O’zbekiston me’morchiligi (Samarqand shaxridagi tarixiy obidalar haqida umumiy ma’lumot) Reja




Download 28.01 Kb.
bet4/6
Sana30.11.2022
Hajmi28.01 Kb.
#32573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kkkkk
parchin mixli birikmalar, Дастурлаш 2 рус, Электроника ва схема 1. ўзб, Веб дастурлашга кириш рус, Веб дастурлашга кириш узб, PPT Presentation, Klasterizatsiya-fayllar.org (1), Gat da malumotlar strukturasi va modellari, HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI, Pedagogik faoliyatda muloqot, 2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja, Matematika o\'qitish metodikasi, linux server 5, Doc2111
Amir Temur maqbarasi
Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yildan boshlangan bo`lib, ushbu maqbarani Sohibqiron bobomiz Amir Temur Samarqandda suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atab qurdirgan. Maqbarada Sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va Sayyid Umarning qabri ham bor. Amir Temurning ustozlaridan bo‘lgan Mir Sayyid Baraka 1404 – yilda Mozandaronda vafot etgan va Afg‘onistonning Andxud shahrida dafn etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko‘ra jasadi Samarqandga SHohruh Mirzo tomonidan keltirilgan. Buyuk Sohibqiron o‘z jasadini uning oyog‘i uchiga qo‘yishlarini vasiyat qiladi. Bundan tashqari, maqbaraga A. Temurning o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va SHohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar dafn etilgan. Amir Temur maqbarasining ichki ko‘rinishi to‘rtburchak, uning tashqi ko‘rinishi esa sakkiz tomonli prizma shaklida. Prizma ustida ko‘p qovurg‘ali gumbazni ko‘tarib turuvchi slindr shakldagi qurilma ishlangan1 . Ziyoratxona o‘rtasidagi hazira sahniga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Maqbara binosi va uning oldidagi peshtoqli darvozasi bor hovli saqlangan. Maqbaraning janub va g‘arb tomonidagi g‘ishtdan ishlangan bezaksiz katta peshtoqli gumbaz qay vaqtda qurilganligi aniq emas. Maqbara devorlari havorang, zangori va oq sirli koshinlar, geometrik shakldagi naqshlar bilan bezalgan. Maqbara quril;ishi Amir temurning nabirasi Mirzo ulug‘bek davrida ham davom ettirilgan. Uning davrida qabrlarning turgan joyi o‘ymakor marmar panjara bilan o‘raglan. Uning buyrug‘i bilan 1424 –yili maqbaraning sharq tomonida to‘rt qubbali galeriya qurildi. Ushbu galeriyadan maqbaraga kirish mumkin. Maqbara interyerining sosi havorang, devorlariga esa naqshlar berilgan. Maqbaraning tashqi gumbazi qovurg‘ali baland doira asos poyasiga o‘rnatilgan. Amir Temur maqbarasining bugungi ko‘rinishi XV asrdagi majmuaning saqlanib qolgan bir qismidir. Bu me‘moriy ansambl O‘rta Osiyoning noyob me‘moriy durdonalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Mustaqillik yillarida ko‘plab tarixiy obidalarimiz singari Amir Temur maqbarasi ham qayta ta‘mirlandi. O‘zining serhasham, mahobatli ko‘rinishi qaytadan tiklandi.

Download 28.01 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 28.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston me’morchiligi (Samarqand shaxridagi tarixiy obidalar haqida umumiy ma’lumot) Reja

Download 28.01 Kb.