|
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasiBog'liq Call for Proposals BIRD — УЗБ (лат кирил)
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi
“Business investments in R&D program” (BIRD) ITTKIga biznes investitsiyalar dasturi doirasida grant
tanlovi eʼlon qilinadi
Jahon banki Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan boshlangan (Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston
milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
172-son qaroriga muvofiq) va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (OTFIV) tomonidan davom
ettirilayotgan “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish”(MUNIS) loyihasini
moliyalashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion siyosati kun tartibini qoʻllab-
quvvatlamoqda.
OTFIV MUNIS loyihasining 2-komponenti – "Xususiy sektorda innovatsiyalarni rag‘batlantirish"
doirasida ITTKIga biznes investitsiyalar dasturi (BIRD)da ishtirok etishga arizalarni qabul qilish 1-bosqichini
eʼlon qilmoqda.
BIRD dasturi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va OTMlarning, hamda kichik va oʻrta biznes (KOʻB) sohasining
manfaatdor olim-tadqiqotchilari tomonidan taqdim etilgan ishlanma va texnologiyalarni
tijoratlashtirish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Tanlov ikkita asosiy tamoyil asosida amalga
oshiriladi: (i) texnologik tayyorgarlik darajasi va (ii) loyihaning tijoriy salohiyati.
Tadqiqotni tijoratlashtirish loyihalarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash orqali BIRD dasturi quyidagi
maqsadlarni koʻzda tutgan:
1. Ishlab chiqarish sohasidagi aniq muammolarni hal qilishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab
chiqish va transfer qilish boʻyicha sanoat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va OTMlar oʻrtasida tizimli
hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va mustahkamlash.
2. KOʻB va xususiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining yuqori sifatli ilmiy-tadqiqot ishlariga
investitsiyalarni ragʻbatlantirish.
3. Ustuvor tarmoqlarda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha jamoatga koʻmak koʻrsatish.
4. Yetakchi xalqaro tadqiqot markazlari va jahon biznes sektori bilan hamkorlik qilish.
|
| |