• Ramayana”
  • Panchatantra” hamda “Kalila va Dimna”.
  • Kalila va Dimna”
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet10/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Qadimgi hind adabiyoti7


    Mahabhorat” eposining nomi ulug‘ jang, degan ma’noni bildi- radi. Doston m.o. X-IV asrlarda vujudga kelgan bo‘lib, milodiy taxminan IV asrlarda yozib olingan. “Mahabhorat” va “Ramayana” qadimgi hind adabiyotining cho‘qqisi hisoblanadi. “Mahabhorat” 200 ming misradan iborat bo‘lib, hajman “Iliada” va “Odisseya”dan 8-marta ko‘pdir. Asarning asosiy syujeti shundayki, aka Panduning besh o‘g‘li uka Dxishtrotrning yuz o‘g‘li o‘rtasida taxt talashish nati- jasida nizo kelib chiqadi. Taxt qonunan besh o‘g‘ilning to‘ng‘ichi Yudxishtrga tegishli bo‘lsa-da, hiyla-nayrang bilan Dxishtrotrning o‘g‘li Duryodxon uni egallab oladi. O‘rtada muhoraba (jang) bosh- lanadi. U 18 kun davom etadi va besh o‘g‘ilning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Yudxishtr mamlakatni uzoq vaqt adolat bilan boshqa- rib, asar so‘ngida ukalari va umumiy xotinlari bo‘lmish Draupadi bilan birga ilohlar olamiga kirish uchun muqaddas tog‘ cho‘qqisiga ko‘tariladi.



    Ramayana” eposi til xususiyatlariga ko‘ra “Mahabhorat” yozil- gan davrdan keyinroq vujudga kelgan. Lekin asar voqelari Ram, Krishnaning qahramonliklari va uni ma’bud deb tan olinishi ancha qadimroq vaqtlarda yuz bergan, shoir Valmiki “Ramayana” dosto- nining asosiy muallifi deb taxmin qilinadi manbalarda. Ammo dos- tonning to‘liq shakllanishida boshqa shoirlar ham hissa qo‘shgan. Doston syujeti markazida Ram, uning xotini Sita, devlar va jinlar mamlakati hukmdori o‘n boshli dev Ravana (ehtimol, o‘n buyuk lashkarboshilari borligi uchun shunday deyilgandir) turadi. Ram 14 yilga taxtdan uzoqlashtiriladi, ukasi Lakshman va xotini Sita bilan sargardon hayot kechirai. Keyin kimsan Ayyodxya davlati shohin-
    7 Eng qadimgi adabiyoti “Veda”lardir. Diniy va marosimiy matnlardan iborat “Veda”lar m.o. XVIII–XIII asrlarda Hindistonga kirib kelgan oriy qabilalar madaniyati bilan sintezlashuv negizida paydo bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga yod oldirish yo‘li bilan o‘rgatilgan. Veda–bilim degani. Undan xudolar madhi, qahramonlik afsonalari, pandnomalar, falsafiy sharhlar o‘rin olgan.
    ing o‘g‘li Ramning sevikli xotini Sitani devlar hukmdori Ravana o‘g‘irlab olib kelib, unga uylanmoqchi bo‘ladi. Sita turli bahonalar bilan to‘yni kechiktiradi. Bu vaqt oralig‘ida Ram va ukasi Lakshman, jangchilari, shamol ma’budi hamda donishmand maymun Xonuman yordamida devlar makoniga yetib keladi. Jangda Ramning qo‘li ban- land keladi. Doston syujeti shulardangina iborat emas. Unda oilaviy mojarolar tufayli davlatning zaiflashuvi masalasi, adolatli podshoh va kuchli davlat munosabatlari oilaviy ziddiyatlar bilan birgalikda ta’sirli aks ettirilgan. “Ramayana” va “Mahabhorat” dostonlarini buyuk hind adibi Robindranat Tahur Homerning “Iliada” va “Odis- seya” dostonlariga qiyoslaydi. Qadimgi hind eposlari jahondagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Ramayana” dostonini yozuvchi va tarjimon Muhammad Ali o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
    Panchatantra” hamda “Kalila va Dimna”. Qadimgi hind ad- abiy-estetik tafakkurining nodir durdonalaridan biri “Panchatantra” (Besh kitob) asari milodning III-IV asrlarida vujudga kelgan. Janu- biy hind o‘lkasida Amora-shakti (o‘lmas qudrat egasi) nomli dono podshoh bo‘lib, uning bir biridan axmoq uchta o‘g‘li bo‘ladi. 12 yil mobaynida o‘z ona tili grammatikasini o‘qib ham uqishmabdi. Ota donishmand vazirlarini to‘plab, maslahat solibdi. Vazirlar uch o‘g‘il tarbiyasini donishmand Vishnu-sharmanga topshirishni maslahat beribdi. Vishnu 6 oy muhlat so‘rab, shahzodalarga “Panchatantra” hikoyalarini aytib beribdi. Boshqa bir manbada esa “Panchatantra”
    m.a. IV asrda noma’lum muallif tomonidan yozilganligi aytiladi. Unga ko‘ra, “Iskandar va Pur jangidan so‘ng hindlar makedoniya- lik istilochilarni qirib tashlab, o‘zlarining shahzodasi Dobshalimni podshoh qilib ko‘taradilar. Ammo u kibru havo va dabdabaga ber- ilib, xalqqa jabr-zulm qila boshlaydi. Shunda vazirlar yashirin tarzda yig‘ilib, donishmand brahman Boydaboni chaqirib, undan podshoh- ni adolat va insofga, yaxshilikka da’vat qiluvchi bir hikmat yozib berishlikni iltimos qiladilar. Shunda Fil bilan To‘rg‘ay hikoyasi yu- zaga keladi. Fil daryo bo‘yiga suv ichgani kelganida o‘zi bilmagan holda to‘rg‘ay uyasidagi jajji tuxumlarni sindirib yuboradi. To‘rg‘ay
    filga o‘z dardini aytsa, fil takabburlik bilan qo‘pollik qiladi. To‘rg‘ay o‘rmondagi do‘sti qarg‘ani ishga solib, filning ko‘zini cho‘qitib ko‘r qiladi. So‘ng qurbaqalarga aytib, ko‘rmayotgan filni jarlikka qulatib yuboradi. Hikoyadan maqsad zolim har qancha qudratli bo‘lmasin, jazosiz qolmasligini eslatishdir. Donishmand Boydabo zolim Dob- shalim bilan uchrashib, unga yaxshi so‘zlarni aytib, dilini eritadi. Shoh uning nasihatlarini tinglashga rozilik bildiradi. Donishmand hikmatlarida aytilishicha, inson boshqa jonivorlardan to‘rt xislati bi- lan farqlanadi: u turli ilmlarni bilishi (1), go‘zal xulqli va shirinsux- an bo‘lishi (2), vazminlik bilan oqilona ish tutishi (3) va adolatli (4) bo‘lishi kerak. Asar davomida shu kabi bir qator hikmatlar keltirila- di. Hind donishmandlari ming yillar davomida bu hikmatlarni aytib jahon xalqlariga yetkazganlar. Qadimgi Hindistonda adabiy-estetik tafakkur mifologik inonch-e’tiqodlarni va umuminsoniy ideallarni ilgari surgan”8. “Panchatantra” atoqli tarjimon Ibrohim G‘afurov to- monidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
    Kalila va Dimna” eposi “Panchatantra”, “Xitopadeshe” va shu kabi boshqa asarlar bilan ildizi bir ekanligi aytiladi9. Chunon- chi, masalan, “Kalila va Dimna” va “Panchatantra”ni chog‘ishtirib o‘qib ko‘rishning o‘ziyoq bu fikrni isbot qiladi. “Kalila va Dimna” VI asrda Eron shohi Anushiravon davrida Hindistondan Eronga keltirilib, forsiyga o‘giriladi. Tarjima asnosida Sharq an’anasiga ko‘ra tahrirlar, qo‘shishlar, qisqartirishlar amalga oshiriladi. Nati- jada “Panchatantra”dan bir muncha farqli bo‘lgan “Kalila va Dim- na” asari dunyoga keladi. Asar keyinchalik ko‘plab, jumladan, arab, rus, tojik, ozarbayjon va o‘zbek tillariga ham o‘girilgan. O‘zbek tiliga eng so‘ng olima Suyuma G‘aniyeva tomonidan amalga os- hirilgan. Asar pand-nasihatga yo‘g‘rilgan ertak, masal, rivoyat va hikoyatlardan iborat bo‘lib, hayvonlar, qushlar vositasida odamlarn- ing qilmishlari va qilmishlarning oqibatlaridan hikoya qiladi. Eng



    8 Qarang: Болтабоев Ҳ., Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи.

    • Тошкент: Мумтоз сўз, 2013.

    9 Калила ва Димна. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 2012. – Б. 254.
    muhimi, unda shunday majoziy yo‘l tanlanganki, natijada epos bar- cha zamonlar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.



    Download 0,5 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.