|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
54
operatsiyalari bajarilishi mumkin, shu jumladan axborotlarni uzatish operatsiyasi
ham; razryadlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, ShK ning unumdorligi ham ko‗p bo‗ladi.
Mikroprotsessorning razryadligi ba‘zida uning registrlari va axborotning kod
shinasinining razryadligi bilan, ba‘zida esa manzili kod shinasining razryadligi
bilan aniqlanadi. Bu shinalarning razryadligi VLIW turidagi MP larda bir xil (64-
razryadli intel-arxitektura-IA ).
Tizimli, mahalliy va tashqi interfeyslar turi. Interfeyslarning turlari mashina
qismlari o‗rtasidagi axborot almashuvining turli tezligini taʻminlaydi, turli sondagi
va turli xil tashqi qurilmalarni ulashga imkoniyat beradi hamda simsiz aloqa
kanalini ishlatadi.
Operativ xotira sig‗imi. Operativ xotira sig‗imi megabaytlarda o‗lchanadi.
Eslatma, 1 Mbayt = 1024 Kbayt = 10242 bayt.
Ko‗pchilik zamonaviy amaliy dasturlar 16 Mbayt sig‗imdan kam bo‗lgan
operativ xotira bilan ishlamaydi yoki juda sekin ishlaydi.
Nazarda tutish kerakki, asosiy xotira sig‗imi ikki hissa oshirilsa, murakkab
masalalarni yechishda (xotiraga yetishmovchilik sezilganda) kompyuterning
samarali unumdorligini taxminan 1,41 marta oshiradi (kvadrat ildiz qonuni).
Har xil turdagi operativ xotiralari–SDRAM, DDR DRAM, DR DRAM va
boshqalar turlicha funksional imkoniyatlarga egadirlar.
Qattiq magnit diskdagi jamlovchilarning sig‗imi va turi. Odatda QMDJ
sig‗imi gigabaytlarda o‗lchanadi, 1 Gbayt=1024 Mbayt.
1 Tbayt sig‗imli venchesterni bugungi kunda ishlatsa bo‗ladi, ammo, yangi
dasturiy ta‘minotlar yaqin kunlarda ko‗p terabaytli tashqi xotirani talab etishi
mumkin.
Kesh-xotiraning sig‗imi va turi. Kesh-xotira–bu bufer, foydalanuvchi ega
bo‗la olmaydigan tezkor xotira, ancha sekin ishlovchi xotira qurilmalarida
saqlanayotgan
axborotlarni
avtomatik
ravishda
kompyuter
tomonidan
operatsiyalarni bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Masalan, asosiy xotira bilan
|
| |