|
O‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali “sirtqi” fakulteti “Iqtisodiyot
|
bet | 4/7 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 435,2 Kb. | | #158046 |
Bog'liq Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.AFF =YaF – DX +BD + BZ,
bu yerda:
-xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus moliyaviy xarajatlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX,
bu yerda:
UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
-soliq to’lagungacha olingan foyda – bu umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulotda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va minus favqulotda ko’rilgan zarar sifatida aniqlanadi: STF = UF + FP – FZ,
bu yerda:
STF – soliq to’lagungacha olingan foyda:
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda:
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar;
-yilning sof foydasi – bu soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o’zi dadaromad (foyda)dan to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlangan xolda soliqlar to’lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS, SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to’lanadigan soliq; BD – boshqa soliqlar va to’lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o’z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug’ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo’ladi. Makroiqtisodiyotda uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi.
Mulk egasini o’zi boshqaradigan unchalik katta bo’lmagan korxona (firma)da ularni yuritish bilan bog’liq bo’lgan hamma qarorlarda foydani ko’paytirish asosiy o’rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo’lib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug’ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi bo’lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o’rniga qisqa manfaatni afzal ko’rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko’pincha foydani maksimallashtirish o’rniga daromadni ko’paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o’zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o’z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zarurati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:
- haqiqiy foyda;
- o’rtacha foyda;
- monopol foyda yoki iqtisodiy renta; - maksimal foyda.
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
O’rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo’lish tushuniladi. O’rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko’rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O’rtacha foydani ko’pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo’ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so’m foyda olgan bo’lsa-yu, ana shu mablag’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so’mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag’batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bo’lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo’lib, yerni olish bilan bog’liq xarajatlar bir xil bo’lishi sharoitida birinchi yer transport tarmog’iga yaqin bo’lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so’m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln so’m uning qo’shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi.
Maksimal foyda – bu bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. Shunga ko’ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o’rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi.
|
| |