|
Prezident farmoniga ko’ra, quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilandi
|
bet | 7/9 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 120,5 Kb. | | #146353 |
Bog'liq OʻZBEKISTON ENERGETIKASI VA UNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARIPrezident farmoniga ko’ra, quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilandi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so’zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag’larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish;
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
energiya resurslari uchun to’lovlarning o’z vaqtida va to’liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring o’tkazish;
energiya resurslarini sotish va iste’moli hisobini yuritishda ishtirok etish;
energiya resurslari iste’molchilarining mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko’rish;
kompleks tahlil o’tkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash va majburiy ijro tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish.
Tugatilayotgan Sud departamentining O’zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Byuroga o’tkaziladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Byuroning davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi;
B yuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o’rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga – oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi;
Davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari Byuroga mazkur Farmonga muvofiq yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarini bajarishda har tomonlama ko’maklashishga majburdirlar.
|
| |