Основы пакета




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/354
Sana15.12.2023
Hajmi5,65 Mb.
#119800
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   354
Bog'liq
Основы пакета (1)

 
383
yerda yana ulanish moslamalariga, razyomlarga, elektr bo‗yicha moslashtirish va 
yerga ulanish hamda to‗siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi.
 
5.2.2. Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari. 
Protokol – bu qoida va amallar to‗plami bo‗lib, aloqa olib borish tartibini 
boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar 
bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo‗lgandan so‗ng 
hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko‗rinishga yana qaytarish kerak.
Eng quyi bosqichlarning protokollari (jismoniy va kanal), ya‘ni qurilmalarga 
tegishli bo‗lganlarini yuqoridagi boblarda ko‗rib chiqdik. Xususan ularga 
kodlashtirish va dekoderlash usullari kiradilar. Hozir esa biz ancha yuqori bosqich 
protokollarining xususiyatlariga to‗xtalib o‗tamiz, ularning vazifalarini dasturlar 
amalga oshiradilar.
Tarmoq adapteri bilan tarmoq dasturiy taminotining aloqasini tarmoq 
adapterlarining drayverlari amalga oshiradilar. Drayver sharofati bilan aynan 
kompyuter adapter qurilmasining hech qanday xususiyatlarni bilmasligi mumkin 
(ko‗rsatkichlarni, manzilini va u bilan axborot almashish kodlarini). Drayver har 
qanday turdagi adapter platasi bilan dasturiy taʻminoti muloqotini bir turli qilishga 
xizmat qiladi (uni fiksatsiyalaydi). Tarmoq adapterlarini ishlab chiqaruvchilar 
ularga qo‗shib tarmoq drayverlarini ham birga beradi. Tarmoq drayverlari tarmoq 
dasturlariga har turdagi ishlab chiqaruvchining platasi va hatto turli mahalliy 
tarmoqlar platasi bilan ham bir xil ishlashga imkon beradi (Ethernet, Arcnet, 
Token-Ring). Agarda gap OSI standart modeli haqida borsa, unda drayverlar 
odatda yuqori bosqich ostining vazifasini bajaradilar. Masalan, adapterning bufer 
xotirasida uzatiladigan peketlarni drayverlar hosil qiladilar, tarmoq orqali kelgan 
paketlarni bu xotiradan o‗qiydilar, axborot uzatishga buyruq beradilar va 
kompyuterga paketni qabul qilingani haqida xabar beradilar.



Download 5,65 Mb.
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   354




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish