O‘zaro induktiv bog‘langan zanjirlarni hisoblash
Induktiv bog'langan elementlardan biridagi tok o'zgarsa, boshqa
elementda o'zaro induksiya EYuKi paydo bo'ladi. O'zaro induksiya
(elektromagnit induksiya qonuni) tufayli paydo bo'ladigan EYuK va
kuchlanishning absolyut qiymati mos ravishda quyidagilarga teng:
Bu kattaliklar ishoralarini aniqlash uchun o'zaro bog'langan
zanjir elementlarining bir xil nomlangan qismalarini topish kerak.
Bunda quyidagi qoida o'rinlidir:
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
" Agar qismalarga nisbatan bir xil yo'nalishda o'tadigan tokdan
har bir elementda hosil bo'ladigan o'zinduksiya va o'zaro induksiya
magnit oqimlari qo'shilsa, u holda bu qismalar induktiv bog'langan
ikkita elementning bir xil nomlangan qismalari deyiladi".
Bu qoida asosida 2.28-rasm, a da keltirilgan g'altaklar qismalari
belgilangan.
xil nomlangan qismalar bo'ladi.
Avvalgi holdan farqli joyi shundaki, 2-g'altakning o'ralish
yo'nalishi 1-g'altakning o'ralish yo'nalishiga qarama-qarshidir.
Bir xil nomlangan ikkita juft qismalardan biri maxsus belgilar:
nuqta yoki yulduzcha bilan belgilanadi.
1. Induktiv bog'langan g'altaklarni o'zaro ketma-ket ulanishi.
Bunday ulanish ikki xil bo'lishi mumkin: mos yoki qarama-qarshi
ulanish. Mos ulangan g'altaklarda toklar bir xil nomli qismalarga
nisbatan bir xil yo'nalgan bo'ladi (2.29-rasm, a). Qarama-qarshi
ulangan g'altaklarda toklarning yo'nalishi bir xil nomlangan
qismalarga nisbatan qarama-qarshi yo'nalgan bo'ladi (2.29-rasm,
g'altaklarning o'zaro mos ulangan zanjiri uchun elektr muvozanat
tenglamasini tuzamiz. Tokning musbat yo'nalishi va konturning
aylanib chiqish yo'nalishi bir xil deb faraz qilaylik. Induktiv
bog'langan elementlari bo'lgan elektr zanjirlarni bevosita hisoblash
uchun zanjirlarni hisoblashning avval ko'rib o'tilgan barcha usullari
ishlatiladi, faqat tugun potensiallar usulini qo'llash uchun ba'zi bir
qo'shimcha qoidalardan foydalanishga to'g'ri keladi.
O'zaro bog'langan ikkita induktiv g'altak ketma-ket va
induktiv jihatdan mos ulanganda uning differensial tenglamasi
quyidagicha yoziladi:
2.32-rasmda o'zaro parallel ulangan va induktiv bog'langan
ikkita g'altak vektor diagrammalari qurilgan: a)-mos; b)- qarama-
qarshi ulangan zanjirlar uchun.
Vektor diagrammalarni qurishda manba kuchlanishi vektori
ning boshlang'ich fazasi nolga teng deb olingan.
Tarmoqlangan induktiv bog'langan zanjirlarni Kirxgofning
birinchi va ikkinchi qonunlari asosida yoki kontur toklar usulida
hisoblash mumkin. Tugun potensiallar usulini bevosita qo'llab
bo'lmaydi, chunki bir shoxobchadagi tok nafaqat shu shoxobchadagi
EYuK va shoxobcha ulangan tugunlarning potensiallariga, balki
boshqa induktiv bog'langan shoxobchalardagi toklar o'zgarishiga ham
bog'liqdir. Ekvivalent generator usulini esa, faqat ikki qutblikka
tegishli bo'lmagan shoxobcha ikki qutblik tarkibiga kiradigan boshqa
shoxobcha bilan induktiv bog'lanmagan elektr zanjirlarida qo'llash
mumkin.
Hisoblash usullarini chegaralaydigan hollardan ozod bo'lish
uchun ba'zi bir hollarda induktiv bog'lanishni bartaraf etadigan
ekvivalent sxemalariga o'tish zarur bo'ladi.
Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko'ra tenglama tuzishda o'zaro
induksiya EYuKi mos kuchlanish kabi hisobga olinadi.
-elementdagi tokning musbat yo'nalishini ham nazarda
tutib belgilanadi. Agar bir xil nomlangan qismalarga nisbatan aylanib
Misol tariqasida 2.33-rasmda keltirilgan zanjir uchun Kirxgof
qonunlari
asosida
tenglamalar
tuzamiz.
Tenglamalardagi
kuchlanishlar
ifodalarini
konturdagi
elementlarning
joylashish
tartibiga ko'ra yozamiz:
Induktiv bog'langan zanjirlar uchun ham o'zarolik xossasi
o'rinlidir. Bu holat o'zgarmas tok zanjirlari uchun o'zarolik
xossasining qo'llanishi kabi tushuntiriladi.
avtotransformator) ning (2.34-rasm) 1-1' qismalariga sinusoidal
kuchlanish ulangan.
Yuklama ulanmagan chiqish qismalaridagi kuchlanish topilsin.
Berilgan:
|