|
O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi
|
bet | 1/3 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #130222 |
Bog'liq San\'at va madaniy asarlar kolleksiyalari ma\'lumotlariga oid metama\'lumot tavsiflari tahlili
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Meta ma'lumotlarni fanidan
2 Mustaqil ish
Tekshirdi: Abduzoyirov SH
Tekshirdi: Beshimova O'g'iljon
Mavzu: San'at va madaniy asarlar kolleksiyalari ma'lumotlariga oid metama'lumot tavsiflari tahlili
San'at va madaniy asarlar kolleksiyalari ma'lumotlariga oid metama'lumot tavsiflari tahlili
Reja:
San'at va madaniy asarlar kolleksiyalari ma'lumotlariga oid metama'lumot
O‘zbekistonda madaniyat va san’at Ma’naviyat maskanlari
San'at va madaniy asarlar
San'at va madaniy asarlar kolleksiyalari ma'lumotlariga oid metama'lumot tavsiflari tahlili haqida. Metama'lumot tavsiflari san'at va madaniy asarlar kolleksiyalari haqida umumiy va qisqa ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Ular kolleksiyalarning shakllanish tarixi, mazmuni, xususiyatlari, ahamiyati, manbalar, joylashuvi va boshqa aspektlarni o'z ichiga oladi. Metama'lumot tavsiflari kolleksiyalarni tanlash, tasniflash, baholash, saqlash, tarqatish va rivojlantirishda yordam beradi.
Metama'lumot tavsiflari tahlili esa ushbu ma'lumotlarni to'g'riligi, aniq va to'liq ekanligi, standartlarga mosligi, o'zaro bog'liqlik va muvofiqligi, qo'llanilish va foydalanish imkoniyatlarini o'rganishni o'z ichiga oladi.
Metama'lumot tavsiflari tahlili orqali kolleksiyalarning sifatini oshirish, kamchiliklarni bartaraf etish, yangilanish va isloh etish mumkin.
Teatr. Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi.
1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi.
O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. - O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi.
- 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
- Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri. ? 103 2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi.
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi.
Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi.
1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- 105 tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi
|