|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
65
Celeron faqat bir protsessorli tarkiblar uchun mo‗jallangan.
Ko‗pchilik Pentium II va shu jumladan, Celeron mikroprotsessori tizimli
plata shinasining 133 MGs va undan ko‗proq chastotani quvvatlaydilar (oldingi
modellari faqat 100 MGsni).
Pentium III mikroprotsessorlari. Pentium II protsessorini rivojlantirish
natijasida 1999-yili Pentium III (Coppermine) mikroprotsessori yaratildi. Ularning
asosiy farqi yangi 128-razryadli registrli SIMD-ko‗rsatmalar to‗plamini
kengaytirish bloki bo‗ldi, u suriluvchi vergulli–SSE (Streaming SIMD Extensions)
axborotlar o‗lchamiga yo‗naltirilgan. Multiprotsessorlik tarkib imkoniyatlari
bo‗yicha u o‗zidan oldingi Pentium II protsessori bilan bir xil.
Pentium III mikroprotsessorlaridagi 2-bosqich kesh 256 Kbayt o‗lchamga
ega, MP to‗liq chastotasida ishlovchi va tezkor backside–shina xizmat ko‗rsatadi, u
keshning ishlash tezligini va ShK ning umumiy unumdorligini oshirdi. Pentium III
mikroprotsessorlari Intel chipsetli (mikroprotsessorni qolgan tizim bilan ulovchi
mikrosxemalar to‗plami): 440VX, 440ZX, 440GX, i810, i815, i820 va ancha
yangilari joylashgan tizimli plata bilan ishlashga mo‗ljallangan; 100, 133, 150
MGs va yuqori chastotali tizimli plata shinasini quvvatlaydi. ―Oddiy‖ Pentium III
lar Slot 1 ga o‗rnatiladi, Pentium III Xeon–Slot 2 ga o‗rnatiladi. Pentium III Xeon
protsessorlari (va keyingi Tanner, Cascades va boshqa modellari) Pentium Pro
mikroprotsessorining davomchisi bo‗lib, 2-bosqich keshining oshirilgani (512,
1024 va 2048 Kbayt) bilan farqlanadi, MP ning to‗liq chastotasida ishlaydi.
Pentium III Xeon–protsessorlari serverlarga mo‗ljallangan. Birinchi ikki
yadroli Intel protsessorlari aynan Xeon oilasida qo‗llanildi.
Pentium 4 mikroprotsessorlari. Pentium 4 mikroprotsessorlarining asosiy
xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz.
SIMD-ko‗rsatmalar to‗plamini kengaytiruvchi 144 yangi oqimlar uchun
ko‗rsatmalar qo‗shilgan, suriluvchi vergulli–SSE2 o‗lchamli axborotlarga
mo‗ljallangan. Suriluvchi vergulli hisoblash moduli va oqimli modullar audio- va
|
| |