Osiris haqida afsona. Bu misrliklarning bosh afsonasi bo‘lib, unda o‘lgan va qayta tirilgan iloh haqida so‘z boradi. Osiris Misr podshohi. U odamlarga ko‘p foydali, ezgu ishlarni o‘rgatadi: ekish, non pishirish, musallas tayyorlash, asal olish, davolash, ibodatgoh- lar qurish, din, mis va oltin olish, odamxo‘rlikdan tiyinish... Ammo Osirisning g‘alabasi sha’niga berilayotgan ziyofatda akasi Set (cho‘l va yot mamlakatlar ramzi) bir sarkafag olib kelib, kimga sig‘sa, o‘shanga sovg‘a qilishini aytadi. Sarkafag Osirisga to‘g‘ri keladi. Chunki undan yashirincha (uxlab yotganda) andoza olingan bo‘ladi. Osiris uni kiyishi bilan Set sarkafagni yopib, Nil daryosiga tashlay- di. Osiris o‘ladi. Set uning tanasini 14 ga bo‘lib, butun Misr bo‘ylab sochib yuboradi. Shunda Osirisning singlisi va xotini parchalarni to‘plab, ulardan iloh Gorni yaratishadi. Gor ulg‘ayib, otasini kim o‘ldirganini biladi va Setga qarshi kurashib, uni yengadi. Ammo o‘zi ham ko‘zidan ayriladi. Ko‘zini qayta qozonib (quyosh ramzi), uni Osirisga beradi. Osiris uni yutib, tiriladi (tabiatning qayta jonlani- shi). Osiris haqidagi afsona tufayli har yili bahorning kelishi qutla- nadigan bo‘ladi. M.o. 1970-yilga tegishli papirus bitigida jahon ad- abiyotida birinchi marta dramatik asar epizodiga duch kelinadi. Bu epizodda qahramonlarning replikalari remarklar yordamida beriladi. Personaj monologi ham mavjud. Unda Osiris va Setning qurolsiz jangi yoritiladi.
Qadimgi Misr adabiyotida sayohat, masal kabi janrlarning ilk kurtaklarini ko‘rish mumkin. Yana Injil va Platonning asarlarida (di- alog) Misr adabiyoti ta’siri yaqqol seziladi. Misr adabiyoti matnlari- dan birida uchraydigan “Yaxlit bir narsa mo‘jizasini yuzaga chiqar- ish uchun pastda joylashgan tepadagiga uyg‘un, pastdagi esa tepada- giga muvofiq” degan qarash analogiyaning ulug‘ qonuni hisoblanib, bu qarash yyyevropaliklar dunyoqarashini yangi zamonlarga qadar belgilab kelgan.
Avesto hozirgi tilda “asosiy kitob” ma’nosini bildiradi. M.o. IX va VI asrlarda paydo bo‘lgan, Sharq xalqlarining diniy, ma’naviy, falsafiy, adabiy mushtarak yodgorligidir. G‘arb olimlari uni Eronda paydo bo‘lgan deyishadi. Lekin keyingi vaqtlardagi ilmiy izlanishlar Avestoning avval Xorazm (Markaziy Osiyo) da paydo bo‘lib, so‘ng Eron va Hindistonga tarqalgan, deya taxmin qilishga asos beradi. Uning asoschisi Zardusht, ergashuvchilar esa zardushtiylar sanaladi. Zardushtiylar Axuramazdaga sig‘inish bilan birga quyosh, olovga, suv, zamin va taqdirga topinishgan. Hozirgi kunda zardushtiylikning dunyo bo‘ylab 129 000 dan ziyod vakillari bor. “Avesto” matni 21 ta kitobdan iborat bo‘lgan. Unda dunyoni boshqaruvchi ikki kuch – Axuramazda va Axriman haqida batafsil so‘z yuritiladi. Axuramazda ezgulik, Axriman esa yovuzlik homiysi. Ular o‘rtasida mangu jang boradi. Axuramazdaning 6 tajalliysi bor: 1. Vohu Mana (ezgu niyat),
2. Asha Vaxishta (eng yaxshi haqiqat), 3. Spenta Armayti (muqaddas halollik), 4. Xshatra Varya (tilakli hokimiyat), 5. Xarvatat (butunlik),
6. Umuratat (uzoq umr, abadiy hayot). Ushbu olti ideal insonlarni ma’naviy kamolotga erishishi uchun eng oliy qadriyat hisoblangan. “Avesto” matnida dastlab ohang uyg‘unligi saqlangan. Key- inchalik matnning 5 dan 3 qismi yo‘qolgan (Aleksandr Makedons- kiy O‘rta Osiyoga bostirib kelganda “Avesto” ni yo‘q qilishga hara- kat qilgan va bunga qisman erishgan. VII asrdan boshlangan arablar bosqini davrida yana shu hol yuz bergan. Umuman, bir xalq boshqa xalqlar ustiga bostirib borib, ularni yengib, ustidan hukmronlik qilar ekan, odatda, mahalliy xalq tarixini, tarixni bilguvchilarni, ziyoli- larni, o‘qimishlilarni yo‘qotishga urinadi. Yaqindagina parchalanib ketgan sho‘rolar hukumati ham xuddi shunday siyosat yurgizgan edi). Natijada ritmik strukturaga putur yetgan. Shunga qaramay, o‘rta asrlarda gotik romanlar va M. Bulgakovning “Master va Mar-
garita” romanlarida shu konsepsiyaga ergashilganligi kuzatiladi.
|