ISBN 978-9943-5142-0-1
KIRISH
Hozirgi globallashuv sharoitida, axborot texnologiyalarining tez sur’atda taraqqiy etishi, xususan internet tizimining har bir xonadon- ga kirib borishi bir qator ijobiy jihatlar bilan birga turli ko‘rinishdagi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarni ham keltirib chiqar-moqdaki, yo- shlarda ularga qarshi immunitetni shakllantirish dolzarb muammoga aylandi. Shu bois ta’lim tizimida adabiyot tarixi-ni o‘rganish baro- barida yoshlarninig ma’naviy dunyosini boyitish, yuksak umum- bashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirishni talab etiladi. Shundan kelib chiqib, zamo- naviy talablar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyot-larini yarat- ish, ularni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish davr talabidir.
Oliy ta’lim tizimida, asosan, filologik yo‘nalishlar dasturiga kiri- tilgan “Jahon adabiyoti”, “Jahon va turkiy xalqlar adabiyoti” singari fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yara- tish masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Chunki jahon adabiyoti bilan tanishish o‘z milliy adabiyotimizni munosib baholash imko- nini beradi. Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar o‘quv dasturlari, dars- lik va uslubiy qo‘llanmalarni zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tash- kil etish to‘g‘risida”gi PF–4797-sonli qarori asosida tayyorlangan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’limning ijtimoiylashuvi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning adabiy-estetik dunyoqarashini boyitish, ularda go‘zallik tuyg‘ularini shakllantirish adabiyotning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib
borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan bel- gilanadi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “Bugun biz yashayotgan Internet va yuksak texnologiyalar asrida adabiyot va san‘at, madaniyatimizning o‘rni va ta‘sirini nafaqat saqlab qo- lish, balki qanday qilib uni kuchaytirish mumkin, degan to‘g‘ri va odilona savollar barchamizni, birinchi navbatta, xalqimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lgan ijod ahlini o‘ylantirishi zarur...”1 Shu jihat- dan, o‘z millati adabiyoti bilan bir qatorda Jahon adabiyotining sara namunalarini o‘qib tahlil qila oladigan yetuk adabiyotshunos, tarji- mon va murabbiylar yetishtirish juda muhimdir.
O‘quv qo‘llanma adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va umum- bashariy jihatlarini, jahon adabiyoti tarixini o‘rganishning millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni to‘laqonli tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish, jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashish, jamiyatning ma’naviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini chuqur o‘rganish orqali talabalarning badiiy tafakkurini o‘stirish borasida ko‘rsatmalar be- radi.
Yangi fan dasturi asosida jahon adabiyoti tarixi bo‘yicha oliy o‘quv yurti talabalari uchun yagona o‘quv adabiyotini tanqidiy yon- dashgan holda qayta ishlab chiqish vaqti allaqachon yetdi. Chunki chet el adabiyoti tarixi bo‘yicha shu kungacha foydalanib kelingan adabiyotlar ham qisman bo‘lsa-da zamon talabiga javob bermay qol- di. Ayniqsa, antik davrdan XXI asrgacha bo‘lgan adabiyot tarixidan yagona qo‘llanmaning yo‘qligi talabalarga noqulayliklar tug‘dirib kelmoqda.
Taqdim etilayotgan kitobda ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga, ja- hon adabiyoti tarixiga hozirgi zamon nuqtayi nazaridan baho be- rishga baholi qudrat harakat qilindi. O‘quv adabiyotining asosiy
1 Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир
/ Халқ сўзи. 2017. 4 авг.
maqsadi talabalarga jahon adabiyotida sodir bo‘lgan barcha jara- yonlar haqida to‘liq va batafsil ma’lumot berish emas. Chunki ushbu o‘quv predmeti uchun ajratilgan dars soatlari ham chegaralangan- dir. Maqsadimiz jahon adabiy jarayonining muhim jihatlari, uning asosiy vakillari haqida ma’lumot berish, bo‘lajak filolog, tarjimon va pedagoglarga ushbu adabiyotni o‘rganishlarida ko‘mak berish- dan iborat. Talabalarda xorijiy mamlakatlar adabiy jarayoni haqidagi tasavvurni shakllantirish murakkab va mas’uliyatli vazifa sanaladi. Xorij adabiyotini yaxshi bilish, tahlil qila olish ko‘nikmasi qiyoslash orqali o‘zbek adabiyotini yanada teran his qilishga yordam beradi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu mas’uliyatli vazifani ado etish maqsa- dida yaratildi. Qo‘llanmadagi yozuvchi-shoirlar haqidagi ijodiy- biografik ma’lumotlarga tartib berishda, qo‘yilayotgan muammolar qamrovini kengroq olishda N.Tronskiy, A.Jirmunskiy, O. Gasset,
Y. Borev, V. Lukov, A.Alimuhammedov, O.Qayumov, Q.Azizov,
D. Zatonskiy, X. Boltaboyev, M. Mahmudov, Q. Yo‘ldoshev, M. Xolbekov, D. Quronov singari mualliflarning darslik, qo‘llanma va tadqiqotlari hamda xorijiy manbalarga (3 qismdan iborat “World lit- erature”, Laura Getty, PhD, Kyoughye Kwou, PhD) murojaat qilindi.
Qo‘llanmaning avvalgilardan farqli tomoni G‘arbiy Ovrupa va Amerika adabiyotidan tashqari, talabalarning dunyo adabiyoti bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga yo‘naltirilgan yangi mavzular kiritilganligida ko‘rinadi. Xususan, “Qadimgi Sharq adabi-yo- ti”, “Mif va badiiy ijod”, “Avstraliya, Okeaniya, Afrika, Kanada mamlakatlari adabiyoti”, “Modernizm”, “Postmodernizm”, “Ja- hon adabiyotining zamonaviy muammolari” singari mavzularga oid ma’lumotlarning bayon etilganligi talabalarning mazkur fan bo‘yicha to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi, deb umid qilamiz.
Jahon adabiyoti bo‘yicha umumiy o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilida ilk bor nashr etilayotganligi uchun ayrim kamchiliklarning uchrashi ehtimoldan xoli emas. Mualliflar qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar uchun avvaldan minnatdorchilik bildiradilar.
|