O’zbekiston elektr energetikasining zamonaviy ahvoli




Download 120,5 Kb.
bet2/9
Sana26.01.2024
Hajmi120,5 Kb.
#146353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OʻZBEKISTON ENERGETIKASI VA UNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

2.O’zbekiston elektr energetikasining zamonaviy ahvoli.
O’zbekiston elektroenergetikasi 2001 yildan beri o’z ichiga ko’mir sanoati korxonalarini olgan holda, «O’zbekenergo» Davlat Aksionerlik Kompaniyasi tizimida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati bo’lib faoliyat yuritmoqda.
K ompaniya tarkibida 53 ta korxona va tashkilot kiradi, shulardan 39 ta ochiq aksionerlik jamiyati, 11 ta unitar korxonalari, 2 ta ma’suliyati cheklangan jamiyat va kompaniya faoliyati - energosotishdan iborat.
Kompaniya aholi va xalq xo’jaligini markazlashgan elektr ta’minotini amalga oshiradi, hamda issiqlik energiyasini kommunal-tayyor iste’molchilarga respublikamizning turli shaharlarida amalga oshiradi.
2005 yilda kompaniya elektrostansiyalari tomonidan 46,2 mlrd. kVt/soat elektroenergiya ishlab chiqarilgan. Iste’molchilarga 9,9 mln. Gkal elektr energiyasi etkazib berildi, 16,9 mln. dollarga elektr energiyasi eksport qilindi.
O’zbekistonning 42 ta elektrostansiyalarining o’rnatilgan quvvati 12,3 mln.
kVt dan oshadi, bu esa o’rta Osiyo birlashgan energotizimi ishlab chiqarayotgan quvvatining taxminan 50% ni tashkil etadi.
«O’zbekenergo» kompaniyasi respublikada deyarli yagona elektroenergiya yaratuvchi va ta’minotchisi hisoblanadi.
Hukumat elektrostansiyalarining quvvat ishlab chiqarishdagi ulushi 3% (320
MVt) dan kamroqni tashkil etadi.
Milliy energotizimning asosini Sirdaryo, YAngi-Angren va Toshkent IES kabi elektr energiyaning 85% dan ko’pini ishlab chiqaruvchi katta elektrostansiyalar tashkil etadi.
Kompaniyaning hamma gidroelektrostansiyalari asosan GES kaskadlariga birlashgan va suv oqimi bo’yicha ishlaydi. Eng katta GES lar CHirchiq daryosining yuqorisida joylashgan (CHorvoq, Xodjikent, G’azalkent) va quvvatni rostlash tizimida ishlashga imkon beruvchi suv omborlari mavjud.
Respublikada elektr energiya uzatishi hamma sinf kuchlanishini 235 ming. km elektr uzatish liniyalari va 35 kV va undan yuqori kuchlanishli, umumiy quvvati 37,7 mln. kVA li transformator nimstansiyalaridan amalga oshiriladi.
Energetika O’zbekistonning iqtisodiy o’sishi va rivojlanishida hayotiy muhim o’rinni egallaydi, shuning uchun mustaqillikning birinchi kunidayoq yangi energetika siyosati hukumatning alohida boshqaruvi ostidadir.
2000 yilning dekabr oyida O’zbekiston hukumati tomonidan «2001-2010 yillarda O’zbekiston Respublikasida quvvat yaratilishini rivojlantirish va qayta qurish dasturi» ni ma’qullamoqda.
Energetika sohasidagi milliy strategiyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
demonopolizatsiya va davlat boshqaruvini kamaytirish, energiya tarqatish sohasida raqobatli muhit yaratish, chet el davlatlari va kompaniyalari bilan texnologik va investitsion hamkorlik.
Dastur bo’yicha Sirdaryo, Toshkent, Navoiy IES larini, Toshkent, Muborak IEM energiyani yaratishning energoeffekiv texnologiyalarni kiritib yangilash va qayta qurish, shu bilan birga bug’-gazli va gazoturbinali uskunalar asosida.
Bu dasturni amalga oshirish uchun investorlar mablag’i jalb qilinadi. Dastur qabul qilingandan beri ERTB krediti hisobiga Sirdaryo IES ning ikkita energobloki qayta qurildi. «Toshkent IES ni yangilash» bo’yicha ishlar YAponiya hukumatining uzoq muddatli imtiyozli krediti hisobiga boshlandi. 2005 yilda Tolimarjon IES ning 800 MVt quvvatli bitta energobloki ishga tushirildi.
500 kV li Sug’diyona podstansiya 1002 MVA li transformatorlari bilan ishga tushdi.
Y Angi Angren IES dan 500 kV li EUL Farg’ona vodiysidagi qabul qiluvchi O’zbekiston 500 kV li podstansiyagacha qurilmoqda.
Sirdaryo IES dan Sug’diyona podstansiyagacha 500 kV li HL loyihalash ishlari olib borilmoqda. Qurilishni moliyaviy tarafdan ta’minlash Islom taraqqiyot banki tomonidanolib borilmoqda.
110-220 kV kuchlanishli ob’ektlarni qurilishi nazarda tutilmoqda, shu Bilan birga 110 kV li kabel liniyalari va yopiq nimstansiyalar respublikamiz poytaxtini elektr ta’minotini ishonchliligini oshirish uchun qilinmoqda.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun, dasturda taxminan 800 km magistral EUL ni qurish, hamda 2,0 mln. kVA transformator quvvatlarini 220-500 kV li tarmoq nimstansiyalarida ishga solish kutilmoqda.
Energotejamkorlik sohasida kompaniya tomonidan har yili energetik-yoqilg’i resurslarini iqtisod qilish va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha tashkiliytexnologik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Energotejamkorlik masalalarini yaxshi bajariщ uchun, birinchidan hamma toifali iste’molchilarni zamonaviy elektroenergiya hisob va o’lchov asboblari bilan ta’minlash kerak.
Hukumat qarorlarini bajarilishi uchun kompaniya mablag’lari hisobiga energetika korxonalarini, ko’pxonadonli uylar va xususiy uylarni yuqori xususiyatli elektr energiyani o’lchov asbob va tizimlarini o’rnatish dasturiamalga oshirilmoqda. Ishlarni 2008 yilgacha tugallash rejalashtirmoqda. Zamonaviy asbob va tizimlar asosida elektr energiyani kommersal hisobini tashkil qilish iste’molchilardan o’z vaqtida maksimal darajada mablag’ yig’uvini, ishlatilgan energiya uchun to’lovlar intizomini tashkil etish ishlari davom etmoqda.
Energetika iqtisodning asosiy bo’limi ekanligini hisobga olib, energetika tizimi korxonalarini xususiylashtirish va davlat va davlat tasarrufidan chiqarish o’z xususiyatiga ega.
Respublika iqtisodiyotiga strategik ahamiyati bor aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqaruv paketini (51% dan kam emas) DAK «O’zbekenergo» saqlab qoladi.
Issiqlik va elektr energiyani ishlab chiqaruvchi, hamda katta qurilish korxonalarining aksiya paketlari sotuvini Davlat tender hay’ati qarori bilan, elektr energiyani tarqatuvchi va sotuvchi korxonalarniki esa fond bozori orqali bajariladi.
Shu bilan birga aytish kerakki, aksiyalarning boshqaruv paketini olmagan, katta miqdordagi investitsiyalarni yangilash va texnik qaytaqurish uchun kirgizgan investorlarga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida aksiyalarning davlat ulushidan bir qismini boshqarish huquqi beriladi.
O’zbekistonda elektr energiya va quvvat bozorini yaratish, rivojlantirish asoslari yaratilmoqda.

Download 120,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 120,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston elektr energetikasining zamonaviy ahvoli

Download 120,5 Kb.