• Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida m a’lumot
  • Bir va ikki muallifli hujjatlarga bibliografik tasvir berish




    Download 71,89 Kb.
    bet1/5
    Sana06.08.2024
    Hajmi71,89 Kb.
    #269159
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Bir va ikki muallifli hujjatlarga bibliografik tasvir berish Mustaqil ish



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI


    Bir va ikki muallifli hujjatlarga bibliografik tasvir berish

    Guruh: 061-21


    Bajardi : Baxtiyorova Mohira
    Mavzu: Bir va ikki muallifli hujjatlarga bibliografik tasvir berish.
    Bibliografiya” so’zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo4llanilgan. So’zma-so’z tarjima qilinganda biblion — „kitob”, grapho „yozaman” degan m a’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko’chirib yozish ma’nosida qo4llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. 0 ‘sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar 0 ‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda ipakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
    Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog‘liq boklib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadim gi Shum erda paydo bo4gan. Shum er xonligidagi kutubxona xodimlari loy-tablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o ‘ziga kerakli tablichkani
    Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida m a’lumot
    topishning o ‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. (Jlar har bir qutini yoki savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nom lar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydalanuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bolib kutubxona katalogi ko‘rinishida o ‘z kutubxonasida maxsus tablichka-ko'rsatkichlarni qollash bilan katalog shaklidagi bibliografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob saqlash muassasalariga bo‘ysungan. 0 ‘sha vaqtda Jenevada mavjud bo‘lgan kutubxona katalogi haqidagi m a’lumotlar bizgacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurbanipalga qarashli bo‘lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha o ‘n ming dona loy-tablichkalaridan iborat kutubxona bo‘lib, adabiyotlar, asosan, o‘sha davrga xos grammatika, she’riyat, tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan yaratilgan.
    Qadimgi Misrdagi Edfu shahrida „Papirus uyi“ nomli kutubxona bo‘lgan. Uning binosi hozirgacha saqlanib qolgan va qo‘lyozmalarning birortasi ham yo‘qolmagan. Bizgacha yetib kelgan katalog yordam ida kutubxona fondi haqida to ‘la ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat: har ikkala qismda turli masalaga oid adabiyotlar ro‘yxati berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2 - qism 22 ta qutidagi adabiyotlar mazmuni haqida m a’lumot beradi.
    Miloddan awalgi III asrda Ellinistik Misrda Aleksandriya kutubxonasi turli tildagi milliondan ortiq hujjatlar tokplangan zamonasining gullab-yashnagan kutubxonasi edi. Uning kutubxonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko‘ra tarixiy-adabiy va bibliografik ish deb tan olingan va mashhur bolgan, ammo bizgacha saqlanmagan „Bilimning hamma sohasida sharaf topganlarning jadvali“ni tuzgan edi. U haqda materiallar yetib kelgan. Unga ko‘ra, bu bir tomondan Aleksandriya kutubxonasining 8 dan 1 qismini aks ettirgan, ikkinchidan, Kallimaxga ma’lum bo‘lgan o'sha vaqtdagi birinchi manbasining qayerda saqlanishidan qat’i nazar grek adabiy asarlari va mualliflar
    haqidagi biografik m a’lumotlarni bergan. Kallimax jadvali o‘zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo'nalishini aks ettirgan: l.Tarixan birinchi va bibliografik axborotning aniq kutubxona fondi bilan bog‘liq katalogi. 2. Tasvirlangan hujjatlarning aniq saqlanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan hujjatlar haqida (bu yo‘nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma’noga ega emas edi).

    Download 71,89 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 71,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir va ikki muallifli hujjatlarga bibliografik tasvir berish

    Download 71,89 Kb.