• Aks ettirilgan veb sahifa
  • NTTR protokoli
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet286/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    394
    Har qanday boshay server kabi veb-server ham doimiy faol holatda bo‗lishi 
    kerak, u NTTR protokoli tayinlagan TSR-port 80 uzluksiz ―eshitib‖ turishi kerak. 
    Server mijozdan so‗rov olgan zahoti u TSR-ulanishni o‗rnatadi va mijozdan obyekt 
    nomini oladi, masalan, books/books.htm ko‗rinishidagi, shundan so‗ng o‗zining 
    katalogidan shu faylni topadi, shunigdek u bilan bog‗langan boshqa obyektlar 
    TSR-ulanish orqali mijozga jo‗natadi. Veb-brauzer serverdan obyektni olgach 
    ularni ekranda aks ettiradi (6.1-rasm). Sahifani barcha obyektlarini mijozga 
    jo‗natgach server TSR-ulanishni u bilan uzadi. Serverning qo‗shimcha vazifasiga 
    shuningdek mijozni autentifikatsiya va shu mijozni shu sahifaga ega bo‗lish xuquqi 
    borligini tekshirish kabilar kiradi. 
     
    6.1-rasm. Aks ettirilgan veb sahifa 
    Веб-server 
    video.flv 
    im1.jpg 
    abc.htm 
    Vеb-mijoz 
    im1.jpg fayldan 
    surat 
    video.flv fayldagi 
    videoklip 
    HTML-sahifasida 
    joylashgan ma‘tn 


     
    395
    Ba‘zi veb-serverlar unumdorligini oshirish uchun oxirgi vaqtda eng ko‗p 
    ishlatilayotgan sahifalarni o‗zining xotirasida keshlashni amalga oshiradilar. 
    Qandaydir sahifaga so‗rov kelganba server uni diskdan o‗qishdan oldin, operativ 
    xotiraning ―tezkor‖ buferini tekshirib ko‗radi. Sahifalarni keshlash mijoz tarafdan 
    ham amalga oshiriladi va shuningdek oraliq serverlarda ham (proksi-serverlarda). 
    Undan tashqari mijoz bilan axborot almashuvining samarasini oshirish uchun 
    ba‘zida uzatiladigan sahifalarni zichlashtirish (kompressiya) yo‗li ishlatiladi. 
    Uzatiladigan axborot hajmini kamaytirish uchun shuningdek mijozga barcha xujjat 
    uzatilmay, faqat tuzatilgan qismini uzatiladi. Veb-xizmatning unumdorligini 
    oshirishning bu barcha usullarini NTTR protokol vositalari orqali amalga 
    oshiriladi.
    NTTR protokoli. NTTR (HyperText Transfer Protocol – protokol peredachi 
    giperteksta - gipermatn uzatish protokoli) – bu amaliy bosqich protokoli bo‗lib, u 
    ko‗p jihati bilan FTP va SMTP protokollari bilan bir xil. Hozirgi vaqtda 
    protokolning ikki versiyasi ishlatilmoqda NTTR/1.0 va NTTR/1.1. 
    Xabarlar bilan almashuv odatdagi ―so‗rov-javob‖ sxemasi orqali amalga 
    oshiriladi. Mijoz va server standart shakldagi matnli xabarlar bilan almashadilar, 
    yaʻni har bir xabar bir necha qator ASCII da kodlashtirilgan oddiy matndan iborat 
    bo‗ladi. 
    NTTR-xabarlarni jo‗natish uchun TSR protokoli xizmat qiladi. Bunda TSR-
    ulanishlar ikki turli xabarlar tomonidan ishlatilishi mumkn: 


    Download 5,65 Mb.
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish