• 2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar O‘quv rejalarida kurs ishi (loyiha) kiritilmagan 2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
  • Virtual laboratoriya ishlari sifatida




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/20
    Sana30.08.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #270070
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
    Bog'liq
    Fizika(Ishchi dastur) (2)

    Virtual laboratoriya ishlari sifatida:
    I. Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika.
    1.1. Mexanik tebranishlarni o‘rganish.
    1.2. Molekulyar fizika. Gaz qonunlarini o‘rganish.
    1.3. Termodinamik. Moddaning issiqlik sig‘imini aniqlash.
    1.4. Maksvell taqsimoti o‘rganish.
    II. Elektr va magnetizm. Optika.
    2.1. Zaryadlangan zarraning elektr maydonida harakati.
    2.2. Nuqtaviy zaryad elektr maydoning potensiallar taqsimotini o‘rganish.
    2.3. O‘zgarmas tok qonunlari.
    2.4. Gaz razryadining volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.
    2.5. Magnit maydonida zaryadli zarralar harakatini o‘rganish.
    2.6. Elektromagnit induksiya hodisasini o‘rganish.
    2.7. O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisalarini o‘rganish.
    2.8. Difraksiya va interferensiya hodisalarini o‘rganish.
    2.9. Difraksion panjara yordamida yorug‘lik spektrini o‘rganish.
    III. Kvant optikasi. Atom fizikasi.
    3.1. Frank-Gers tajribasini o‘rganish.
    3.2. Vodorod atomining nurlanish spektrini o‘rganish.
    Laboratoriya mashg‘lotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari 
    tomonidan tavsiyalar va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Laboratoriya ishlari fizikaviy 
    stendlardan va virtual laboratoriya ishlaridan iborat.
    Talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha o‘zlashtirgan fizik qonunlarni laboratoriya 
    mashg‘ulotlarida tajribada asosida o‘rganadilar.
    Laboratoriya ishlarining minimal namunalari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
    2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
    O‘quv rejalarida kurs ishi (loyiha) kiritilmagan
    2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
    Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda 


    11 
    quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:
    1) Mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta 
    o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga 
    yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, 
    vaqtni tejaydi;
    2) o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini 
    o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron 
    manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari 
    v.b;
    3) fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan 
    mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, 
    ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish 
    rag‘batlantiriladi;
    4) INTERNET tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularini o‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv 
    malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan 
    ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballari bilan rag‘batlantiriladi;
    5) mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;
    6) amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning 
    yechimini topish, hisobotlar tayyorlash;
    7) ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
    8) mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy ta’lim asosida mashg‘ulotlarni 
    tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
    Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini 
    aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib 
    borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy 
    maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini 
    chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini 
    tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni 
    va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda 
    amalga oshiriladi.
    Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli 
    masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-
    stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish