• Hasratchi
  • Dono do‘st
  • Qadimgi Misr adabiyoti
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet8/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Dono do‘st:


    Do‘stim, aytganlaring qayg‘uli holdir, Lekin sen baribir yaxshi niyat qil. Oqil odam bo‘lu tentak bo‘lmagil, Ochiq chehrali bo‘l, g‘amga botmagil. Hammaning ota-onasi ketar bir kuni “Xubur ”daryosidan nari sohilga...


    Hasratchi:


    Do‘stim, qalbing daryo, suvlari doim Mavjlanguvchi dengizga mengzar. Sendan so‘raydigan gaplarim ko‘pdir. Omad yuz o‘girdi, quvvatdan qoldim, G‘amu hasrat ichra hayotdan toldim.


    Dono do‘st:


    Aqling joyida-ku, so‘zlaring chalkash, Chiroyli chehrangni ko‘rga o‘xshatma.
    Ne tilasang, bir kun yetasan, Toat-ibodat qil, shafqat qilurlar, Ketgan yaxshi kunlar qaytib kelurlar.


    Hasratchi:


    Bosh egaman senga, dono so‘zingga, Qornin hashak bilan to‘ldirgan eshak Ilohiy so‘zlarni tinglaganmi hech? Tirik odamni yeb quturgan arslon, Qurbonlik qilganmi ilohasiga ?
    Mol, dunyosi bisyor badavlat odam, Tillo tortib bermagan-ku ilohasiga? Qancha qurbonlik va ibodat qildim, Eshitmas iloham tilaklarimni.


    Dono do‘st:


    Donolar hikmatin tinglagan odam Hurmoga o‘xshaydi, yombi tilloga. Ekinzor dalani toptab, ezganlar, (Dehqon yo ovchining) o‘qiga uchrar,
    Chohga tushar ul qonho‘r arslon.
    Mol, dunyosi oshib ketganni Gulxanda yoqadi zamon podshohi. Sen bularning izidan borma.
    Tangri rizoligin so‘ra, yaxishsi.

    Hasratchi:


    So‘zlaring rohatbaxsh shabboda kabi, Nasihating dardga malhamdir.

    Xullas, shumerlar madaniyati va adabiyoti bashariyat tarixin- ing hozircha fanga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy qismi bo‘lib, uni tadqiq etish hali ko‘pdan ko‘p chalkash muaamolarga oydinlik kiri- tishiga shubha yo‘q.




    Qadimgi Misr adabiyoti


    Piramidalar kitobi” eramizdan 3 ming yil oldingi davrga oid bo‘lib, marhumlarga bag‘ishlangan. Marhum u dunyoda nimalar qilishi kerakligi haqida devorlarga yozuvlar shaklida bitilgan. Demak, kitob- ning mohiyati marhum kulti bilan bog‘liq, ya‘ni o‘limni yengib o‘tish, vaqt ustidan g‘olib kelish, mangulikka erishish to‘grisidadir. Tahlillar bu matnlarning fol‘klor ohanglari bilan uyg‘unligini ko‘rsatmoqda. Uyg‘unlik takrorlarda, parallelizmlarda, alliteratsiyalarda, arxaizm- larda, unli va undosh tovushlarning qaytarilishida ko‘rinadi.


    Sarkafaglar kitobi” (m.o. 15 asr) “Piramidlar kitobi”ning davomi. Mazmuni “Piramidlar kitobi” ning mazmuniga o‘xshaydi. O‘rta Misr tilida yozilgan.
    Marhumlar kitobi” (m.o. 15 asr) didaktik adabiyot bo‘lib, yangi Misr tilida yozilgan. Marhum tilidan “Men o‘ldirmadim, o‘g‘irlamadim, bekorchi gap aytmadim, mol talashmadim” deya aytiladi. Bunda gunohlar kata-kichikligiga qarab emas, shaklning kelishiga qarab sanaladi. Qabr toshlarida marhumning ismi, kimligi, fir’avn oldidagi xizmatlari, ezgu ishlari bitilgan. Masalan, Sheshi nomli kohin (majusiylar ruhoniysi) qabr toshiga quyidagilar yozil- gan: “men haqiqatni gapirdim, men to‘g‘ri ish qildim, men yaxshi- likdan so‘zladim va yaxshilikni takrorladim. Men aka va singilni yarashtirib qo‘yish uchun hukm chiqardim, men ojizni kuchlidan himoya qildim, men ochga non, yalang‘ochga kiyim berdim, qayig‘i
    yo‘qqa qayiq yasab berdim. Men otamni hurmat qildim, onamga yaxshi munosabatda bo‘ldim, ularning bolalarini tarbiyaladim”. Mazkur uchinchi manbada jahon adabiyotida ilk bor “san’at” so‘zi ishlatiladi. Bu matn esa m.o. XXV asrga oid bo‘lib, Isesi nomli ko- hin qabr toshiga yozilgan: “Olimlik bilan maqtanma. Bir o‘zim ham- ma narsani bilaman deb o‘ylama. Maslahatni faqat donishdan emas, hamma joydan qidir. San’at chegara bilmaydi. Axir, rassom o‘z ma- horatining so‘nggi nuqtasiga yetishmog‘i mumkinmi?”. Misrliklar uchun bu kabi yozuvlar nihoyatda muhim sanalgan. Dushmanlariga jazo berish uchun raqiblari haykallaridagi nomlarni o‘chirib, o‘rniga boshqa ismlarni yozib qo‘yish ularga kifoya qilgan. Ikkinchi ming yillikning oxirlariga tegishli “Kotiblarni madh qilish” asari Go- ratsiyning “Exegi monumentum” va A.S. Pushkinning “Haykal” she’rlariga xamirturish bo‘lgan. Mana o‘sha asardan parcha: “Don- ishmand kotiblar// Ilohlarning muovinlari// Kelajakni bashorat qil- ishgan// Ularning nomlari abadiy saqlanib qoladi// Ular o‘z ishla- rini yakunlab ketishdi// Ularning hamma yaqinlari unutildi// Ular o‘zlariga misdan piramidalar yasashmadi// Bronzadan qabr toshlari ham// O‘zlaridan keyin merosxo‘rlar qoldirishmadi// Nomlarini ko‘tarib yuradigan farzandlar ham// Ammo ular o‘z meroslarini bi- tiklarda qoldirishdi// Bitiklar ularning kohinlariga aylandi// Maktub taxtalari esa o‘g‘illarga// Ularning piramidalari hikmatlar kito- bi// Ularning bolalari esa qamishdan yasalgan qalam// Ularning umr yo‘ldoshlari qattiq toshlar//... Kitoblar uylardan kerakliroq// Mag‘ribdagi maqbaradan zo‘rroq// Hashamatli saroydan hasha- matliroq// Ibodatxonadagi yodgorlikdan yaxshiroq” (A. Axmato- va amalga oshirgan ruscha variantidan U.Hamdamov tarjimasi).
    Imxotep – Papirusga yozuv bitgan ulug‘ kotiblardan biri (m.o. XXVIII a.). Imxotep yana birinchi piramida yaratuvchisi hisobla- nadi (fir’avn Joserning zinapoyali piramidasi). U misrliklar tomoni- dan ilohiylashtirilgan arxitektor, astronom, vrach, ehtimol, jahon ad- abiyotining ilk yozuvchisi hamdir (u qoldirgan matnni aniqlab isbot qilish qiyin bo‘lsa ham), deyiladi manbalarda.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.