• Xatamova Dilfuza Muxammadjonovna Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi, Saydaliyev Jamoliddin Kamoliddin o’g’li
  • Oshirish haqida




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana30.01.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #148433
      1   2
    Bog'liq
    Xatamova Dilfuza Muxammadjonovna



    Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
    «
    Научный импульс» Мая, 2023 
    1052 
    TUPROQ TARKIBIDAGI O’G’ITLAR VA ULAR MIQDORINI
     OSHIRISH HAQIDA 
     
    Xatamova Dilfuza Muxammadjonovna
    Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi, 
    Saydaliyev Jamoliddin Kamoliddin o’g’li
    Farg’ona davalt universiteti talabasi 
    Jahon hamjamiyati insonlarni tabiat ne’matlaridan oqilona, uning tabiiyligini 
    buzmagan holda samarali foydalanishni taklif etmoqda. Tabiat ne’matlaridan insonlarga 
    inom etilgan yerlar, ayniqsa sug‘oriladigan yerlar umumxalq boyligi sanaladi. Yer-
    cheklangan va qayta tiklanishi uchun uzoq yillar kerak bo‘ladigan tabiiy resursdir. Dunyo 
    miqyosida unumdor tuproq qatlami antropogen omillar ta’sirida ifloslanib borayotgani, 
    bugungi kunda sho‘rlanish, qayta sho‘rlanish va cho‘llanish jarayonlari kuchayib 
    borayotgani, tuproqlar o’z vaqtida kerakli miqdorda fosfor, kaliy va azotli o‘g‘itlar bilan 
    taminlanmayotganligi, suv va shamol erroziyasi tuproq unumdor qatlamlarini yemirilishiga 
    sabab bo‘layotganini, qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlarda unumdorlik va 
    meliorativ-ekologik talablar yetarli darajada bo‘lmagani hamda tuproqning tanazzulga 
    uchrashi kabi holatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligi keskin kamayishiga olib 
    kelayotganligi va har xil chiqindilar bilan ifloslanishi, tuproqlar tarkibidagi ozuqa 
    elementlarining kamayib ketishi kabi holatlar ushbu tabiiy resursga jiddiy havf solmoqda. 
    Yerlardan samarali va oqilana foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash, saqlash va 
    oshirish muammolarini yechish uchun birinchi navbatda tuproqlar to‘liq sifat va miqdoriy 
    jihatdan tahlil etilib, tuproqqa yetarli miqdorda mahalliy o‘g‘itlar kiritilishini ta’minlash 
    lozim. Buning uchun bizda mahalliy chiqindilardan organik (go‘ng daraxt shoxlari va 
    hazonlar, axoli maishiy chiqindilari) hamda noorganik moddalar (ko‘mir konlari qoldiqlari, 
    eski devor kesaklari, bentonit, gil, chuchuk suv loyqalari, fosfogips va boshqalar) bilan 
    aralashtirib tayyorlanadigan kompostlarni tayyorlash ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlarini 
    izlab topish zarur.
    Ikkinchidan mineral va organik oziqalarni tahlil natijalaridan kelib chiqib birgalikda 
    qo‘llash usullarini ishlab chiqish.
    Uchinchidan tuproq unumdorligini va meliorativ holatini e’tiborga olgan holda 
    almashlab va navbatlab ekish tizimlarini ilmiy asoslangan holda joriy etish lozim. Tuproqlar 
    unumdorligini oshirishda organik moddalarning ahamiyati juda kattadir. Davlat mulki 
    bo‘lgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yer ajratish va ekinlarni joylashtirishda 
    shaffoflikni ta’minlash, yerning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy 
    innovasion va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulot ishlab chiqarish 
    hajmlarini ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
    moliyaviy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror 
    imozlandi, unga ko’ra qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan tuproq unumdorligini oshirish 


    Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
    «
    Научный импульс» Мая, 2023 
    1053 
    va yerlarning unumdorlik holatini yaxshilash hamda zamonaviy resurs, tejamkor innovasion 
    texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga e’tibor qaratish lozimligi ko’zda tutilgan. Shu 
    jumladan qishloq xo‘jaligida suv hamda mineral o’g’itlardan foydalanishni tartibga solish, 
    qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovasion 
    texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlar tuproqlarini analiz qilish 
    orqali unumdorlikni oshirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun 
    qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xo‘jaligi 
    korxonalarining moliyaviy barqarorligi taminlash aytib o’tildi *1+. 
    Darxaqiqat davlatimiz yer unumdorligiga bejizga katta etibor qaratayotgani yo’q. Ayni 
    paytda O’zbekiston aholi soni keskin oshib 17 - mart 2023 yil holatiga ko’ra 36 mln 160 
    ming nafarni tashkil qilmoqda *2+. Bu esa o’z o’zidan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga 
    bo’lgan talab yuqorilab borayotganini anglatadi. Qishloq xo’jaligi unumdorligini oshirish 
    uchun esa yer, suv, tuproq va o’g’itlardan oqilona foydalanish talab etiladi. Tuproqga 
    qancha ko’p o’g’it solinsa unumdorlik shuncha yuqori bo’ladi degan fikrda biroz xatolik bor. 
    Chunki yerga solingan o’g’itni o’simlik o’ziga qabul qila olganicha o’zlashtiradi 
    o’zlashtirilmagan ortiqcha o’g’it esa tuproqda kristal holatga o’tib qoladi. Malumki kristal 
    holdagi mineral o’g’itlarni o’simlik juda oz miqdorda o’zlashtiradi. Vaqtlar o’tib kristal 
    holdagi o’g’itlar tuproqni zararlashi mumkin. Demak o’g’itni yetarli holatda solish uchun 
    avval tuproq tarkibini taxlil qilsih so’ngra tuproqga kerakli miqdorda o’g’it solish lozim. 
    Tuproq tarkibidagi fosfor o’simlik rivojlanishi uchun qanchalik muhimligi haqida 
    qisqacha tushintirish berib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi. Fosfor o’simlik oziqlanishi 
    uchun zarur bo’lgan moddalardan biridur. Fotosintez, energiya uzatish va uglevodlarning 
    parchalanishi kabi metabolik jarayonlarda juda katta ahamiyatga ega. 
    Tuproqda fosfor organik birikmalar va minerallarda uchraydi. Biroq o’zlashuvchan 
    holdagi fosfor o’zlashmaydigan qattiq holdagi fosfor miqdoriga nisbatan juda oz. 
    Tuproqdagi fosfor ham organik, ham noorganik (mineral) shaklda bo'ladi va tuproqda past 
    eruvchanlikga ega. Tuproqdagi fosforning qattiq fazasi va tuproq eritmasidagi fosfor 
    o'rtasida muvozanat mavjud. O'simliklar faqat tuproq eritmasida erigan fosforni 
    o'zlashtirishi mumkin va tuproqdagi fosforning katta qismi qattiq kimyoviy birikmada 
    bo'lganligi sababli, o'simliklar oz miqdorda tuproqdan fosfrorni o’zlashtirib oladi. 
    O’simliklar tuproqdagi fosforni yaxshi o’zlashtirishi uchun ularni o’g’itlash lozim. 
    O’gitlangan ekinlar o’gitlanmagan ekinlarga nisbatan tuproqdagi fosforni yaxshiroq 
    o’zlashtiradi. 
    Fosfatlar tuproqqa qanday yutilishini aniqlash borasida ham bir qancha ishlar olib 
    borilgan. Tuproqning mineral qismini tashkil qilgan loysimon minerallar fosfat kislota 
    anionlarining ancha qismini yutish qobiliyatiga ega bo'lgani sababli, tuproqning o‘zi ham bu 
    xildagi almashinuv qobiliyatiga ega bolishi isbot talab qilmaydi. Adsorbsion boglangan 
    fosfat kislotani ammoniy ftorid (0,03n) ning xlorid kislotadagi eritmasi (0,1n) bilan siqib 
    chiqarish usulidan foydalanib, A.G.Marnovskiy qator tuproqlarda tuproqqa solingan fosforli 
    o'gitlardan fosfat — ionlarning sezilarli miqdorini almashinuvli adsorbsiyalanishga qodir 


    Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
    «
    Научный импульс» Мая, 2023 
    1054 
    ekanligini aniqladi. Hatto tuproq bilan uzoq vaqt ta’sirlanishi darajasida bolgan eruvchi 
    fosfatli tuproqlarda ham Dikman va Bray reaktivlari kiritilgan fosfat kislotaning 70% ini o'zi 
    bilan olib chiqadi, buning ustiga uning 30—75% miqdori almashinuvli adsorbsiyalangan 
    boladi lekin vaqt o ‘tishi bilan kimyoviy boglanish ustun kela boshlaydi. Tajriba jarayoni 
    quyidagicha bo‘lgan. Radioizotop uslubidan foydalanish katta ahamiyatga ega boladi 
    V.B.Zamyatin madaniylashtirilgan chimli-podzol tuproqlarga P32 bilan nishonlangan 
    fosfatni solish izotopli almashinuvni kuchayishiga olib kelishini isbotlaydi. Bir soatdan 
    keyinroq bu almashinuv 80% ko‘rsatkichida yuz beradi, binobarin tuproqning 25% fosforli 
    birikmalari shu muddat oralig'ida nishonlandi va uning 89% almashinuvli yutiluvchi bo'lib 
    qoladi. 
    V.M.Klechkovskiy tomonidan neytral qora tuproqdagina emas, balki nordon 
    podzolsimon va qizil tuproqlarda ham tuproqqa solingan fosfat anioni almashinuvli shaklda 
    bo'ladi va bu ion tuproqni tuzli eritma bilan ishlov berilganda eritmaga siqib chiqarilishi 
    aniqlangan. l.P.Serdobolskiy tomonidan oddiy toshloq cho‘l qora tuprog‘ida, podzollashgan 
    loychil tuproqlarda fosfat ionning almashinuvli yutilishi mavjudligi isbotlandi, qizil 
    tuproqning bu xususiyati esa juda kuchsiz bo‘ladi. 
    Yuqorida qayd qilingan ikki xil tuproqlarda, yutilish tajriba o'tkazish sharoitiga qarab 
    tuproqqa solingan fosforning 2—3% dan 20—35% ni (199 gr tuproqqa 200 mg gacha 
    chegaradagi me’yor bilan tajriba o‘tkazilgan) tashkil qiladi. Konsentrlangan eritmalarda yuz 
    beradigan almashinuvli adsorbsiya kuchliroq bo'lishi qayd qilingan[3]. 
    Tuproq tarkibidagi fosfor miqdorining oshirilishi, o‘simliklarning rivojlanish davri 
    davomida suv va o‘g‘italar bilan ta'minlay olish qobiliyatidir. U tuproq hosil qiluvchi omillar 
    bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tuproqdagi oziq moddalar va suv miqdori, ularning o‘simliklar 
    uchun layoqatliligi, havo va issiqlik rejimlari ham muhim o‘rin tutadi.
    Tuproq unumdorligi ikki turga — potensial va samarali unumdorlikka farqlanadi. 
    Potensial unumdorlik tabiiy-iqlim sharoitlari bilan, samarali unumdorlik esa ko‘p jihatdan 
    tuproqqa qo‘shiladigan o‘g‘italrning agrokimyoviy xossalari bilan bog‘liq. Tuproq hosil 
    qiluvchi omillar, vaqt va inson faoliyati natijasida O‘zbekiston hududida bir-biridan 
    unumdorligi va agrokimyoviy xossalari bilan farqlanadigan tuproq tiplari hosil bo‘lgan. 
    Tuproq tarkibini fosfor bilan to‘yintirishda albatta fosforli o‘g‘itlarning o‘rni katta. 
    Tuproq tarkibini fosfor bilan to‘yintirish uchun avvalo tuproq tarkibi taxlil qilingan va 
    quyidagicha yondashilgan: Fosforli o‘g‘itlar eruvchanligi va o‘simliklar tomonidan 
    o‘zlashtirilishiga qarab uchta guruhga bo‘lingan: 
    1. Suvda yaxshi eriydigan fosforli o‘g‘itlar — oddiy superfosfat va qo‘sh superfosfat. 
    2. Suvda kamroq, lekin kuchsiz kislotalarda yaxshi eriydigan o‘g‘itlar — presipitat, 
    tomasshlak, llorsizlantirilgan fosfat, termofosfatlar. 
    Suvda umuman erimaydigan, kuchsiz kislotalarda ham kam miqdorda eriydigan 
    fosforli o‘g‘itlar — fosforit uni, suyak talqoni. Eng ko‘p ishlab chiqariladigan fosforli 
    o‘g‘itlarga superfosfat, qo‘sh superfosfat, murakkab o‘g‘itlar jumlasiga kiradigan 
    ammofoslami misol qilish mumkin. 


    Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
    «
    Научный импульс» Мая, 2023 
    1055 
    Mahalliy o‘g‘itlar tuproqning oziq rejimiga bilvosita yo‘l bilan ham ta’sir ko‘rsatadi. 
    Masalan, mikroorganizmlar azotni o‘zlashtirib, o‘z tanasida to‘playdi, natijada azotning 
    tuproqdagi harakatchanligi susayadi, u o‘simliklaming ildiz tizimi joylashgan qatlamda uzoq 
    muddat saqlanib turadi. Bu bilan mahalliy o‘g‘itlar azotli o‘g‘itlarning isrof bo‘lishini sezilarli 
    darajada kamaytiradi va samaradorligini oshiradi. Bunda birinchidan, mikroorganizmlar 
    o‘g‘it tarkibidagi fosforni o‘zlashtirib, uni tuproqdagi tuzlaming kimyoviy ta’siridan saqlaydi. 
    Ikkinchidan, mahalliy o‘g‘itlar asosida hosil bo‘ladigan gumus, fosforni o‘rab olib, uni 
    o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uchinchidan, hosil 
    bo‘ladigan organik kislotalar ta’sirida tuproqdagi fosforning eruvchanligi kuchayib, o'simlik 
    oson, o‘g‘itlar solingan tuproqlarda CO2 miqdori 10-20 marta ko‘payadi. Gektariga 30-40 t 
    go‘ng kiritilganda go‘ng ishlatilmagan maydondagiga nisbatan bir kecha - kunduzda 100-
    200 kg ko‘proq karbonat angidrid ajraladi*4+. 
    Tuproqning haydalma qatlamida o‘simliklaming me’yorida o‘sishi uchun sharoit 
    yaratadigan mikroorganizmlar miqdori gektariga 6—7 t ni tashkil etadi. Shu nuqtayi 
    nazardan mahalliy o‘g‘itlar tuproqdagi azotfiksatsiyalovchi, ammonifikatsiyalovchi va 
    nitrifikatsiyalovchi mikroorganizmlar hayot faoliyatini kuchaytiradi. Tuproqqa mahalliy 
    o‘g‘itlar kiritilganda, mikroorganizmlar hayot faoliyatining jadallashishi evaziga biologik faol 
    moddalaming turi va miqdori ko‘payadi. Kompostlar va boshqa turdagi mahalliy o‘g‘itlar 
    solingan tuproqlarda auktsinlar, geteroauktsinlar. B12, riboflavin, nikotin kislota, biotin, 
    penitsillin, streptomitsin, terramisin kabi fiziologik faol moddalar bo‘lishi aniqlangan.*4+ 
    Penitsillin va boshqa antibiotiklar tuproqdagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlami 
    yo‘qotadi hamda o‘simliklarni turli xil kasalliklarga duchor bo‘lishdan asraydi. 
    Mahalliy o‘g‘itlar ayniqsa, unumdorligi past tuproqlarda yaxshi samara beradi. 
    Tuproqqa muntazam ravishda mahalliy o‘g‘itlar solinsa, gumus miqdori ko‘payadi, 
    singdirish sig‘imi kattalashadi va buferligi ortadi. Shu bilan bir qatorda tuproqning biologik, 
    fizikaviy va kimyoviy xossalari hamda suv va havo rejimlari yaxshilanadi. 
    Go‘ng — muhim mahalliy o‘g‘it. Tarkibida o‘simliklarning rivojlanishi uchun barcha 
    elementlami tutgani sababli u to‘liq o‘g‘it deb yuritiladi. Chorva mollarini boqish usuli va 
    xo‘jaliklarning imkoniyatlariga bog‘liq ravishda to‘shamali yoki to‘shamasiz go‘ng olinadi. 
    To‘shamali go‘ng chorva mollarining qattiq va suyuq ajratmalari hamda ular ostiga 
    tashlanadigan poxol, somon, qipiq, torf kabi jinslardan iborat bo‘lib, 25% quruq modda va 
    75% suv dan iborat. 
    Mollarga beriladigan yem-xashak tarkibidagi organik moddaning 40, fosforning 80, 
    azotning 50 va kaliyning 85 foizi go‘ng tarkibiga o‘tadi. Go‘ng tarkibidagi oziq moddalar 
    miqdori chorva molining turi va yoshi, beriladigan yem-xashak tarkibiga bog‘liq ravishda 
    keng miqyosda o‘zgaradi. Ozuqa sersuv bo‘lsa, go‘ng tarkibida suyuq ajratmalar miqdori 
    ko‘payadi. Mollar seroqsil omixta yem-xashak bilan oziqlantirilganda esa go‘ng azot va 
    fosforga boy bo‘ladi. Yosh xo’kiz va sigirlarning go‘ngida oziq moddalar miqdori ancha kam, 
    chunki ozuqa tarkibidagi moddalarning ko‘p qismi ular tanasining shakllanishi uchun 
    sarflanadi. 


    Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
    «
    Научный импульс» Мая, 2023 
    1056 
    Go‘ngning qattiq va suyuq qismlari oziq moddalar miqdori bilan keskin farq qiladi. 
    Masalan, fosfor to‘laligicha qattiq ajratmalar tarkibida uchrasa, azotning 30—50% va 
    kaliyning barchasi siydik tarkibiga kiradi. 
    Chorva mollarining qattiq ajratmalari tarkibida mikroorganizmlar ko‘p bo‘ladi, 
    siydikda esa, umuman uchramaydi. Ot, yirik shoxli qoramol va qo‘ylarning go‘ngida qattiq 
    ajratmalar ko‘p, cho‘chqa go‘ngida esa suyuq ajratmalar miqdori qattiq ajratmalarga 
    nisbatan ikki marta ziyoddir. 
    Bundan tashqari qoramol va cho'chqalarning qattiq hamda suyuq ajratmalari 
    tarkibidagi quruq modda miqdori qo‘y hamda yilqilarnikidan, qoramollar ajratmalari 
    tarkibidagi azot, fosfor va kaliy miqdori boshqa hayvonlarnikidan kamroq bo'ladi. 
    Ot va qo‘ylarning go‘ngida quruq modda ko‘p bo‘lib, saqlash jarayonida ko‘p issiqlik 
    ajratgani bois «issiq go‘ng», qoramol va cho‘chqalarning go‘ngi o‘z tarkibida suvni ko‘proq 
    tutgani uchun harorati sekin ko‘tariladi va «sovuq go‘ng» deb yuritiladi. 
    Menda o‘simliklarni tabbiy o‘g‘itlar bilan taminlashga doir yana bir nechta taklif bor. 
    Ulardan biri shaxar tizimi to‘liq kanalizatsiyalashtirilgan. Shaxardan chiqadigan kanalizatsiya 
    axlatlarida yaxshigina biologik o‘g‘it mavjud. Shularni foydalanilayotgan dalalarga quruq 
    xolda olib borib to‘kilsa tabiiy o‘g‘it bo‘ladi deb o‘ylayman. Chunki yerga xar xil dorilar solib 
    yerni zaxarlagandan unga tabbiy o‘g‘it solinsa yer o‘z xolatini yo‘qotmaydi*4+. 
    Boshqa bir taklif. Bu taklifim nafaqat yerni turli o‘g‘itlar bilan boyitishga balki energiya 
    tizimini yaxshilashga xam katta xissa qo‘shadi deb o‘ylayman. Umuman olganda 
    mamlakatimiz geografiyasi shamol energiyasi, quyosh energiyasi va gidroelektrostansiya 
    qurish uchun juda yaxshi bo‘lgan nuqtada joylashgan. Daryoga yaqin joyda 
    gidroelektrostansiya 
    quramiz, 
    geothermal 
    issiq 
    bo‘lgan 
    yerga 
    geothermal 
    elektrostansiyasini ishga tushuramiz, bilishimcha xademay 2030-yilga borib atom 
    elektrostansiya ham ishga tushadi. Quyosh paneli xamda shamol parraklaridan foydalangan 
    xolda xam energiya olish mumkin. 
    Xullas bularni qurib bo‘lganimizda so‘ng yer ostida biz foydalana olmaydigan suvni - 
    shamol quyosh energiyasimi yoki gidroelektrostansiyami, atom elektrostansiyami farqi yo‘q 
    shulardan ajralgan energiyadan yuqorida aytib o‘tganim suvni vodorod va kislorodga 
    parchalaymiz. Zavodlardan chiqadigan chiqindi gaz CO2 ni olib H2 bilan aralashtirsak tayyor 
    sintez gazi xosil bo‘ladi. Bilamizki sintez gazi orqali bemalol xar qanday turdagi organik 
    o‘g‘itlardan tortib kimyodagi xar qanday organik moddani sintez qilish mumkin. Shu 
    jumladan o‘g‘itlarni ham. 
    To‘g‘ri siz o‘ylayotgan bo‘lishingiz mumkin – bu ishlarni bajarish oson emas, bularni 
    og‘zaki gapirish oson ammo real hayotda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelinadi 
    vaxokazo. To‘g‘ri bu aytganlarimni bajarish uchun bir qancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. 
    Shamol va quyosh energiyasi vodorod va kislarodni parchalashga va sintez gazini xosil 
    qilishga yetmaydi. Ammo generator yordamida kichik volttagi xar qanday energiyani katta 
    voltli energiyaga bemalol aylantirish mumkin. Hullas gapning indallosi bularni toki bajarib 


    Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 
    «
    Научный импульс» Мая, 2023 
    1057 
    ko‘rmas ekanmiz bizda xamisha shubxa va gumonlar bo‘laveradi. Bu g‘oyalar o‘z tasdig‘ini 
    topishi uchun shunchaki bularni bajarib ko‘rish lozim. 
    So‘zimiz so‘ngida shuni aytmoqchimizki, yer unumdorligiga o‘z vaqtida etibor 
    qaratilmasa buning tavobini biz emas bizdan qoladigan kelajak avlod albatta beradi. Xuddi 
    biz orol dengizi uchun javob berayotganimiz singari. O‘z vaqtida orol dengizidan noto‘g‘ri 
    tarzda foydalanilayotganini aytgan olimlar so‘zlari etiborga olinmagan, bu uchun kurashgan 
    olimlarni xattoki surgun qilishgacha borishgan. Agar biz o‘z eko tizimimizga etibor 
    qaratmasak 5-10 yildan so‘ng ekologik immigratsiya boshlanadi. 
    Tabiat ekotizimini kuzatish lozim, ona tabiat mukammal darajadagi eko tizim ega. 
    Tabiatni chuqurroq o‘rgansak bizga uning o‘zi yo‘l ko‘rsatadi.

    Download 0,78 Mb.
      1   2




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish