|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
64
Pentium II mikroprotsessorining muhim farqi, uning ikkitali mustaqil shinali
arxitekturasidadir (bunday shina qo‗llangan birinchi variantlar Pentium Pro MPda
bo‗lgan). Protsessor L2 kesh-xotira bilan axborotlarni maxsus yuqori tezlikka ega
shina orqali amalga oshirgan (ba‘zida uni backside–zadney–orqadagi deb atalgan).
Tizimli shina tizimli plata chastotasida ishlaydi va bu kompyuterning samarali
tezligini jiddiy kamaytiradi, backside–shinasining mavjudligi kesh-xotira bilan
almashuvni tezlatadi.
Pentium II mikroprotsessori shaxsiy kompyuterlarning ikki protsessorli
tuzilishini quvvatlaydi. Pentium Pro va Pentium II mikroprotsessorlarida MMX
buyruqlari ishlatiladi va 0,35 mkm texnologiya asosida ishlab chiqariladi hamda
2,8 V manba kuchlanishidan foydalaniladi. Uning uchun, tabiiyki, boshqa hamma
Pentiumlarga nisbatan boshqa tizimli plata talab etiladi. Pentium II
mikroprotsessori ko‗p rivojlantirilgan modellarga ega: Klamath, Deschutes,
Katmai, Tanga va boshqalar.
Ancha arzon kompyuterlar uchun protsessorning yengil Celeron deb
nomlanuvchi varianti taklif etilgan. Birinchi Celeron protsessorlari 266 va 300
MGs chastotaga ega bo‗lgan. 2-bosqich keshni olib tashlashgan, bu esa
kompyuterning unumdorligida sezilarli darajada aks etgan va uning asosidagi
kompyuterlar kam samarali bo‗lib chiqdi. So‗ng Celeron A protsessori ishlab
chiqarilgan (keyichalik A harfi olib tashlangan), u MP platasiga o‗rnatilgan, katta
bo‗lmagan (128 Kbayt) L2 keshga ega va endi MP ning to‗liq chastotasida
ishlaydigan bo‗lgan. Bu protsessorlar shuningdek Mendocino nomi bilan ham
taniqli, juda ommabop bo‗lib qolgan edi.
Ikkinchi kesh xususiyatlaridan tashqari, Celeron protsessorlari Pentium II
mikroprotsessoridan quyidagi farqlarga egadir:
manzil shina razryadlari 36 tadan 32 taga keltirilgan (manzillanuvchi xotira
4 Gbayt);
axborotni o‗zgartirishning aniqligini nazorat qilish biroz kamaytirilgan;
|
| |