|
O‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali “sirtqi” fakulteti “Iqtisodiyot
|
bet | 1/7 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 435,2 Kb. | | #158046 |
Bog'liq Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“SIRTQI” fakulteti
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” yo’nalishi
Tarmoq iqtisodiyoti fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.
Bajardi: 952-21 guruh talabasi B.Islomov
Q abul qildi: A.Nizametdinov
Jizzax – 2023
Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.
Reja:
1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari
2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash.
3. Foyda va uni maksimallashtirish
4. Rentabellik va uni oshirish yo’llari
5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
1.Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari.
Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator munozarali fikrlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan bog’lasalar, ayrimlari tovar qiymati – tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa tovarning qiymatini ushbu tovarga bo’lgan talab va taklif, ya’ni tovarning noyobligi belgilaydi, deb hisoblaydilar.
Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yo’q. Faqatgina narx (baho) – bu tovar qiymatining puldagi ifodasidir xolos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut ishlab chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi – mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir .
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri – bu mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekami-ko’st foydalanish bu ko’rsatkichlarning rolini oshirish zaruratini taqozo etadi. Shu sababli tannarx atamasining mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak bo’ladi.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xomashyo va materiallar, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatkichi ishlab chiqarishni rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, ya’ni foydani ko’paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish hajmini o’stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko’rsatkichlari orasida alohida o’rin tutadi.
Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan foydalanish, moddiy texnika ta’minotini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma o’zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |