|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
66
video oqimlar bilan ishlash uchun optimallashtirilgan, shuningdek 3D-
texnologiyani ham quvvatlaydi.
2-bosqich keshi 256 Kbayt o‗lchamga ega; u MP ning to‗liq chastotasida
ishlaydi, xatolarni tuzatish dasturi joylashtirilgan holda ishlatiladi va MP
chastotasida ishlovchi 256 bit (32 bayt) razryadli tezkor shina xizmat ko‗rsatadi.
Bu 1500 MGs chastotali Pentium 4 uchun, masalan, kesh bilan 48 Gbayt/s
tezlikdagi almashuvni taʻminlab beradi.
400 MGs ekvivalent chastotali tizimli shina bilan ishlash imkoniyati mavjud
(Quard Pumped Bus 100 MGs), u 3,2 Gbayt tezlikda almashuvni ta‘minlab beradi.
Yangidan yaxshilangan ―dinamik bajarilish‖ (dynamic execution), birinchi
navbatda 20-bosqichli (Pentium III MP 10-bosqichli konveyerga ega bo‗lgan)
super konveyerli tarkib (superpipelining) bilan bog‗liq, boshqarishning shartli
uzatilishida (branch prediction) shoxlanishlarning yaxshi bashorati va ―faraz
bo‗yicha‖ parallel (ildamlovchi) buyruqlarni bir necha faraz qilingan shoxlanish
(speculative execution) yo‗llari bo‗yicha bajarilishi. Buni tushuntiramiz. Dinamik
bajarilish protsessorga ko‗rsatmalarning bajarilish tartibini shoxlanishlarni ko„plab
bashorat qilish texnologiyasi yordamida bashorat qilishga imkon beradi, u
dasturlarni bir necha shoxlardan o‗tishini bashorat qiladi. Bu esa bo‗lishi mumkin
ekan, chunki ko‗rsatmalarni bajarish jarayonida protsessor dasturni bir necha
qadam oldin ko‗rib chiqadi. Axborot oqimining tahlillash texnologiyasi dasturni
tahlil qilishga va ko‗rsatmalarni bajarilishining kutilgan ketma-ketligida tuzish
imkonini beradi. Va nihoyada, ildamlovchi bajarilish bir necha ko‗rsatmalarni bir
vaqtda bajarish orqali dasturlarni ishlash tezligini oshiradi, ularni kutilgan ketma-
ketlikda kelishi bo‗yicha–yaʻni faraz bo‗yicha (intellektual). Ko‗rsatmalarning
bajarilishi shoxlanishlarning bashorati asosida amalga oshirilganligi uchun,
natijalar ham ―intellektual‖ kabi saqlanadi, bashoratda adashish natijasida hosil
bo‗lgan javoblarni o‗chirib borish orqali. Ikki parallel 32-bitli konveyerlarga
asoslangan yangi mikroarxitekturani va oqimli ishlov berish texnologiyasini Hyper
|
| |