• Digital Equipment
  • TCP/IP
  • Barcha pakеtlar manzilga bеxato еtib borgach, TCP ulardan dastlabki ma'lumotni qayta tiklaydi. TCP/IP




    Download 62,34 Kb.
    bet4/12
    Sana26.11.2023
    Hajmi62,34 Kb.
    #105673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2-mustaqil ish

    6. Barcha pakеtlar manzilga bеxato еtib borgach, TCP ulardan dastlabki
    ma'lumotni qayta tiklaydi. TCP/IP(Transmission Control Protocol/Internet Protocol - uzatishni boshqarish qaydnomasi/Internet qaydnomasi) kompyuter tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir. TCP/IP jumlasi o’z ichiga TransmissionControl Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) qaydnomalar nomlarini birlashtirib olgan qaydnoma bo’lib, u shunday qoidalar majmuiki, bunda TCP/IP barcha kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta’minot hamkorligini ta’minlaydi. Bu qoida jumladan, TCP/IP paketi bilan ishlovchi Digital Equipment firmasi kompyuterlaridan PC Compaq kompyuterlariga murojaat qilishni kafolatlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma haqidagi barcha ma’lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi. Bunday siyosat bu sohaning tezkor rivojlanishiga olib keldi. Qaydnoma qanday qilib bir jumla boshqasi bilan bog’lanishini aniqlaydi. Bu aloqa programma ta’minotida quyidagicha dialogga o’xshash bo’ladi: “Men sizga ushbu ma’lumotni yuboryapman, keyin siz menga uning javobini yuborasiz, so’ngra men mana buni sizga yuboraman. Siz barcha ma’lumotlarni yig’ib, ularning umumiy natijasini qaytarib yuborishingiz shart”. Ma’lumotlar uzatishni boshqarishni to’la paketining har bir qismini qaydnoma aniqlaydi. Qaydnoma paketda elektron pochta orqali xabar telekonferentsiyalardan maqolalar yoki xizmat yuzasidan xabarlar borligini ko’rsatadi. Qaydnoma andozalari ish jarayonida ro’y berishi mumkin bo’ladigan noma’lum holatlarni, shuningdek xatolar talqinini o’z ichida e’tiborga oladi. Ko’pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta programma deb o’ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir vaqtning o’zida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o’zaro bog’lanish qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo’lib, u TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma’lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni yuborish, sistemaga olis
    masofalardan kirishni ta’minlash, fayllarni manzillarga jo’natish, xabarlarga yo’l
    ko’rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish. TCP/IP Internet global
    tarmog’ida keng foydalaniluvchi qaydnomalardir. U ham yirik korporativ
    tarmoqlarda, shuningdek, kompyuterlar soni oz bo’lgan lokal tarmoqlarda ham
    qo’llaniladi. TCP/IP  tarkibiga kiruvchi turli servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil sinflarga bo’linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning bajaradigan vazifalari keltiriladi.TCP
    (Transmission Control Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi
    kompyuterlarning mantiqiy bog’lanishiga asoslangan ma’lumotlar uzatilishini
    qo’llab-quvvatlovchi qaydnoma. UDP (User
    Datagram Protocol). Mantiqiy bog’lanishlar o’rnatilmasdan, ma’lumotlar uzatilishini qo’llab-quvvatlaydi. Bu yuboruvchi va qabul qiluvchi
    kompyuterlar o’rtasida oldindan bog’lanish o’rnatilmasdan ma’lumotlarni
    yuborishni anglatadi. O’xshashlik keltirish uchun, qandaydir manzili noma’lum
    pochta yuborishni ko’rish mumkin, xabarning yetib borish kafolati yo’q bo’lganda,agar shunday manzil mavjud bo’lsa, qaydnoma yo’llari ma’lumotlar manziliga
    ishlov beradi va manzilgacha eng yaxshi yo’lni aniqlaydi. Ular yirik ma’lumotlarni
    bo’laklarga bo’lib uzatib, so’ngra manzilda ularni yana qayta birlashtiradi.

    Download 62,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 62,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barcha pakеtlar manzilga bеxato еtib borgach, TCP ulardan dastlabki ma'lumotni qayta tiklaydi. TCP/IP

    Download 62,34 Kb.