|
QADIMGI SHARQ ADABIYOTI
REJA:
Shumerlar – sivilizatsiya beshigi
|
bet | 3/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul
REJA:
Shumerlar – sivilizatsiya beshigi.
Mixxatlardagi tarix.
“Bilgamish” dostoni.
Akkadlar: Bobil va Ossuriya adabiyoti.
Qadimgi Misr adabiyoti.
Avesto – Markaziy Osiyo va Eronning mushtarak yod- gorligi.
Qadimgi hind eposlari.
Xitoy ierogliflaridagi adabiyot. Konfutsiy va Dao qonun- lari.
Tayanch so‘z va iboralar: shumerlar, akkadlar, Bobil, Ossuriya, Bilgamish, Avesto, Mahabhorat, Ramayana, Panchatantra, Kalila va Dimna, piramidalar kitobi, sarkafaglar kitobi, marhumlar kitobi, Konfutsiy va Dao qonunlari.
Shumerlar. Yaqin-yaqin vaqtlargacha bashariyatning madaniyat o‘chog‘i G‘arb, qadim Yunoniston, qadim Rim deb kelindi, shunday bilindi, shunday talqin etildi. Ming yillar mobaynida shu qarashga suyanilib, madaniy, ma’naviy, ilmiy ishlar yurgizildi. Ijtimoiy fan- lar bo‘yicha tadqiqotlarning indallosi mazkur qarash bo‘ldi. Albatta, buning o‘ziga yarasha asosli sabablari bor bo‘lib, ilmning qo‘li yetib borgan joy – Zevs rahnomaligida ilohlar makon tutgan Olimp tog‘ini o‘z bag‘riga olganYunoniston edi. Ammo keyingi, qariyb, bir asr davomida yangi arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan topilma- lar natijasida ilgari surilayotgan ilmiy fikrlar yuqoridagi qarashning umri bitganligini, ilk madaniyat o‘chog‘i antik madaniyat emas, balki Sharq ekanligini ko‘rsatmoqda. U ham bo‘lsa, shumerlar dun- yosi, shumerlar madaniyati, shumerlar adabiyotidir. Ushbu xulosaga
ham olimlar birdaniga kelgani yo‘q, albatta. Yangilikni birdaniga tan olmagan, tan olishni istamagan olimlar talay bo‘ldi, ular haligacha bor. Bu orada dogma qarashlarga tahrir kiritadigan olamshumul aha- miyatga molik topilmalar, ilmiy izlanishlar ko‘payaverdi. Natijada amerikalik olim Samuel Kramerning “Tarix Shumerda boshlanadi”2 degan tadqiqot kitobi dunyo ilmiy jamoatchiligi e’tiborini shumer- larga qaratdi. Axir, bir necha ming yillar mobaynida insoniyat tar- ixda bunday xalq yashab o‘tganini bilmas edi-da. Faqat XIX asrga kelib, Bobil (Vavilyon) mixxatlarining siri ochilgandagina olimlar shumerlar haqida ilk kez xabar topishdi.
Shunday qilib, shumerlar madaniyatidan so‘z ochguvchi mix- xatlar bashar ahlining madaniyat beshigi Yunoniston emas, balki shumerlar ekanini isbot qildi. Toir Eftining Rossiyada amalga oshirgan, O‘zbekistonda chop etilgan “Shumerlar va etruslar – in- soniyat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar”3 deb nomlangan tad-qiqoti so‘nggi yillarda yaratilgan va ayni shu masalaga ko‘p ji- hatdan oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlardan yana biri hisoblanadi. Kitobcha shumer mixxatlarini o‘qigan va shumer tili- ning turkiy til bilan genetik qarindoshligini aniqlagan Genri Roulin- son, Yuliusa Opperto, Arno Peblya va Samuel Nao Kramer xotirasiga bag‘ishlanadiki, shuning o‘zidayoq bu kitobning yo‘nalishi, ahami- yati yaqqol ko‘zga tashlanadi. 2012-yilda Toshkentda o‘zbek olimi Zoyir Ziyotovning “Shumerlar va Turon qavmlari”4 degan kitobi nashr etildi. Kitob bejiz bunday nomlanmagan. Unda bashariyatga tamaddun eshiklarini ilk ochgan shumerlar bilan Turon qavmlari o‘rtasidagi aloqaga ishora qilinmoqda. Albatta, shumerlarning kelib chiqishi haqida bir-birini inkor va tasdiq etadigan ko‘plab qarashlar borligini yodda tutmoq kerak5.
2 История начинается в Шумере. – Москва: Наука, 1991.
3 Шумерцы и этруски – древние тюрки у истоков человеческой цивилизации. – Тошкент: Нисо полиграф, 2013.
4 Шумерлар ва Турон қавмлари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2012.
5 Qarang: Эргашев Ш. Қадимги цивилизациялар. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016.
Shumer tamadduni hozirgi Iroq territoriyasida joylashgan ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Bu daryolarning nomi Dajla (Tigr) va Frot (Yefrat) dir. Lekin olimlarni “shunday katta tamaddunni barpo etgan xalk, shaharlar qayerga g‘oyib bo‘ldi?” degan savol o‘ylatib keladi. Chindanam, ular qayerga ketishgan? Undan ham qizig‘i, shumerlar qayerdan kelishgan? Ular kim o‘zi?.. Yuqorida nomlari zikr etilgan tadqiqotlar bashar ahlining tarix haqidagi qa- rashlariga jiddiy tahrirlar kiritadi, uni o‘ylashga, fikr yuritishga chorlaydi. Ulardan kelib chiqadigan xulosalardan asosiysi shuki, dunyo tamaddun o‘choqlaridan biri, balki eng qadimiysi bo‘lmish shumerlar madaniyati hamda shumerlarning qadim ajdodlari turkiy qavmlardir. Ayniqsa, Toir Eftining “Shumerlar va etruslar – insoni- yat tamadduni ibtidosidagi qadimiy turkiylar” nomli tadqiqotida bugun Markaziy Osiyoda yashayotgan o‘zbeklar, qozoqlar, turk- manlar, qirg‘izlar, Kavkazdagi ozarbayjonlar, Turkiyadagi turklar va boshqa turkiy qavmlar bilan shumerlarning ildizi bir ekanligi to‘g‘risidagi fikr har tomonlama himoya qilinadi. Buning qay da- rajada haqiqat ekanligini hali yangidan yangi ilmiy tekshirishlar aytib beradi, lekin nima bo‘lganda ham shumerlar madaniyatining borligi va u hozirgacha topilgan madaniyatlar ichida eng qadimiysi ekanligining o‘ziyoq uning barcha madaniyatlarning sarchashmasi mavqeyiga olib chiqadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasida- sida shunday satrlar bor:
|
| |