4. Hujjatlarni olib kelish
Qirg'iziston Respublikasiga kelganingizdan so’ng JADUning bosh binosidagi Xalqaro bo'limidagi, o'z vaqtida ro'yxatdan o'tish uchun Aholiga xizmat ko'rsatish markazidagi pasport va vizalarni rasmiylashtirish ishlari bo'limiga keling. Ro'yxatdan o'tish uchun sizga asl pasport va uning nusxasi kerak bo’ladi.
Muhim! Xorijiy fuqarolar 3 kun ichida o'z vaqtida ro'yxatdan o'tishi kerak. Universitetga kirish uchun yuqoridagi hujjatlarni taqdim eting.
5. JADU bilan shartnoma tuzish
-ariza yozing, kontrakt pulini to'lash uchun shartnoma tuzing va kontrakt pulini to'lang;
-kirish imtihonlarini topshirish uchun yo'llanma oling;
-universitetga qabul qilinganlik to'g'risidagi buyruq bilan tarnishing;
-agar kerak bo'lsa, qo'shimcha hujjatlarni taqdim eting.
6. Ta'lim olishni boshlash
Muhim! Universitetga qabul qilingandan so'ng, vizani o'z vaqtida uzaytirish va ro'yxatdan o'tish kerak. Viza muddati tugashidan 20 kun oldin vizani uzaytirish va ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlarni taqdim eting.
Universitetga kirish uchun, shartnoma tuzishdan oldin, chet el fuqarosi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
-ariza (qabul komissiyasida to'ldiriladi);
-xorijiy fuqarolar uchun to'ldirilgan ariza (Xalqaro bo'limda to'ldirilishi kerak);
-Qirg'iziston Respublikasining o'quv vizasi bilan pasportning asl nusxasi;
-2 ta passport/ro'yxatdan o'tganlik hujjat nusxasi;
-2 viza/ro'yxatdan o'tganlik nusxalari;
-3x4 o'lchamdagi 7 ta rasm;
-ta'lim to'g'risidagi hujjat (guvohnoma / diplom) va Qirg'iziston Respublikasi konsulligi tomonidan notarial tasdiqlangan tarjimasi (agar hujjat chet tilida bo'lsa), o'qitaliyotgan fanlar va ulardan olingan baholar;
-Qirg'iziston Respublikasi Ta'lim va fan vazirligi tomonidan ta'lim darajasini tasdiqlash haqida ma'lumotnoma (chet el fuqarolari uchun);
-Qirg'iziston Respublikasida o'qish uchun kasalliklar yo'qligi to'g'risida tibbiy ma'lumotnoma: № 086 shaklida;
-OIV/OITS to'g'risidagi ma'lumotnoma (Qirg'iziston Respublikasi bilan viza rejimiga kirgan mamlakatlar fuqarolari uchun).
|