|
WORD ishga tushishi bilanoq avtomatik ravishda xujjat uchun maydon hosil qiladi.
"Fayl"
|
bet | 40/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( WORD ishga tushishi bilanoq avtomatik ravishda xujjat uchun maydon hosil qiladi.
"Fayl" menyusidan foydalanib ("Hosil qilish" bo’yrug’’i) yangi hujjatlarni hosil qilish mumkin. Unda istalgan maydon o’lchamlarini qo’yish imkoniyati bor. Agar o’lcham ko’rsatilmagan bo’lsa, me'yordagi shablonni komp'yuterni o’zi qo’yib boradi.
OK tugmasini bosing.
Uskunalar panelidagi "Hosil qilish" bo’yrug’’i orqali yangi hujjat hosil qilish mumkin.
[CTRL]+[N] tugmalari orqali yangi xujjatlarni ham hosil qilish mumkin.
2. Varaq parametrlarini o’rnatish.
Bu yerda hamma xujjatlar tayyor bo’lgandan keyin, aytilayotgan ketma-ketliklarni tushunib olish lozim, chunki chop etish chog’ida, masalan, WORDda qog’oz o’lchovlari siz xoxlagan parametrlarga mos kelmasligi mumkin.
Betlar o’lchovini o’rnatish jarayoni:
Kursorni xujjatning yuqori mo’ljallangan chegarasiga olib borib qo’ying;
"Fayl" menyusida "Betlar parametri"ni tanlang;
muloqot oynasida "Qog’oz o’lchovi"ni "Sichqoncha" vositasida tanlang;
"Qog’oz o’lchovi " satrida standart qog’oz o’lchovlarini tanlang: A4(al'bom qog’ozi), A3(ikki al'bom qog’ozi), A5(al'bom qog’ozining yarmi);
agar sizning qog’ozingiz nostandart bo’lsa, u holda qog’oz kengligi va balandligini o’rnating;
OK ni bosing.
"Qo’llash " menyusi ushbu parametrlarni hujjatning qaysi qismiga qo’llash kerakligini ko’rsatadi. Agar ko’rsatilmasa, unda parametrlar hamma xujjatlarda ko’rsatiladi.
3. Betlarni mo’ljallash-nafaqat kitoblar bilan ishlash, balki al'bom qog’ozlari, ya'ni faqat yuqoridan pastga emas, balki betni eniga ham terib, chop etishga imkon beradi.
Betlarni mo’ljallashni o’rnatish jarayoni:
"Fayl" menyusidan "Betlar parametri" bo’yrug’’ini tanlang;
Kursorni "Qog’oz o’lchovi" yozuvi bo’yicha harakatlantiring;
Kursorni "Kitob" yoki "Al'bom" bo’yicha chap tugmada harakatlantiring;
OK tugmasini bosing.
Bu yerda shuni alohida ta'kidlash lozimki, qog’ozning al'bom bo’yicha mo’ljali ro’yxatlar, jadvallar va boshqa hujjatlarni chop etishda qo’llaniladi.
|
| |