199
oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq ya‘ni halqasimondir
(3.3 – rasm).
3.1 – rasm. «Shina» tarmoq topologiyasi.
3.2 – rasm. «Yulduz» tarmoq topologiyasi.
Amalda
ba‘zi
hollarda
asosiy
topologiyalarning
aralashmasi
(kombinatsiyasi) ham ishlatilishi mumkin, lekin ko‗pchilik tarmoqlar sanab
o‗tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadilar. Endi sanab o‗tilgan tarmoq
turlarining xususiyatlarini qisqacha ko‗rib chiqamiz.
200
3.3 – rasm. «Halqa» tarmoq topologiyasi.
3.1.2. ―Shina‖,―Yulduz‖ va ―Halqa‖ topologiyalari
«Shina» topologiyasi (ba‘zi hollarda «umumiy shina» ham deb ataladi) o‗z
tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo‗lishini va
barcha abonentlar teng huquqligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar
axborotni faqat navbat bilan uzata oladilar, chunki aloqa yo‗li bitta. Aks holda
uzatilayotgan axborot ustma-ust bo‗lishi natijasida o‗zgaradi (konflikt, kolliziya
holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks ish
tartibida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o‗zida emas,
navbat bilan ikki yo‗nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida
markaziy abonent bo‗lmagani uchun puxtaligi boshqa topologiyaga nisbatan
yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda, boshqarilayotgan sistema
ham o‗z vazifasini bajarishdan to‗xtaydi. Shina tarmog‗iga yangi abonent qo‗shish
ancha oddiydir va yangi abonentni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo‗shish
mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunlikda
kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki
|