|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
50
ba‘zi transsendent hisoblashlarni va shuningdek trigonometrik funksiyalarning
bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Matematik soprotsessor o‗zining buyruqlar
tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (bir vaqtda), uni boshqarishda ishlaydi.
Operatsiyalarning bajarilishini bir necha marta tezlashtiradi. MP ning 80486 DX
modelidan boshlab soprotsessorni o‗z tarkibiga kiritilgan shaklda ishlab
chiqariladi.
Xotiraga bevosita ega bo‗lish kontrolleri (DMA–Direct Memory Access)
tashqi qurilmalar bilan operativ xotira o‗rtasidagi axborot almashuvini
mikroprotsessorning ishtirokisiz amalga oshiradi, bu esa ShK ning samarali
tezligini jiddiy oshiradi. Boshqacha aytganda, DMA ish tartibi protsessorni
ortiqcha va uncha muhim bo‗lmagan ishlardan, yani tashqi qurilma bilan operativ
xotira qurilmasi o‗rtasidagi axborot almashuvidan ozod qiladi, bu ishni DMA
kontrolleri zimmasiga yuklash orqali amalga oshiriladi; protsessor bu vaqt
davomida boshqa axborotlarga ishlov berishi yoki ko‗p masalali tizimda boshqa
masalani hal qilishi mumkin.
Kiritish-chiqarish soprotsessori MP bilan parallel ishlashi natijasida bir
necha kiritish-chiqarish qurilmalariga xizmat ko‗rsatilayotganda kiritish-chiqarish
amalini jiddiy soddalashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish amaliga ishlov berishdan
ozod qiladi va xotiraga bevosita ega bo‗lish ish tartibini joriy etadi.
Uzilishlar kontrolleri uzilish amalini bajaradi. Uzilish–bu vaqt bo‗yicha bitta
dastur bajarilishini to‗xtatib turib, shu vaqtda ancha muhim bo‗lgan boshqa
(ustunlikka ega) dasturni operativ bajarish maqsadida ko‗rilgan choradir.
Kontroller tashqi qurilmadan uzilishga so‗rov olgach, bu so‗rovning ustunlik
darajasini aniqlaydi va MPga uzilish signalini beradi. Mikroprotsessor bu signalni
olgach, hozirda bajarilayotgan dasturni bajarilishini to‗xtatib turadi va tashqi
qurilma so‗ragan bu uzilishga xizmat ko‗rsatuvchi maxsus dasturni bajarishga
o‗tadi. Maxsus dasturni bajarib bo‗lgach, uzilgan dasturni bajarish tiklanadi.
Uzilish kontrolleri dasturlanuvchidir. Uzilishlar kompyuterning ish faoliyatida
|
| |