|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
63
ustida bajariladi. Bu SSE (Streaming SIMD Extensions) texnologiya MP
modellarining keyingi modellarida o‗z rivojini topdi. SIMD buyruqlari audio va
video axborotlarga ishlov berishga yo‗naltirilgan;
ikki hissa oshirilgan (32 Kbaytgacha) L1 kesh-xotira;
qo‗shimcha 64 bitli sakkizta registrlar mavjud;
Pentium Pro va boshqa mikroprotsessorlardan olingan shoxlanishlarni
bashorat qiluvchi yangi blok.
Bu mikroprotsessorlarni samarali ishlatish uchun barcha eski dasturlarga
(shu jumladan, Windows 95, Windows NT operatsion tizimiga ham)
moslashtiruvchi dastur qismini qo‗shish zarur bo‗lgan; to‗g‗ri busiz ham Pentium
MMX mikroprotsessori oddiy Pentium mikroprotsessoridan biroz unumdorliroq.
Odatdagi ilovalarni bajarishda Pentium MMX 10–15% Pentium tezroq,
multimediali ilovalarni yangi 57 buyruqlarni ishlatilganda u 30% ga samaraliroq
(taqqoslash uchun: odatiy ilovalarni bajarishda Pentium Pro mikroprotsessori
Pentium mikroprotsessoridan taxminan 20% ga o‗zib ketadi). Pentium MMX
xususiyatlarini hisobga olib yozilgan dasturlar oddiy Pentium mikroprotsessorli
ShK da ishlamaydi. Pentium MMX mikroprotsessorlari uchun BIOS li Socket 7
razyomli tizimli plata MMX ni quvvatlashi ta‘lab etiladi va ikkita manba
kuchlanishi (3,5 va 2,8 V) zarur.
Pentium II mikroprotsessori qolgan boshqa mikroprotsessorlarga qaraganda
boshqacha konstruksiyaga ega, xususan, katta bo‗lmagan kartridj-plata (g‗ilofi
SECC), unga protsessorning o‗zi (7,5 million tranzistori bo‗lgan, Pentium Pro
MPda 5,5 million) va to‗rtta 2-bosqichli kesh-xotira mikrosxemasi, umumiy hajmi
512 Kbayt, 1-bosqich kesh-xotirasi protsessorning mikrosxemasida joylashgan
bo‗lib, 32 Kbayt hajmga ega, Pentium Pro MPda esa 16 Kbayt, lekin 2-bosqich
kesh-xotirasi MP ichki chastotasida emas, ikki hissa kam tashqi chastotada
ishlaydi.
|
| |