bosish (ikkinchi marta belgi ozgina surilib bosiladi); ko’p rangli bosish (100 tagacha turli xil rang va tuslar).
29- rasm Epson Stylus Photo RX600
Bu apparat – haqiqiy foto laboratoriya, apparatda fotoskaner, fotoprinter va rangli nusxa ko’chirish funktsiyasi o’zida mujassam.
Modelning dizayni yomon emas. Xokistar rangli korpusning qoramtir panelida printerning barcha boshqaruv tugmalari joylashgan, yuqish tugmasi barcha tugmalardan ajralgan holda qizil rangda berilgan.
Panel o’rtasida 2.5’’ suyuq kristalli display joylashgan, u yordamida siz bosmaga berilgan fotosuratni dipley xaritasi orqali ko’rishingiz mumkin. Oxirgi xaritalar uchun Compact Flash, xD-Picture Card, Smart Media , Secure Digital, Multi - Media Card, Memory Stick (Magic Gate, Pro, Duo) va IBM MicroDrive, formatlar qo’llaniladi. Undan tashqari kompyuterni yoqmasdan turib, printer bilan xoxlagan surat, nusxa ko’chirish va skaner qilish mumkin, hamda printerni xotira xaritasining dokument saqlaydigan xotirasiga, raqamli ko’rinishda saqlash mumkin.
Bu qurilma kompyuterga bir dona kabel orqali ulanadi, u USB 2.0 interfeysi uchun mo’ljallangan, sekin ishlash natijasi USB 1.1.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Matnli rejimda printerga bosilishi kerak bo’lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi
|