|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 151/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
201
chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham
qulay emas.
Mumkin bo‗lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq
qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining
qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir.
Lekin, «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng
tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas.
Shinadagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar
bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham
qo‗rqinchli emasdek tuyuladi, chunki biz uzilish bo‗lganda ikkita ishga layoqatli
alohida shinaga ega bo‗lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo‗lidan tarqalish
xususiyatidan kelib chiqqan holda, shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan
qurilmalar, ya‘ni terminator ulanishi lozim (9.1–rasmda to‗rtburchak shaklda
ko‗rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‗lining oxiridan aks sado
tarqaladi va surilish hosil bo‗lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi
mumkin bo‗lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil
bo‗lganda aloqa yo‗lining moslashuvi buziladi va hattoki o‗zaro ulangan
kompyuterlar o‗rtasida ham axborot almashinuvi to‗xtaydi. Shina kabelining
xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‗qnashuv natijasida butun tarmoqning ish
faoliyati to‗xtaydi. Shinadagi tarmoq qurilmalaridan birortasi buzilgan taqdirda uni
ajratib qo‗yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli
ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali
tarmoqning aloqa yo‗lidan axborot signallari o‗tish davomida so‗nish yuzaga
keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga
chegara qo‗yiladi. Bundan tashqari abonent tarmoqdan turli amplitudali signal
oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan
kompyuterlar orasidagi masofaga bog‗liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni
qabul qilish qurilmalariga qo‗yiladigan qo‗shimcha talablarni oshiradi. «Shina»
|
| |