|
O‘zbеkiston r
|
bet | 5/17 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #140320 |
Bog'liq Uslubiy qo'llanma 1-6Nazorat savollari
Predmet soha tushunchasiga tarif bering.
Mohiya-aloqa modeli deganda nimani tushunasiz?
Mohiyat-aloqa modelida asosiy elementlar tushunchasini aniqlang.
Mohiyat-aloqa modeli ma`lumot bazasi strukturasi qanday aniqlanadi?
Mohiyat-aloqa modeli diagrammasi qanday tasvirlanadi?
Mohiyat – aloqa diagrammasida munosabatlarning qanday turlari mavjud?
Ikki ob’yekt o'rtasidagi munosabatlar turini qanday aniqlash mumkin?
Ulman-Chen diagrammasini tavsiflang.
2 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Relyatsion ma`lumotlar bazasini loyihalash
Ishdan maqsad: Ma`lumotlar bazasini relyatsion modeli uchun jadvallar tizimini ishlab chiqishni o`rganish va ob`yektlarni bog`lanish munosabatlarini tahlil qilish.
Masalani qo`yilishi: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidagi barcha ob`yektlarni relyatsion modelini ishlab chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma`lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni 2 o`lchamli jadvallar yordamida tasvirlash qulay. Jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar tushunarli, ko`rimli va inson uchun oddiy hisoblanadi. Munosabatlar to`plami ma`lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog`lanishlarni modellashtirish imkonini beradi.
Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari:
Ma’lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma’lumot qiymatlari;
Domen – domenlar ma’lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi;
Atributlar – jadval ustunlar nomlari;
Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi;
Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi.
|
| |