|
O’zbekiston elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari
|
bet | 3/9 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 120,5 Kb. | | #146353 |
Bog'liq OʻZBEKISTON ENERGETIKASI VA UNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI3.O’zbekiston elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari.
Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatda elektr va gaz ta’minoti tizimini izchil modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash, energiya tejamkorlik asoslari va yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o’zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish choralari ko’rilmoqda.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o’sish, ishchanlik faolligi va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini, aholining hayot darajasi va farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo’lgan energetika tarmog’ini rivojlantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, iste’molchilar toifasini inobatga olgan holda yetkazib berilayotgan energiya resurslari qiymatini aniqlashda tabaqalashtirilgan yondashishning mavjud emasligi ulardan nooqilona foydalanishga olib kelmoqda, energiya tejamkor texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini joriy etishni rag’batlantirmayapti.
Shaharsozlik sohasidagi amaldagi norma va qoidalar obyektlarning energiya samaradorligini ta’minlovchi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Shuningdek, binolar va inshootlarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishida energiya tejamkor materiallar va texnologiyalarni qo’llashga yetarli e’tiborning mavjud emasligi ham energiya resurslarining ortiqcha sarf qilinishiga olib kelmoqda.
Elektr va gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, mazkur sohada ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida:
―O’zdavenergonazorat‖ DI, ―O’zdavneftgazinspeksiya‖ DI, ―O’ztransgaz‖ AJ va ―O’zbekenergo‖ AJning faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, ―O’zbekenergo‖ AJ, ―O’ztransgaz‖ AJ, ―O’zdavenergonazorat‖ DI, ―O’zdavneftgazinspeksiya‖ DI va ―Energiya tejash milliy kompaniyasi‖ AJning quyidagi tartibni belgilash haqidagi takliflari qabul qilinsin:
|
| |