|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
46
DXQ (PZU–postoyannoye zapominayusheye ustroystvo, ROM–Read Only
Memory) dasturning o‗zgarmaydigan (doimiy) va ma‘lumotnoma axborotlarni
saqlash uchun mo‗ljallangan; unda saqlanayotgan axborotni faqat operativ
o‗qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni o‗zgartirish mumkin emas).
OXQ (OZU – operativnoye zapominayusheye ustroystvo, RAM–Random
Access Memory) ShK hozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot-
hisoblash jarayonida qatnashayotgan axborotlarni operativ yozish, saqlash va
o‗qish uchun mo‗ljallangan (dastur va axborotlarni).
Operativ xotiraning asosiy afzalligi uning yuqori tezligi va xotiraning har bir
yacheykasiga alohida murojaat eta olishida (yacheykalarga to‗g‗ri manzilli ega
bo‗lish). Operativ xotiraning kamchiligi sifatida shuni qayd qilib o‗tish kerakki,
unda saqlangan axborotni kompyuter energiya manbai o‗chirilgandan so‗ng ham
saqlab qolish mumkin emas (energiyaga bog‗liqligi).
ShK ning tizimli platasida asosiy xotiradan tashqari energiyaga bog‗liq
bo‗lmagan xotira ham bor CMOS RAM (Complementary Metal-Oxide
Semiconductor RAM), o‗zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda
tizimning har bir yoqilganida tekshiriladigan ShK ning apparat tarkibi haqidagi
axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi.
Tashqi xotira. Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalariga
kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak bo‗ladigan axborotlarni uzoq
vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuterning
barcha dasturiy ta‘minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning har xil turlari mavjud, 1.8-
rasmda keltirilgan tashqi xotira turlari amaliy jihatdan har bir kompyuterda bor,
qattiq diskdagi jamlovchilar.
Bu jamlovchilarning vazifasi–katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va
so‗rov bo‗yicha operativ xotira qurilmasiga uzatish. Tashqi xotira qurilmasi
sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda
(SD–Compact Disk, DVD–Digital Versatile Disk), flesh-diskda jamlovchilar va
|
| |