|
Основы пакета Pdf ko'rish
|
bet | 283/354 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #119800 |
Bog'liq Основы пакета (1)
391
faqat maxsus dasturni havola qilingandagina paydo bo‗ladi, ular dastlabki holatida
ko‗p xizmat belgili bir xil matndan iborat. Turli xil o‗lchamlarga keltirish
usullarini ishlatish o‗rniga, masalan, katta shirift bilan sarlavhani ajratish, muhim
xulosalarni qalin chiziq bilan ajratishlar o‗rniga, bu turdagi tilda xujjat yaratuvchi
matnni ushbu qismi ekranda u yoki bu holda ajratib ko‗rsatilishi kerakligi haqida
faqat matnga tegishli ko‗rsatma joylashtiriladi. Matndagi xizmatchi belgilar
quyidagicha ko‗rinadi, masalan,
kabi (matnni yarim quyuq
bosmada chiqarishni boshlash va tugatish) va ularni teglar deb ataladi. HTML tili
matnni belgilashning birinchi tili emas, undan oldingi tillar veb-xizmatlar paydo
bo‗lmasdan ancha oldin yaratilgan, masalan, OS UNIX birinchi versiyalarida troff
(bu til yordamida UNIX elektron xujjatlarining sahifalari formatlangan, man-
sahifalari kabi tanilgan) tili mavjud edi.
HTML tiliga buyruq va ko‗rsatkichlarning turli teglari kiritilgan, shu
jumladan matnga joylash uchun tasvirlangan (teg
img src = ‗-‗). HTML-sahifalar
dasturchi o‗ylaganiday ko‗rinishi uchun uni maxsus HTML tilini natijalarini
havola qila oladigan dastur orqali ekranga chiqarish kerak. Bunday til eslatib
o‗tilgan veb-brauzer bo‗ladi.
Tegning maxsus turi mavjuh, u quyidagi ko‗rinishga ega va u
gipermurojaat deb ataladi. Gipermatn o‗zida veb-sahifa yoki obyekt haqidagi
axborotlardan tashkil topadi, u o‗sha kompyuterda ham bo‗lishi mumkun va
Internetning boshqa kompyuterlarida ham bo‗lishi mumkin. Giper murojatning
boshqa teglardan farqi quyidagidan iborat, u orqali bayon qilinadigan element
avtomatik ravishda ekranda paydo bo‗lmaydi, buning o‗rniga tegning joyida
(gipermatnni) ba‘zi shartli tasvirlar chiqariladi yoki ma‘lum shaklda ajratilgan
ma‘tn – gipermatn nomi. Bu gipermurojaar ko‗rsatayotgan obyektga ega bo‗lish
uchun foydalanuvchi unga sichqonchani ko‗rsatkichini to‗g‗rilab tugmasini bosishi
kerak, shu bilan brauzerga kerakli sahifa yoki obyektni topib ekranga chiqarish
buyrug‗ini bergan bo‗ladi. Yangi veb-sahifa yuklanib bo‗lgach foydalanuvchi
|
| |