|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 28/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulSofokl (mil.av. 496–406-yy.) Sofokl m.o. 496-yili Afina yaqini- dagi Kolon degan joyda, qurol-aslaxa korxonasi xo‘jayinining oila- sida tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini ancha erta boshlagan bo‘lib, m.o. 468 yili birinchi marta dramaturg sifatida maydonga chiqadi, 28 yo- shida adiblar musobaqasida o‘z ustozi Esxilni mag‘lub etib, Plutarx qo‘lidan qimmatbaho sovrin olgan va hammasi bo‘lib musobaqa- larda 24-marta g‘olib bo‘lgan.
Sofokl m.o. 441-yili oliy lavozim – strateglikka saylanadi. Xuk- mdor Perikl bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. U butun um- rini shonu-shavkatda o‘tkazib, m.o. 406-yili vafot etgan. O‘limidan keyin buyuk zotlarga ko‘rsatiladigan izzat-ikrom ko‘rsatilib, har yili qabri ustida qurbonlik qilish taomilga aylangan. Shoirning 123 ta pyesasidan yettitasigina saqlanib qolgan. 1912-yili “Izquvarlar” sat- irlar dramasidan katta parcha topilgan.
Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyani tantana- li lirik qo‘shiqdan chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini qo‘shdi. Agar Esxil asarlarida oliy kuchlar inson yurish-turishida faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari mustaqil harakat qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari belgi- laydi. Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan emas, balki alohida shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan bog‘langan trilogiyalardan voz kechishga olib keldi. Sofoklda har bir asar alohida badiiy yechim va muammoga ega bo‘ldi.
Dramaturg o‘z ijodi davomida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa ham unda xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqealar sur’ati te- zlashdi. Sofokl tomonidan kiritilgan yana bir yangilik – dramaga uchinchi akterning kiritilishi bo‘ldi. Aristotelning “Poetika” da xabar berishicha, buyuk dramaturg sahna san’ati nazariyasi bo‘yicha ham ko‘p yangiliklar kiritgan: xor tarkibini o‘zgartirgan, musiqiy parcha- lar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha, “Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”.
Uning “Shoh Edip”, “Antigona”, “Edip Kolonda” tragediyala- rining syujeti afsonalarning Fiva turkumidan olingan. “Elektra”, “Filoklet”, “Ayaks” asarlari Troya afsonalari mavzusida yozilgan bo‘lsa, “Traxinalik ayollar” Gerakl haqidagi rivoyatlar asosida yozilgan.
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl turli usullarni qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qa- hramonni yonma-yon qo‘yib tasvirlashning eng mohir namunasini “Antigona” tragediyasida ko‘ramiz. Sofokl ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqealarni ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan san’atkor sifatida ham mashhur.
Sofokl “Shoh Edip” tragediyasida yunon san’atining “kuch va vositasigina emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foy- dalangan. Odatda miflarning bir qancha variantlari bo‘lib, drama- turglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga moslab, ijodiy qayta ish- laganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip haqidagi mif
Homerning “Odisseya”sida ham bor edi. Ammo Sofokl unga juda aniq psixologik ishlov beradi, uni “qismat fojeasi”dan chinakam insoniy dramaga aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish ja- rayoni unga mudhish taqdirni ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z qilmishlariga o‘zi mas’uldir: inson bezavol va beajal tangrilardan shu bilan farqlanadiki, uning hayoti doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni yengib o‘tish uchun intilishda o‘tadi.
Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediya- sida esa taqdir qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan chuqur va murakkab obrazga aylanadi.
Antik davrdagi hech qaysi dramaturgning asari jahon adabiy- otida “Shoh Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar ta’sirida XVIII asr oxiri XIX boshlarida Ovrupa adabiyotida “Taqdir tragediyasi” deb atalgan adabiy oqim paydo bo‘ldi va u Shekspirn- ing “xarakterlar” tragediyasiga qarshi qo‘yildi.
|
| |