• 1-laboratoriya ishi Universal laboratoriya stendi (ULS) bilan tanishish. Real mustaqil kuchlanish va tok manbalarining xarakteristikalarini tadqiq etish
  • O’zbekistan respublikasi aloqa axborot texnologiyalari va




    Download 0.89 Mb.
    bet1/2
    Sana04.01.2024
    Hajmi0.89 Mb.
    #130204
      1   2
    Bog'liq
    Labaratoriya ishi Mamataliyev Bexzod
    KTE2, 9-LABORATORIYA ISHI, mustaqil ish 13-v, 2-Mustaqil ish Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunch-fayllar.org, 1-amaliy ish

    O’ZBEKISTAN RESPUBLIKASI ALOQA


    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot
    Texnologiyalar universiteti Nukus filiali

    “Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniringi yo’nalishi


    2-kurs 1001-21 guruh talabasi
    Mamataliyev Bexzodning
    “Elektronika va sxemalar 1” fanidan



    LABARATORIYA ISHI


    TOPSHIRGAN: Mamataliyev Bexzod


    QABUL QILDI: Kengesbaev Salawat
    Nukus-2022
    1-laboratoriya ishi


    Universal laboratoriya stendi (ULS) bilan tanishish. Real mustaqil kuchlanish va tok manbalarining xarakteristikalarini tadqiq etish

    Universal laboratoriya stendi (ULS) yarimo‘tkazgich asboblarni tadqiq etishga mo‘ljallangan qurilma bo‘lib, u “Elektronika” laboratoriyasining asosiy jihozlariga kiradi. ULS 25 ta laboratoriya ishlarini frontal usulda olib borishga imkon beradi. ULS tuzilish jihatdan asosiy modul va laboratoriya modulidan iborat.Asosiy modul ikkita kuchlanish manbai (E1 va E2), ikkita multimetr va past chastota generatoridan tashkil topgan. E1 va E2 kuchlanish manbalari rostlanadigan bo‘lib, uning chiqishidagi qiymatlari noldan tadqiq etilayotgan elektron asbob ish parametrlari bilan chegaralangan yuqori qiymatgacha o‘zgaradi. Laboratoriya moduli ikkita multimetr, ikkita rostlanuvchi manba, ikkita rostlanmaydigan: ikki qutbli E3 (+15V va -15V) manba hamda rostlanmaydigan E4 (+5V) manba, past chastota va impuls generatorlari, elektrodlari uchlari sifatida xizmat qiluvchi tadqiq etiladigan elektron asbob oyoqchalari va mikrosxemalar maxsus kommutatsiya maydonini tashkil etuvchi uyachalardan iborat.


    Past chastota generatori amplitudasi rostlanadigan bo‘lib, uning uchta chiqishidan umumiy nuqtaga nisbatan (1:1, 1:10, 1:100) signal tadqiq etilayotgan elektron asbob yoki integral mikrosxemaga beriladi. Impulslar generatori chastotasi rostlanuvchi bir qutbli impulslar ketma – ketligi va zinasimon o‘zgarishli chiqishlarga nisbatan signal tadqiq etilayotgan elektron asbob yoki integral mikrosxemaga beriladi.
    Elektron asbob va mikrosxemalar tadqiq etiladigan maxsus kommutatsiya maydonida elektron asboblarning oyoqchalarini ulashga mo‘ljallangan kvadrat shakldagi 48 ta kommutatsiya uyalari joylashtirilgan. Bu uyachalar chiqishni faqat uchta nuqtadan tarmoqlantirishi mumkin. O‘rganilayotgan elektron asbob oyoqchalari yonma – yon joylashgan kvadratlar uyalariga ulanadi. Aks holda elektron asbob oyoqchalari qisqa tutashishi mumkin. Bu holat yuz bersa, kuchlanish manbalari ulanishi bilan ogohlantiruvchi optik va akustik signal chiqadi. Bu vaqtda ogohlantiruvchi yorug‘lik signalini tarqatayotgan manba o‘chirilishi zarur. Manba o‘chirilganidan so‘ng yig‘ilgan sxema qayta tekshiriladi, xatolik aniqlanadi va tuzatiladi.



    Download 0.89 Mb.
      1   2




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistan respublikasi aloqa axborot texnologiyalari va

    Download 0.89 Mb.