• Qabul komissiyasi
  • Xalqaro aloqalar bolimi
  • O'qishga kirish uchun siz quyidagi bosqichlarni bajarishingiz kerak




    Download 81,81 Kb.
    bet20/20
    Sana26.03.2021
    Hajmi81,81 Kb.
    #13547
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    O'qishga kirish uchun siz quyidagi bosqichlarni bajarishingiz kerak:

    1. Universitet veb-saytiga kiring va havola orqali oldindan ro'yxatdan o'ting: http://alatoo.edu.kg/view/public/pages/preregistration_form.xhtml. Onlayn ariza shaklini to'ldiring, talab qilingan hujjatlarni skaner qilingan nusxalarini yuklab oling va universitet bank hisobiga qaytarilmaydigan 50 AQSh dollari miqdorida to'lovni kiriting. Agar siz Bishkekda bo'lsangiz, siz universitetning Xalqaro aloqalar bo'limiga kelib (Bishkek shahri, Anqara (Gorkiy) ko'chasi, Tunguch mikrorayoni 1/8, “Ala-Too” xalqaro universiteti,


    blok-A, 107-sonli xona) talab qilingan hujjatlarni topshirsangiz bo’ladi va universitet buxgalteriyasiga 50 AQSh dollari miqdorida qaytarib berilmaydigan ro'yxatdan o'tish haqini to'lashingiz mumkin.

    2. Abituriyentdan kerakli hujjatlarni olgandan so'ng, universitet Qirg'iziston Respublikasining Konsullik xizmati bo'limiga viza olish uchun murojaat qiladi. Davlat viza agentligi tomonidan ijobiy tasdiq olingandan so'ng, abiturientga viza beriladi. Viza berish faqat davlat viza agentligi qarori bilan amalga oshiriladi.

    3. Agar topshirgan hujjatlariz qoniqarli deb topilsa, Xalqaro aloqalar bo'limi sizga viza ko'magi xati hamda oldindan qabul qilinganlik xatini yuboradi.

    4. Abituryient vizada ko'rsatilgan sanadan boshlab uch oy ichida Bishkekka kelishi kerak.

    5. Abituriyent o’z kelishi to'g'risidagi ma'lumotni (chipta ma'lumotlari) quyidagi elektron manziliga yuborishi kerak: int.student@iaau.edu.kg.

    6. Xalqaro aloqalar bo'limi aeroportdan olib keladi va turar joyni taklif qiladi.

    7. Abituriyent ingliz tilidan test topshirishi kerak, agar ingliz tilingiz darajasi etarli emasligi aniqlansa, universitet sizni bir yillik ingliz tili kurslariga ro'yxatdan o'tkizadi va siz bir yillik ingliz tili kurslarini tamomlagandan so’ng o’qishga kira olasiz.

    8. Abituriyent matematika, mantiq va umumiy bilimlar savollaridan iborat universitetga kirish uchun imtihonlarni topshirishi kerak. Tibbiyot fakulteti kafedrasiga kiruvchilar biologiya va kimyo yo'nalishlari bo'yicha qo’shimcha kirish imtihonlarini topshirishlari shart.

    9. Abituriyent kelgandan so'ng Xalqaro aloqalar bo'limi hujjatlarni asl nusxalarini tarjima qilish uchun ariza topshiradi va ekvivalentlik sertifikatini olish uchun Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirligiga hujjatlarni yuboradi. Ekvivalentlik sertifikatini berish faqat Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirligi qarori bilan amalga oshiriladi.

    10. Abituriyent universitet tibbiy markazi nazorati ostida tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

    11. Yuqoridagi barcha bandlar bajarilgandan so'ng, abituriyent qabul komissiyasi bilan ta'lim to'g'risidagi shartnomani imzolaydi va universitet talabasi bo’lib hisoblanadi.
    Qabul komissiyasi:

    “Ala-Too” xalqaro universiteti (blok-A), 107 xona

    Manzil: Qirg'iziston Respublikasi, Bishkek shahri, Anqara (Gorkiy) ko'chasi, Tunguch mikrorayoni, 1/8

    Tel: +996 (312) 630407; +996 555 820 000 (WhatsApp)

    E-mail: marketing@iaau.edu.kg

    Veb-sayt: http://alatoo.edu.kg/


    Xalqaro aloqalar bo'limi:

    Manzil: 720048 Qirg'iziston Respublikasi, Bishkek shahri, Anqara ko'chasi 1/8, “Ala-Too” xalqaro universiteti (blok-A), 212-xona, 2-qavat



    Tel: +996 312 63 14 25 (hodimning ichki raqami 10-27)

    E-mail: intoffice@iaau.edu.kg
    Download 81,81 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 81,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'qishga kirish uchun siz quyidagi bosqichlarni bajarishingiz kerak

    Download 81,81 Kb.