198
3.1.1. Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi
Kompyuter tarmog‗ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi)
deganda odatda biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar
tarmoqda joylashganligi va
aloqa yo‗llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya
tushunchasi avvalambor mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu
tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud.
Global tarmoqlarda esa aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan
berkitilgan va
bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o‗zining alohida yo‗li bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‗yiladigan talablarni, ishlatiladigan
kabel turini, axborot almashishning bo‗lishi mumkin bo‗lgan
va eng qulay
boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini
belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash
imkoniyati bo‗lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini,
afzallik va
kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.[10],[11]
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir.
shina (bus) hamma kompyuterlar bitta aloqa yo‗liga parallel ulangan va
axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‗zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi
(3.1 – rasm);
yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi
kompyutrlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‗z aloqa yo‗llaridan foydalanadi
(3.2 – rasm);
halqa (kolso, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta
zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni
esa zanjirda bitta