• Pandora haqidagi mif.
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet16/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Nargiz haqida mif. Nargiz tug‘ilganda taqdirdan fol ochuvchi: “Bu bola o‘zini ko‘rgungacha yashaydi”, deydi. Ushbu bashorat hammaga bema’ni bo‘lib tuyuladi. Bola behad ko‘rkam bo‘lib o‘sadi. Ko‘rganki bor, uni sevib qolardi. Shulardan biri Exo edi. U Nargizning ortidan soyadek ergashadi. Ammo ko‘plar qatori rad ja-
    vobi oladi. Exo alamidan g‘orga kirib ketadi va dard chekib qurib, ovozigina qoladi. Jismi esa toshga aylanadi. Kim u yerga kirib gapirsa, faqat exo – aks-sado qaytadi. Hamma to‘planib, qasos ma’budasi Ne- mezidga “Nargizni jazola!” deydi. Nemezid istakni bajaradi: “Nargiz o‘zini sevib, o‘ziga yetolmay azob cheksin”, deydi. Kunlardan bir kun Nargiz ovdan qaytayotib chanqaydi va suvga boradi. Suvda o‘z ak- sini ko‘rib esa, sevib qoladi. Suvdagi aksga yetolmay, yig‘lab iztirob chekadi. Shunday azoblanadiki, axiyri qovjirab quriydi… Odamlar ancha vaqtdan keyin sohilda bir gulni topib olishadi: Oq Nargiz gulni. Bu afsona keyinchalik adabiyotda turfa ko‘rinishlarda yashaydi.
    Chunonchi, Rim shoiri Ovidiy “Metamorfoza” asarida Nargiz gulni qanday paydo bo‘lishi haqida batafsil yozadi.
    Pandora haqidagi mif. Zamonaviy dunyoda urushlarn- ing ko‘payib ketganini Pandora qutisining ochilib ketishi bi- lan bog‘lashlar ham bor. U qanday quti edi? Pandora kim? Pan- dora – Prometey ma’budlardan olovni o‘g‘irlagani uchun in- sonlarni, xususan, erkaklarni jazolash maqsadida yaratilgan ilk ayol. Demak, mifga ko‘ra, Pandoragacha ayol zoti bo‘lmagan. Pandora Prometeyning ukasiga xotin bo‘ladi. Prometey ukasi Epim- eteyning uyida hamma narsa muhayyo bo‘lib, burchakda bir quti ham bo‘ladi. Pandoraga shu birgina qutiga tegma, qolgan hamma narsa seniki, deya buyuriladi. (E’tibor bering, ushbu mif Odam Ato va Momo Havoning yerga tushish sababini yodga soladi!) Ammo ayolni o‘sha quti o‘ziga tortaveradi. Yursa-tursa, o‘sha qutini o‘ylaydi. Qiziqish o‘zining haddi a’losiga yetadi. Nihoyat, u o‘sha qutini ochib yuboradi. Natijada qutiga qamab qo‘yilgan yovuz ruh- lar tashqariga otilib chiqadi. Pandora shoshib qutini yopadi, qutining tubida zaifgina umid qolib ketadi. Shundan beri dunyoda urushlar, musibatlar, kulfatlar arimas ekan. Lekin umid bor, u qutining ichi- da turibdi. Mifning mohiyatiga chuqurroq kirsak, har bir insonning botinida ana shunday Pandora qutisi borligi, uning ochilib ketmaslik tadorigini ko‘rib yashash esa har bir kishining o‘z qo‘lida ekanligi ayonlashadi.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.