|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 13/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulErtak bilan mifning farqi. Ertak muallifi o‘quvchini qiziqtirish uchun har xil poetik usullardan foydalanib ish ko‘radi – ertak to‘qiydi, lekin o‘zi voqealarga ishonmaydi. Uning maqsadi o‘quvchini jalb qilish, unga badiiy-estetik zavq ulashish. Mif yaratuvchisi esa o‘z rivoyatlariga ishonadi. Mifda ishonch – eng muhim atribut. Mif vo-
10 Лосев А. Философия. Мифология. Культура. – Москва: Политиче- ская литература, 1991.
qealariga ishonch bo‘lmasa, mif tabiatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi. Mifning vazifasi u yoki bu voqea mohiyatini tushuntirishdir. Mif qadimda insonni o‘rab turgan olamni tushuntirishning asosiy yo‘li bo‘lgan. Nafaqat qadimda, balki hozir ham badiiy adabiyot mifga murojaat qilib turadi. Atrof-javonibda sodir bo‘layotgan voqealar mohiyatini mif vositasidagina tushuntirib berishga ehtiyoj sezadi. Umuman, miflar mag‘zini chaqmasdan turib, badiiy adabiyot mohi- yatini to‘liq tushunish va tushuntirish mumkin emas.
Uyg‘onish davriga qadar Ovrupa antik va nasroniy miflarini bilar edi. Uyg‘onish davrida buyuk geograflar dunyo kezdilar. Amerika, Afrika, Okeaniya kabi mamlakatlar topildi va ularning ham o‘z mi- flari borligi ayon bo‘ldi. Etnograf va folklorchilar ularni yozib ol- ishdi. Yunon miflari poetik olamning birinchi yuksak obrazi bo‘lsa, bular bolalarcha sodda miflar edi. Ularda dunyo, yulduzlar, inson, hayvon va o‘simliklarning yaralishi haqida so‘z boradi.
Shumer miflari. Olimlar shumerlardan qolgan merosni uchga bo‘lishadi: miflar, dostonlar va madh-maqtovlar. Shumerlar “Oy ma’budining tug‘ilishi”, “Cho‘kichning yaratilishi”, “Enki va du- nyoning tartibi”, “Enki va Ninxursag yoki jannat haqida shumer afsonasi”, “Enki va Ninmax yoki odamning yaratilishi”, “Enki va Eredu”, “Inanna va Enki”, “Dumuzi va Inannaning nikohi”, “Bil- gamish va Endiku”, “Endiku Bilgamishning xizmatkori va do‘sti”, “Boqiy hayot qidirgan Bilgamish” kabi qator mif-afsonalar yarat- ishgan. “Bilgamish” dostoni markazida turgan qahramon garchi hayotiy asosga ega bo‘lsa-da, dostonning ko‘plab syujet chiziqlari, unda ishtirok etayotgan ilohlar, qahramonlar turli afsonalar mahsuli hisoblanadi.
Misr miflari. “Yerning paydo bo‘lishi”. Ko‘plab xalqlar miflari- da azalda hamma joyda suv bor bo‘lgan deyiladi. Ularga ko‘ra maz- kur dunyoviy ummondan yer paydo bo‘lgan. Misrga oid mif talqini- cha, Nun (xaos) quyosh ma’budi Rani paydo qildi (Bu hozirgi ilmiy qarashlarga ham to‘g‘ri keladi). Ra havo (Shu ma’budi) va namlik (Tefnut) ni yaratdi. Havo va namlik yer (Gora ma’budi) va osmon
(Nut ma’budasi) ni yaratdi. Demak, misrliklarning “Yerning paydo bo‘lishi” mifi bo‘yicha yer ana shu tarzda paydo bo‘lgan ekan.
|
| |