|
Основы пакетаBog'liq Основы пакета (1)
49
Xususan, 1.8-rasmda ko‗rsatilgan tarmoq adapteri ShKning tashqi
interfeysiga kiradi va hisoblash tarmoq tarkibida ishlaganda boshqa kompyuterlar
bilan axborot almashish maqsadida aloqa kanaliga ulash uchun xizmat qiladi.
Tarmoq bilan ulanish uchun modem ishlatiladi.
Yuqorida qayd qilingan ko‗pchilik qurilmalar shartli ravishda ajratilgan
guruh multimedia vositalariga taalluqlidir.
Multimedia (multimedia, ―ko‗p muhitlilik‖)–bu apparat va dasturiy
vositalarning majmuasi bo‗lib, u insonga o‗zi uchun turli-tuman tabiiy muhitdan
foydalanib, tovush, tasvir, grafika, matnlar, animatsiyalar va boshqalar orqali
kompyuter bilan muloqot qilishiga imkon beradi. Multimedia vositalariga tovushli
axborotni kiritish va tovushli axborotni chiqarish qurilmalari; mikrofonlar va
videokameralar, kuchaytirgichli akustik va tasvirlarni aks ettirish tizimlari, tovush
kolonkalari, katta tasvir ekranlari; tovush va videoadapterlar, videozaxvat platalari,
videomagnitofonlardan tasvirlarni oluvchi yoki videokameralar va ularni ShKga
kirituvchilar; bosma matnlarni va rasmlarni kompyuterga avtomatik ravishda
kiritishga imkon beruvchi ko‗p tarqalgan skanerlar; tovush va videoaxborotlarni
yozish uchun ishlatiladigan katta sig‗imga ega bo‗lgan optik disklardagi tashqi
xotira qurilmalari kiradi.
Qo‗shimcha integral mikrosxemalar. Tizimli shinaga va mikroprotsessorga,
shaxsiy kompyuterga tipik tashqi qurilmalar qatorida ba‘zi qo‗shimcha integral
mikrosxemalar ham ulanishi mumkin, ular mikroprotsessor bajaradigan
vazifalarning imkoniyatlarini kengaytirish va yaxshilash uchun xizmat qiladi:
- matematik soprotsessor;
- xotiraga bevosita ega bo‗lish kontrolleri;
- kiritish-chiqarish soprotsessori;
- uzulishlar kontrolleri va hokazolar.
Matematik soprotsessor suriluvchi va qayd qilingan vergulli ikkilik sonlar
ustida operatsiyalarning bajarilishini, ikkilik kodlashtirilgan o‗nlik sonlar ustidagi
|
| |