|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 6/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul
“Bilgamish” dostonining 11-bitigi 11 ta taxtachani egallaydi va u juda yaxshi saqlanib qolgan. Xo‘sh, taxtachada nima bitilgan? Ilk bor angliyalik tadqiqotchi Smit tomonidan o‘qilgan taxtachada
shunday yozuvlar bor edi: “Nizir tog‘iga kelib kema to‘xtadi. Shun- da men kaptarni uchirib yubordim. Kaptar uchib ketdi va qo‘nishga joy topolmay kemaga qaytib keldi”. Bu jumlalar nasroniylarning muqaddas kitobi – “Injil”dagi Nuh to‘foni voqeasini yodga so- lardi. Bu o‘xshashlikdan avvalo olim, keyin voqeadan xabar top- gan dunyo afkor ommasi hayratga tushdi. Navbatdagi tadqiqotlar esa muqaddas kitoblarda zikr etilgan ayrim rivoyatlarning ildizlari aynan shumerlar sivilizatsiyasidan qolgan taxtachalardagi yozuvlar mazmuni bilan uyg‘un ekanligini ko‘rsatdi. Bu uyg‘unlik esa jahon aro olamshumul voqea bo‘lib tarqaldi.
Xullas, “Bilgamish” dostoni 11-bitigining qisqacha mazmuni quyidagicha edi:
Bilgamish hayot suvini qidirib, dunyoning hech kim yashamay- digan chekka bir joyiga borib qoladi va u yerda donishmand Pir Napishtimga duch keladi. Bilgamish undan: “Menga o‘xshaysan- u, nega bu yerlarda hamma narsadan voz kechib yuribsan?” deya so‘raydi. Shunda donishmand Pir Napishtim Bilgamishga javob ay- tadi: “Men senga barcha sirni ochaman, Bilgamish, ma’budlarning hukmini ham yashirib o‘tirmayman. Sen Frot yoqasidagi Suripak (Shuruppak) shahrini bilarsan… U yerda ma’budlarning miyasiga dunyoni suvga bostirish kelib qoldi. Buyuk ma’budlar kengash qurdilar, kengashda ularning bobokalonlari ma’bud Anu, ularn- ing maslahatchisi, qattiqqo‘l ma’bud Bel (dunyoni suvga bostirish fikri shuning miyasidan chiqqan), ularning qirg‘in keltiruvchi ar- vohi ma’bud Ninib, ularning sarkardasi ma’bud Nergal, jahonning hukmdori bor edi. Ma’bud Ea, bundan chiqib, ma’budlarning huk- mlarini, kambag‘allarga ham, boylarga ham barobar yetkazar edi: “Kulba! Qamish kulba! Qasr, g‘ishtin qasr! Tingla, kulba! Qasr, tin- gla! Suripaklik Ubartutuning o‘g‘li! Uyni yiqit-da, kema yasa, mol- mulkingni tashla, joningni saqla! Boyligingdan voz kech, hayotingni qutqar. Kemaga turli navdan, hayot urug‘laridan ortib ol o‘zing bi- lan. Kema eniga ham, bo‘yiga ham, pastga ham cho‘zilib ketaversin. Dengizdan bemalol suzib ketaversin”. (A. Fayzullo tarjimasi).
Kemani qurgan inson Pir Napishtimning o‘zi edi. Bitikda to‘fonning batafsil tasviri beriladi. Olti kun jala quyadi, deyiladi. Yettinchi kun to‘xtaydi. (Bu tasvirlar Nuh to‘foni, dunyoning yaratil- ishi muddati haqidagi “Injil”dagi rivoyatlarni esga soladi. Qur’onda ham bu haqda alohida oyatlar keltiriladi). Ma’bud Ea Pir Napishtim- ga deydi: “Kechqurun bo‘rilar hukmdori dahshatli jala yuborganida kemaga kirib ol-da, eshikni mahkam yop”... To‘fonning birinchi kuni... (ikki-uch qatorni o‘qib bo‘lmaydi)... Bamisoli odamlar bilan qirg‘inbarot jang o‘yini o‘ynayotgandek... Aka ukaga qaramaydi; odamlar bir-birini o‘ylamaydi. Osmondagi ma’budlarning o‘zlari ham qo‘rqib ketishgan, ular ma’bud Anu (arshi a’loda) uyiga ber- kinib olishgan; ko‘ppak katagiga pusib kirganday, ma’budlar falak qafasi ichiga kirib g‘ujanak bo‘lib olganlar. Alamdan Pir Napish- tim qattiq faryod soladi: “Evoh!.. Atrofga alanglardim: Hamma yoq dengiz edi! Bir kecha-kunduzdan keyin orolga o‘xshagan bir joyga suzib chiqdim. Kema Nizir tog‘i (Qur’onda Judiy tog‘i deyiladi) to- mon suzib kelardi. Nizir tog‘i uni tutib qoldi va kema endi chayqa- lmayotgandi”. yettinchi kun Pir tongda kabutarni qo‘liga olib uchi- radi. Keyin qaldirg‘ochni, keyin qarg‘ani. Kabutar va qaldirg‘och qaytib keladi, lekin qarg‘a qaytmaydi. Tog‘ ustiga qo‘nib don yeya boshlaydi. Ular xalos bo‘lgan edilar.
Shunda dunyoni suv bostirgan ma’bud Bel darg‘azab bo‘ladi. “Tirik qolganlar qanaqa maxluqlar o‘zi?! Bitta ham odam bolasi tirik qolmasligi kerak!” Ea deydi: “Sen – ma’budlarning qudratli rahnamosisan. Ammo ma’bud degani ham odamzot usgiga shunaqa- ngi balo-qazo to‘fonni yuboradimi? Gunohkor o‘z gunohi, qotil o‘z qilmishi uchun jazolanishi kerak, bu to‘g‘ri, ammo sal insof qilsang- chi, hammani qirib tashlash yaxshimi? Hamma butunlay qirilib bit- masdan bundoq rahming kelsin!..” Shunda Bel o‘ziga keladi. Pir Napishtim aytadi: U (Bel) kemaga chikdi, qo‘limdan tutdi va o‘sha yoqqa boshladi; xotinimni ham birga yetakladi, uning qarshisida tiz cho‘kishga majbur qildi; bizga murojaat qilib, o‘rtamizga turib oldi va bizni duo qildi: “Shu paytgacha Pir Napishtim (banda) inson
edi, endi u ham, xotini ham bizga o‘xshab ma’budlar sirasiga ki- radi. Pir Napishtim olis yoqlarda, daryolarning mansablarida istiqo- mat qilsin... Ular meni qo‘llariga ko‘tardilar-da, olisdagi yurtlarga, daryolarning mansablariga olib ketdilar”.
“Bilgamish” dostonining bu matni fanda “Nineviya” varianti deyiladi... Bu nusxa ham shumerlarning asl nusxasidan emas, balki eski Bobil variantidan olingan va to‘ldirilgan nusxadir. Asl shumer nusxasi bu nusxadan va “Injil”dan ikki ming yillar oldin yozilgan edi, og‘zaki holda og‘izdan-og‘izga o‘tib yurgani esa undan ham ilgari paydo bo‘lgan, deb yozadi o‘zbek olimi Zoyir Zayitov (“Shu- merlar va Turon qavmlari”).
Bilgamishni G‘arbda Gilgamish deyishadi. Hatto rus man- balarida ham shunday keladi. Nega? T. Eftining fikricha, bu ish chalg‘itish uchun atay qilingan. Axir, Bilgamish so‘zining o‘zagi “bilge”, ya’ni “bilim”dan olingan. Bilgamish degani bilimlar egasi, hamma narsani bilguvchi ma’nosiga keladi va bu so‘z, shubhasiz, turkiy so‘zdir. Doston bosh qahramonining ismi turkiycha bo‘lib, u turkiyda ana shunday chuqur ma’noni bildirar ekan, demak, Gilga- mishning asli Bilgamish ekanligi dunyo sivilizatsiyasining avvalida turkiylarning kelishini ko‘rsatar edi. Ammo bu qarashni qabul qilish ko‘pchilik olimlar uchun albattaki oson emasdi.
Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, Sharq adabiyoti namunasi bo‘lmish “Bilgamish” dostoni shu choqqacha G‘arbu Sharq, Shi- molu Janub sarhadlarida yaratilgan epik dostonlarning debochasi bo‘lib, uning syujetidan keyinchalik juda ham ko‘plab boshqa asar- lar, jumladan, dostonlar dunyoga kelgan.
|
| |