|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
48
qilingan so‗zlar va harflarni raqamli kodlarga o‗zgatirishni amalga oshiruvchi
tovush sintezatorlari.
Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiritiladi:
- klaviatura-shaxsiy kompyuterni boshqarish, matinli va sonli axborotlarni
kiritish uchun xizmat qiluvchi qurilma;
- grafik planshet (digitayzerlar)–maxsus ko‗rsatuvchi (pero) yordamida
planshet bo‗yicha harakatlantirib tasvirlash (yoki ifodalash) orqali grafik axborotni
qo‗lda kiritish qurilmasi;
-
skanerlar (o‗qish avtomatlari)–qog‗oz va plenkadagi axborot
tashuvchilardan rasmlarni, grafiklarni va matnli axborotlarni avtomatik ravishda
o‗qib, kompyuterga kirituvchi qurilma;
- nishon ko‗rsatish qurilmasi (grafik manipulyatorlar), displey ekraniga
kursor harakatini ekran bo‗ylab boshqarish orqali grafik axborotni chiqarish va
keyinchalik kursor koordinatini kodlashtirish va ularni ShK ga kiritish uchun
mo‗ljallangan (djoystik–richag, sichqoncha, trekbol–g‗ilofdagi shar, yorug‗lik
perosi va hokazo.);
- sensorli ekranlar–tasvirning alohida elementlarini, dasturni yoki ShK
displey ekranidan byuruqlarni kirituvchi qurilma.
Axborotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
printerlar–qog‗ozli axborot tashuvchilarga axborotlarni bosma usulda qayd
qilish uchun qurilma;
grafik quruvchi (plotterlar)–ShKdan qog‗ozli axborot tashuvchiga grafik
axborotlarni chiqarish uchun qurilma (grafiklar, rasmlar).
Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari avtomatlashtirishning boshqa
vositalari (interfeyslarni moslovchilar, adapterlar, raqam-analog va analog–raqam
o‗zgartiruvchilar va boshqalar) va ShK aloqa kanallari, boshqa kompyuterlar va
hisoblash tarmoqlari (tarmoq interfeys platasi–tarmoq adapterlari, axborot uzatish
multipleksorlari, modemlar–demodulyatorlar) bilan ulash uchun ishlatiladi.
|
| |