• Bobil adabiyoti
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet7/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Akkad adabiyoti. Akkad – Mesopotamiyadagi Frot daryosi bo‘yida joylashgan shahar. Sargonakkad II podshohligi davrida poy- taxt bo‘lgan. Akkad atamasi shu nomdan olingan. M.a. III mingyil- likda semit tillariga mansub aholi Mesopotamiyaga ko‘chib o‘tgan, ular dastlab mamlakat janubida joylashgan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tib kengaygan va butun mamlakat Akkad nomini olgan. Akkad so‘zi shahar, mamlakat va qavm ma’nolarini bildiradi. Mesopotamiyada
    Akkad davri deb yuritilgan vaqt m.a. 2350–2150-yillar orasiga teng
    keladi, deyiladi manbalarda.
    Qadimgi Bobil va Ossuriya adabiyotiga nisbatan Akkad adabiy- oti nomi qo‘llanilgan. Bu adabiyotning ildizlari shumerlar adabiy- otidan suv ichadi. Akkad adabiyoti m.a. III mingyillikda o‘zining ilk yozuvlariga ega bo‘lgan. Vaqtlar o‘tib shumer tili va adabiyoti o‘z o‘rnini aynan akkad tili va adabiyotiga bo‘shatib bergan. Hozir- gi kunimizgacha yetib kelgan matnlarning bir qismi mualliflari saqlanmagan. “Bilgamish” dostoni akkadlarda ham bo‘lgan. Bu variantning badiiy jihatdan ancha baland saviyada ekanligi qayd etiladi. “Enuma elish” dostoni dunyoning yaratilishi, iloh Erra haqidagi doston esa vaboga qarshi kurash haqidadir. Ammo Ak- kad miflaridan joy olgan ilohlar timsollari shumer mifologiyasidagi ilohlar proobrazlari vositasida yaratilganligi ularning asl manbasi (shumerlar) haqida yyyetarlicha ma’lumot beradi. Xususan, quyosh ma’budi Shamash shumerlardagi Utgudan, Ishtar esa Inannadan ta’sirlanib yaratilgan.
    Bobil adabiyoti namunalari sifatida “Inanna yer ostida”, “Bobil teoditsiyasi” kabi dostonlarni sanash mumkin. “Bobil teoditsiyasi” falsafiy doston bo‘lib, u shartli nomlangan. Qadimshunoslar dos- tonni miloddan avvalgi 1400 va 800-yillar orasida yozilgan, deb taxmin qilishadi. Asarda hayotda ko‘p qiynalgan oddiy bir hasratchi odam bilan donishmand o‘rtasidagi savol-javob bayon etiladi. Tus- huncha hosil qilish uchun quyidagi qisqa parchaga nazar tashlash kifoya:

    Hasratchi:


    Ey dono, quloq sol, aytib beray Ko‘nglimdagi qayg‘u-alamni.
    (Men quling) ey dono, seni sharaflay, Dunyoda sen kabi dono
    qaydadir?
    Senga teng keluvchi olim qaydadir? Maslahatchi qani?Dardimni aytsam. Kamina oilada kenjasi edim, Otamdan ayrildim taqdir hukmi-la. Borsa-kelmas tomon onam ham ketdi. Himoyasiz qoldim yetimlik ila.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.