|
O`rta maxsus, kasb hunar ta`limi markazi
|
bet | 19/40 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #230171 |
Bog'liq ShK ga xizmat ko`rsat amaliyotNazorat uchun savollar:
1.Portativ kompyuterlar qanday qismlarga bo`linadi?
2.Portativ kompyuterlarga qanday tashqi qurilmalar ulanadi?
3.Portativ kompyuterlarda videokonferentsiyalar qanday tashkil qilinadi?
Mavzu: Ofis texnikasi qurilmalarini o`rnatish va sozlash ( printer,skaner, nusxa ko`chiruvchi, faks) .
Reja:
1.Printerni tizimli blokka ulash va unga texnik xizmat ko`rsatish.
2.Skanerni tizimli blokka ulash va unga texnik xizmat ko`rsatish.
3.Nusxa ko`chiruvchini tizimli blokka ulash va unga texnik xizmat ko`rsatish.
4.Faksni tizimli blokka ulash va unga texnik xizmat ko`rsatish.
Kompyuterning deyarli har bir foydalanuvchisi qog‘oz shaklidagi hujjatlarni elektron shaklga almashtirish muammosiga duch keladi. Biroq axborotni qo‘lda kiritish protsedurasi ulkan vaqtni oladi va xatoliklar tug‘ilishi mumkin. Bundan tashqari qo‘lda tasvirlarni emas, balki faqat matnlarni kiritish mumkin. Buning iloji skaner bo‘lib, u kompyuterga rasmlarni ham, matnli hujjatlarni ham kiritish imkonini beradi
Skanerlar qog‘ozdan, plyonkadan yoki boshqa qattiq tashuvchilardan “analogli” matnlarni yoki rasmlarni o‘qiydi va ularni raqamli formatga o‘tkazadi. Ular hamma yerda: ulkan hujjatlar arxivi ishlab chiqiladigan katta idoralarda, nashriyotlarda va loyixalash – konstruktorlik idoralarida, shuningdek, unchalik katta bo‘lmagan firma va uy-offislarda qo‘llanadi. Skanerlarning qo‘llanish doirasi qanchalik keng bo‘lsa, ularning turlari ham shunchalik ko‘pdir. Skanerning bahosi bir necha o‘n dollardan bir necha o‘n minglab dollargacha bo‘lishi mumkin, optik ajratish qobiliyati bir dyuymga 100 dan 11000 nuqtagacha (inglizcha dpo, dot per inch) skanerlash tezligi esa 1-2 dan 80 b/min mingacha bo‘lishi mumkin. U yoki bu aniq vazifalarni bajarishi uchun har qanday rusum ham qo‘llana olmaydi. Odatda, skanerning yaroqliligi uning texnik parametrlari majmui: konstruktiv toifasi, formati, ajratish qobiliyati, rang chuqurligi, optik zichliklar diapazoni va h.k.bilan belgilanadi.
Hozirgi kunda skanerlar 4 konstruksiyada- qo‘l bilan, varoq tortish bilan, planshetli va barabanli shaklda ishlab chiqarilmoda, shu bilan birga ularning afzalliklari bilan bir qatorda, kamchiliklari ham bordir.
Qo‘l skanerlari –oddiy yoki o‘zi harakatlanuvchi skanerlar eni 10 sm atrofidagi hujjat qatorlarini ishlab chiqadi va eng avvalo uni mobil SHK egalari uchun ko‘proq ishlatadi. Ular sekin ishlaydi, past optik ajratish qobiliyatiga ega (odatda bir dyuymga 100mm) va ko‘pincha tasvirlarni qiyshiq tasvirlaydi. Biroq ular ixcham va qimmat emas.
Varoq tortuvchi skanerlarda, faksimil apparatidagi kabi, hujjat sahifalari o‘qishda o‘rnaltiruvchi roliklar ( bular ko‘pincha chiqishda rasmni qiyshiq bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin ) yordamida maxsus tirqish orqali o‘tkaziladi. Shunday qilib bu tipdagi skanerlar ma‘lumotlarni bevosita jurnal yoki kitoblardan kiritish uchun yaroqsizdir. Umuman varoq tortuvchi skanerlarning imkoniyatlari cheklangan, shu sababli ularning ommaviy bozordagi narxi pasaymoqda.
Planshetli skanerlar juda univerasaldir. Ular nusxalash apparatining yo‘qori qismini eslatadi: originalni-qog‘oz hujjat yoki yassi narsani – maxsus oyna ustiga qo‘yiladi, oyna ostida optikali va analog-raqamli o‘zgartirgich bo‘lgan karetka ko‘chib yuradi (biroq oyna va original ko‘chib yuradigan, optika va ARO‘I qo‘zg‘almas bo‘lgan “planshet ”lar ham mavjud, bunda skanerlash sifati yo‘qoriroq bo‘ladi). Odatda planshetli skaner originalni pastdan yoritib, o‘zgartirgich pozitsiyasidan uni o‘qiydi. Plyonka yoki diapozitivdan tasvirni aniq skanerlash uchun originallarni go‘yoki orqasidan yoritish lozim. Buning uchun slaydli qoshimcha xizmat qiladi, u lampadan iborat bo‘lib, skanerlovchi karetka bilan sinxron ravishda ko‘chadi va rang temperaturasiga ega bo‘ladi.
Barabanli skanerlar yorug‘lik sezgirligi bo‘yicha planshetli qurilmalardan juda ustun bo‘lib, rasmlarni yo‘qori surat bilan tiklanishi talab etiladigan poligrafiyada qo‘llanadi. Bunday skanerlarning ajratish qobiliyati odatda bir dyuymga 8000-11000 va undan ortiq nuqtani tashkil etadi. Barabanli skanerlarda originallar baraban deb ataladigan shaffof silindrning ichki yoki tashqi tomoniga (rusumiga qaraba) joylashtiriladi. Baraban qancha katta bo‘lsa, uning sirti original montaj qildigan yuzi ham shuncha katta, shunga mos ravishda, skanerlanuvchi maksimal soha ham shuncha katta bo‘ladi. Original montaj qilingandan so‘ng baraban harakatga keltiriladi. Bir aylanishda piksellarning bitta chizig‘i o‘qiladi, demak, skanerlash jarayoni tokarlik – vint o‘yish stanogi ishini juda eslatadi. Slayd orqali o‘chgan (yoki noshaffof originaldan qaytgan ), kuchli lazer tomonidan yaratiladigan ingichka yorug‘lik nuri oynalar tizimi orqali FEK (fotoelektron ko‘pytirgich ) ga tushadi va u y erda raqamlarga aylantiriladi.
20 -rasm.Skaner ishining sxemasi
Skanerning eng keng tarqalgan turi, bu-planshetlidir. 8.8-rasmda uning ish tamoyili keltirilgan
Bularda ham, skanerlarning boshqa tiplaridagi kabi, originaldan qaytgan nur ishlatiladi. Biroq qo‘lli va varaq tortuvchi qurilmalardan farqli o‘laroq stol usti rusumlari qaytgan nurni aniqroq qayd etish mexanizmiga ega. Bu rusumlarda nur skanerlashdan keyin va hatto undan oldin uzunroq yo‘l o‘tadi, chunki u rangli tasvirlarni skanerlashda qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchilarni ajratish uchun yorug‘lik filtrlaridan o‘tadi. Yorug‘lik nuri originalga tushadi, undan qaytadi va oynalar tizimi orqali yorug‘lik sezgir diodlarga tushadi, u yerda elektr signaliga o‘zgartiriladi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgichga tushadi, u yerda original piksellarini ( bo‘z rangning oq va qora tuslari, rangli tuslar) ifodalaydi. Bu raqamli axborot keyingi ishlab chiqish uchun kompyuterga uzatiladi.
Kompyuterning bitta vazifasi-Hujjatni pechatlangan ko‘inishini ham boshqacha qilib aytganda qattiq nusxasini yaratishdir.Shuning uchun printer kompyuterni zarur bo‘lgan jihozdan biri hisoblanadi. Bundan har bir kompyuterga bittadan printer bo‘lishi kerak degan xulosa kelib chiqmaydi.
Hozirgi kunda bozorlarda printerlarning turli hillari mavjud.Ularni bosmaga chiqarish texnologiyasining asoslari, printer turlari va ularning funksiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda bosmaga chiqarishning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Har joyda lokal tarmoqlari joylashgani uchun printerlar bir nechta foydalanuvchini ta’minlash mumkin.
Lazerli. Lazerli printer quyidagicha ishlaydi:lazer nuri yordamida fotosezuvchi baraban betni elektrostatik tasvir yaratiladi. Barabanga joylashgan mahsus bo‘yalgan kukun ”toner” deyiladi.Bu “toner” betlarda mavjud tasvir yoki harflarga yopishadi. Baraban aylanib qog‘oz varag‘iga yopishib tonerni o‘tkazadi. Toner qog‘ozga mahkamlangandan keyin tayyor tasvir hosil bo‘ladi. Bunday tehnologiya nusxa ko‘chirish apparatlarida ishlatiladi. Okidata va Lexmark kompaniyalari chiqaradigan yorug‘diod printerlar ham huddi shu tarzda ishlaydi. Faqat lazer o‘rniga ularda yoritishdiodlaridan massiv ishlatiladi.
|
| |