• 4- asosiy masala
  • 4- asosiy masalaning bayoni
  • O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti




    Download 1,2 Mb.
    bet20/155
    Sana10.01.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #133618
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti

    Nazorat topshiriqlari:
    1. «Xazoyin ul maoniy»dagi rubobiy timsollarni ikki guruhga ajratib ko’rsating.
    2. Rubobiy timsol va Navoiy: birlik va farq.
    3. Oshiq kim? Orifchi?
    4. Shayx timsolini Navoiy qanday talqin etgan?
    5. Alisher Novoiyning qaysi asarlari tarkibida qit’alar mavjud va shoir o’z qit’alariga xos xususiyatlar haqida qanday mulohazalarni bayon etadi?


    4- asosiy masala: Shoirning badiiy mahorati.


    O’qituvchi maqsadi: Navoiy ijodidagi badiiy san’atlar namoyishida shoirning mahorat egasi ekanligini ko’rsatish.


    Identiv o’quv maqsadlari:
    1.Navoiy ijodi serbezakligi va ta’sirchanligi guvohi bo’ladilar.
    2.Shoir ma’naviy san’atlaridan voqif bo’ladilar.
    3.Navoiy lafziy san’atlarni qo’llashda san’atkor ekanligini kuzatadilar.
    4.Navoiy she’riyati she’r san’atlari xazinasi ekan, degan xulosaga keladilar.


    4- asosiy masalaning bayoni:
    Mislsiz mazmun va ma’no teranligi shoir san’atkorligining ming qirrali olmos jilosiday tovlanishiga muvofiq keladi. Navoiy, eng qiyin she’riy san’at – iyhom ham uning uchun jo’n narsa ekanligini qayd etgan:
    Agar xossa ma’ni gar iyhom erur,
    Aning kunda yuz bayti halvom erur.
    «Xazoyin ul maoniy» devonlari baytlarini ko’zdan kechirar ekanmiz, Navoiyning yuzdan ortiq she’r san’atlari bilan misralarni bezagani guvohi bo’lamiz:
    Tajohuli orifona:
    Yor gulgun jo’n enginmu yuzga aylabtur hijob,
    Yo yoshurmishtur quyosh ruxsorini gulgun sahob?
    Muzhabi kalomi:
    Kimki bir ko’ngli buzug’ning xotirin shod aylagay,
    Oncha borkim, Ka’ba vayron bo’lsa, obod aylagay.
    Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
    Bas el komin ravo ayla o’zungni komron ko’rgach.
    Tashbehi izmor:
    Ul zulf savodida o’ldum yuzini ko’rmay,
    Vahxim, yo’q edi muhlil shomimg’a sahar paydo.
    Tanosib:
    Chun olarmen g’amdinu, yiglab kuyub boshimda sham’,
    Dudidin chirmab qaro har tun tutar shevan manga.
    Taqsim:
    Ey Navoiy, xalq der: jon beru yo kech ishqidin,
    Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga.
    Qaysi osonu qaysi qiyin?
    Juft tashbihlar:
    Ne uchun bazmi visol ichinda ichmay bodakim,
    Ko’ziyu og’zi butun bodomu shakkardur manga. (3-36)



    Download 1,2 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155




    Download 1,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti

    Download 1,2 Mb.