• Bajardi: Foziljonov A. Tekshirdi: Xolmatova N. MAVZU: Nomoddiy aktivlar Reja: Nomoddiy aktivlar tarifi
  • O`zbekiston respublikas oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti mavzu: Nomoddiy aktivlar Kundizgi- “Bank ishi




    Download 59,34 Kb.
    Sana12.12.2023
    Hajmi59,34 Kb.
    #117460
    Bog'liq
    FOZILJONOV AZIMIDDIN mnoliyaviy hisob (2)


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKAS OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI


    MAVZU: Nomoddiy aktivlar
    Kundizgi- “Bank ishi va audit“ BIA 70/22 yo’nalishi 2-kurs talabasi Foziljonov Azimiddinning “Moliyaviy hisob asoslari” fanidan

    REFARATI


    Bajardi: Foziljonov A.
    Tekshirdi: Xolmatova N.
    MAVZU: Nomoddiy aktivlar
    Reja:

    1. Nomoddiy aktivlar tarifi

    2. Nomoddiy aktivlarining turkumlanishi

    3. Nomoddiy aktivlarning hisobga olish tamoyillari

    Nomoddiy aktivlar — bu moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan va bank xizmatlarini ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir.
    Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompьyuter dasturiy ta’minoti, litsenziyalar va shu kabilar kiradi.
    Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblanmasa, u nomoddiy aktiv sanaladi
    Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat — nomoddiy aktivlarni xarid qilish va ishlab chiqishga haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, xizmatlar, shuningdek aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish va boshqa xarajatlar summasi.
    Nomoddiy aktivlar qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar masalan, yuridik xizmatlar uchun professional gonorarlarni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy qiymatni aniqlash uchun barcha savdo chegirmalari va qaytarishlar chegiriladi.
    Nomoddiy aktivlarning qayta baholashni hisobga olingan qiymati tiklash (tiklanish) qiymati deb ataladi. Aktivning buxgalteriya balansida tan olinadigan summasi balans qiymati deb ataladi.
    Gudvill (goodwill) — bu yaxshi obro‘, «firma bahosi». Gudvill xaridor tomonidan bankni xarid qilish paytida uning sof aktivlari (barcha aktivlar bozor bahosi va barcha majburiyatlar bozor bahosi o‘rtasidagi farq) qiymatidan yuqori to‘lanadigan summa sifatida aniqlanadi. Bu bankning xaridori bankni xarid qilish bank tomonidan ko‘p yillar mobaynida mijozlar, qarzdorlar hamda omonatchilar bilan o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlarni xarid qilishni ham o‘z ichiga olishini tushunishini bildiradi.
    Faol ikkilamchi bozor — narxlar barcha bozor qatnashchilariga oshkor (qulay) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan bozor
    Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib ularning balans qiymatini va ushbu aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, hamda nomoddiy aktivlar balans qiymatidagi o‘zgarishlar, amortizatsiya hisoblash tartibi va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
    Bank nomoddiy aktivlari quyidagi usullar bilan shakllanadi:
    1) haq evaziga xarid qilish;
    2) bank ichida ishlab chiqish yo‘li bilan;
    3) tekinga olish.
    Agar aktiv moddasi nomoddiy aktiv ta’rifiga javob bersa, bank kelagusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo‘lsa va aktiv qiymati ishonchli o‘lchanishi mumkin bo‘lsa, u nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etilishi (tan olinishi) lozim. Mazkur talab ham chetdan olingan, ham bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi.
    Bank aktivning foydali xizmat muddati mobaynida mavjud bo‘ladigan kelgusi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholashi lozim.
    Nomoddiy aktivdan olinadigan kelgusi iqtisodiy naf xizmatlarni sotishdan olingan tushum, xarajatlar tejami va bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan boshqa naflarni o‘z ichiga olishi mumkin.
    Agar nomoddiy aktiv na nomoddiy aktivlarning ta’rifiga, na tan olish me’zonlariga javob bermasa, ushbu modda bo‘yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi.
    Aktivni nomoddiy aktiv sifatida aniqlash imkoniyati bo‘lmagan holda (ba’zi nomoddiy aktivlar jismoniy substansiyada yoki uning ichida madjud bo‘lishi mumkin) elementning muhimligidan kelib chiqish lozim (misol uchun, dasturiy ta’minot holatida — kompakt-disk, litsenziya yoki patent bo‘lganda — huquqiy hujjatlar).
    2. Nomoddiy aktivlarni birlamchi aks ettirish, sotib olish va qayta baholash.
    Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymatning o‘zgarishiga faqat nomoddiy aktivlar qayta baholangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
    Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
    CHet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlar balansda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasidagi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi va chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.
    Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv balansda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
    Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda real (haqqoniy) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati baholovchi tashkilot tomonidan yoki aktivlarni qabul qilish-topshirish hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
    Nomoddiy aktivlar qiymatini to‘liq yoki qisman oldindan to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
    Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
    Kt bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
    Aktiv kelib tushgan paytda:
    Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
    Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
    Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
    1) Nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:
    Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
    Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
    2) Aktivlar qiymati to‘langanda:
    Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
    Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
    Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, aktivga dastlab hisob-kitob qilingan me’yorlardan yuqori bo‘lgan kelgusidagi iqtisodiy foydani yaratish imkonini bergan taqdirdagina nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (haqiqiy) qiymatiga qo‘shiladi. Boshqa barcha keyingi xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi xarajatlarga olib boriladi.
    Nomoddiy aktivga u sotib olingan yoki yaratilgandan so‘ng qilingan keyingi xarajatlar, agar ushbu xarajatlar aktivning dastlabki baholangan me’yoriy ko‘rsatkichlarini saqlab turish uchun talab qilinsa, joriy xarajat sifatida tan olinadi.
    Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda tekinga olingan nomoddiy aktivlarning real qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi:
    Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
    Kt 30905 «Tekinga olingan mulklar»
    Bank ichida yaratiladigan nomoddiy aktivlarning sifati nomoddiy aktivni tan olish mezonlariga javob berishi lozim.
    Ishlab chiqish natijasida yuzaga kelgan nomoddiy aktiv bank quyidagilarning barchasini namoyish qilishi mumkin bo‘lgandagina tan olinadi:
    a) nomoddiy aktivni texnik jihatdan tugatilishi shunday amalga oshirilishi kerakki, u foydalanish yoki sotish imkoni bo‘lishi kerak;
    b) nomoddiy aktivni tugatish bo‘yicha o‘z maqsadi, uni ishlatish yoki sotish imkoniyatini;
    v) nomoddiy aktivni kelgusi iqtisodiy foydalarni yaratish qobiliyatini. Bank keyinchalik nomoddiy aktiv natijalari yoki nomoddiy aktivning o‘zi uchun bozorning mavjudligini namoyish qilishi lozim. Agar uni bank ichida foydalanish mo‘ljallansa, nomoddiy aktivning foydaliligi baholanishi lozim;
    g) ishlab chiqishni tugatish hamda aktivni ishlatish yoki sotish uchun etarli bo‘lgan texnik, moliyaviy va boshqa resurslarga ega bo‘lish;
    d) nomoddiy aktivni ishlab chiqish jarayonida unga tegishli bo‘lgan xarajatlarni ishonchli baholash imkoniyati.
    Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivning tannarxi aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni yaratish va tayyorlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tannarxga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
    1) nomoddiy aktivni yaratishda xarid qilingan yoki foydalanilgan material va xizmatlar xarajatlari;
    2) aktivni yaratishda bevosita band bo‘lgan xodimlarning ish haqi va ularga qilingan boshqa xarajatlar;
    3) aktivni yaratish uchun foydalanilgan yuridik huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boj to‘lovi va patent va litsenziyalar amortizatsiyasi kabi yaratilayotgan aktivga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan har qanday xarajatlar;
    4) aktivni yaratish uchun zarur bo‘lgan va aktivga olib borilishi mumkin bo‘lgan ustama xarajatlar.
    Quyidagi xarajatlar bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv tannarxining tarkibiy qismini tashkil qilmaydi:
    1) savdo, ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar, aktivni foydalanishga tayyorlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan xarajatlardan tashqari;
    2) aktivdan foydalanish uchun xodimlarni tayyorlash xarajatlari.
    Nomoddiy aktiv hisobda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettirilgandan so‘ng qayta baholash sanasidagi bozor qiymati bo‘yicha qayta baholanadi va qayta baholangan (tiklash) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi, basharti bozor qiymatini aniq aniqlash mumkin bo‘lsa.
    Nomoddiy aktivning bozor qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol ikkilamchi bozor narxlari asosida belgilash mumkin. Balans hisobotini tuzish sanasida balans qiymati bozor qiymatidan katta farq qilmasligi uchun qayta baholashni etarli darajadagi muntazamlikda amalga oshirish lozim.
    Qayta baholangan nomoddiy aktiv uchun mazkur paytda ikkilamchi bozor mavjud bo‘lmagan taqdirda aktivning balans qiymati sifatida uning oxirgi qayta baholash sanasidagi qayta baholangan qiymati olinishi lozim, basharti bu balans qiymat ushbu aktivning tiklash qiymatidan oshmasa.
    Qayta baholashni o‘tkazishda to‘liq tiklash qiymati nomoddiy aktivlar qiymatini baholanayotgan aynan o‘xshash bo‘lgan yangi ob’ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
    Bevosita qayta baholash usuli qo‘llanilganda nomoddiy aktivlarning to‘liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun bankning xohishiga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
    1) ishlab chiquvchi firmalar va ularning rasmiy dilerlaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    2) qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markiziy bank kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo‘llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida);
    3) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    4) aktiv qiymati to‘g‘risida baholovchi tashkilotning hisoboti.
    Qayta baholashdan so‘ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning balans qiymati va yig‘ilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
    1) Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu oshish 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
    a) Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»;
    Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
    b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
    Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
    Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)».
    2) qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining ko‘payish summasi ilgari xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining kamayish summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim.
    3) Agar aktivning qayta baholangan qiymati balans qiymatidan kam bo‘lsa, aktiv summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
    a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
    Dt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)»;
    Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
    b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:
    Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» (oldingi ko‘payish chegarasida);
    Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».
    4) Agar 30908 — hisobvaraq qoldig‘i (aynan ushbu toifadagi nomoddiy aktivlarga tegishli bo‘lgan) etarli bo‘lmasa, qayta baholangan aktiv qiymatining qo‘shimcha kamayishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
    Dt 55995 — «Boshqa foizsiz xarajatlar»;
    Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».
    YUqorida keltirilgan o‘tkazmalardan so‘ng nomoddiy aktivlar hisobvarag‘idagi yangi qoldiq aktivning qolgan hisoblangan xizmat muddati mobaynida mazkur Yo‘riqnomaning VI bo‘limiga muvofiq amortizatsiya qilinadi.
    30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda 31203 — «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» hisobvarag‘iga bevosita hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
    Dt 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
    Kt 31203 — «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»;
    Ushbu holda qayta baholash musbat natijasining har oyda hisobdan chiqariladigan summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi va boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng. 30908 — hisobvaraqdagi qayta baholash natijasi tegishli aktiv hisobdan chiqarilganda to‘lig‘icha kiritilishi mumkin.
    3.Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish
    Nomoddiy aktivlarga eskirish ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab yoziladi. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan summasi ularning foydali xizmat muddati mobaynida muttasil tarzda bank xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
    Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati bank tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiya me’yorlari yordamida belgilanadi.
    Foydali xizmat muddati aktivdan foydalaniladigan yillar mobaynida, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarida o‘lchanishi mumkin. Aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi barcha omillar hisobga olinishi lozim:
    1) qanchalik samarali ishlatilishiga bog‘liq holda bank tomonidan aktivdan kutilayotgan qo‘llanishi;
    2) aktiv uchun odatdagi hayotiylik davri va foydalanilayotgan shunga o‘xshash turdagi aktivlarning foydali xizmat muddatlarini baholash to‘g‘risidagi oshkor ma’lumot;
    3) texnik, texnologik yoki boshqa turdargi eskirishlar. Kompьyuter dasturiy ta’minoti va shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning jadal texnik rivojlanishini hisobga olgan holda foydali xizmat muddati qisqa bo‘ladi;
    4) aktiv ustidan nazorat qilinadigan davr va aktivdan foydalanishdagi yuridik yoki boshqa cheklovlar (ijara shartnomasi muddatining tugashi kabi va sh.k.);
    5) aktiv foydali xizmat muddatining bankning boshqa aktivlari foydali xizmat muddatlariga bog‘liqligi.
    Nomoddiy aktiv foydali xizmat muddatini baholash foydali xizmat muddati davomiyligining oshishi bilan ishonchsiz bo‘lib boradi, chunki chegara mavjud xalqaro standartlarga muvofiq ba’zi nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yigirma yildan oshmaydi.
    Agar nomoddiy aktivdan olinadigan kelajakdagi iqtisodiy foydani nazorat qilish yuridik huquq (patent, mualliflik huquqi singari) orqali erishilsa, bunday nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yuridik huquqning amal qilish davridan oshmasligi kerak, bundan quyidagi hollar mustasno:
    1) yuridik huquq tiklanadigan bo‘lib hisoblanganda;
    2) tiklanish haqiqatan ham aniq bo‘lganda.
    Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ham iqtisodiy, ham huquqiy omillar mavjud bo‘lishi mumkin: iqtisodiy omillar iqtisodiy foyda olish davrini belgilaydi; huquqiy omillar ushbu foydani olinishi ustidan bank nazorati davrini cheklashi mumkin. Bunday holda foydali xizmat muddati ushbu davrlarning eng qisqasini ifodalaydi.
    Aktiv mavjud bo‘lgan davr ichida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati texnologik o‘zgarishlar yoki xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu holda foydali xizmat muddati va tegishincha, amortizatsiya me’yori joriy va kelgusi davrlar uchun korrektirovka qilinadi.
    Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi balans qiymatidan aktivning tugatish qiymatini chegirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nomoddiy aktivning tugatish qiymati nolga teng deb qabul qilinishi lozim, bundan quyidagi hollar mustasno:
    1) aktivning foydali xizmat muddati oxirida uchinchi tarafning uni sotib olish majburiyati mavjud bo‘lsa; yoki
    2) aktiv uchun faol bozor mavjud bo‘lsa va:
    a) tugatish qiymati ushbu bozordagi dalillar bilan aniqlanishi mumkin bo‘lsa;
    b) aktivning foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lsa.
    Foydalaniladigan amortizatsiya usuli bank aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi lozim. Agar bunday jadval aniq belgilanishi mumkin bo‘lmasa, unda amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulini qo‘llash lozim.
    Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:
    1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli;
    2) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli;
    3) kamayib boruvchi qoldiq usuli.

    Ma’lumki, nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo’ljallangan bo’lib, mulkchilik huquqiga ega bo’lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo’lib, bir qancha turlarga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta’riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko’rinishiga, material-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo’lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.


    Xorij iqtisodchi-olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellar «nomoddiy aktivlar – jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo’yilmalarni tashkil etuvchi asosiy aktivlar», deb qaraydilar . R.Entoni nomoddiy aktivlarni «yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga sotiluvchi aktivlar», deb e’tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o’zida namoyon etsa-da, mahsulotlar belgilari, uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo’shiladi.
    Prof. A.Sheremet nomoddiy aktivlarga umumiy holda quyidagicha ta’rif beradi: «…moddiy qiymatga ega bo’lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o’zida namoyon etuvchi, o’z egasiga ma’lum vaqt davomida foyda (daromad) keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratuvchi aktivlardir» .
    Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda «nomoddiy aktivlar o’zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir» yoki «nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo’lmaydi» yohud «nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya’ni intellektual mulk», deb ta’riflangan.
    Demak, nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo’lmagan aktivlarga bo’lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir.
    Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi.
    Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
    – asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;
    – tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;
    – ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
    Ko’p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma’lum qiymatlikka ega bo’lgan intellektual mulk ob’ektlari, mulk huquqlari tushuniladi.
    Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini orttirib borishni taqozo etadi.
    Nomoddiy aktilar bo’lib, korxonaga mulkchilik xuquqlarida tegishli bo’lgan aniq, moddiy asosga ega bo’lmagan, pul shaklida bo’lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko’rsatishda, ijara uchun yoki ma’muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi.
    Nomoddiy aktivlar xo’jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo’ldan ko’p vaqt) mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mulk ob’ektlaridir.
    Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi.
    - foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi;
    - xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lishi mumkin;
    - moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmasligi;
    - qiymatga ega bo’lishligi va uni aniq o’lchash mumkinligi.
    Intellektual mulk ob’ektlari iqtisodiy ob’ekt sifatida o’zining o’rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk ob’ektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar.
    Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e’tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to’lov qobiliyatiga ega bo’lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo’llash huquqiga egadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo’llanilishi mumkinligini e’tirof etadi, muallifga esa mukofot to’lovi huquqini beradi.
    Patent-bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo’llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo’yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan xarajatlar (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to’langani bois va boshqa patentga erishishga doir xarajatlar majmuasi kiritiladi.
    Litsenziya - bu ma’lum bir faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi rasmiy xujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati negizida, uni ma’lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo’jalik yuritish sub’ekti, tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.
    Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:
    - ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan ilmiy-texnik mahsulot;
    - ilmiy ishlar tadbiq etiladigan sanoat namunalari kiritiladi.
    Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob’ektlari sirasiga:
    - adabiyot va san’at asarlari;
    - musiqa asarlari;
    - rassomchilik asarlari;
    - kinematografiya asarlari;
    - ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi.
    Intellektual mulk ob’ektlari boshqa mulk ob’ektlaridek o’zining qiymatiga egadir. Intellektual mulk boshqa mulk ob’ektlari singari narxi aniqlanadi, undan foydalanish esa qo’shimcha naf keltirish mumkin bo’ladi.
    Moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmagan jami nomoddiy aktivlar xo’jalik sub’ektlariga nisbatan shartli ravishda uchta yirik guruhga ajratilishi mumkin:
    Birinchi guruh tarkibiga muayyan korxonadan, firmadan xo’jalik yuritish sub’ektlaridan ajratib olib bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar kiradi:
    - maxsus malaka egalari bo’lish, ma’lumotli personal;
    - reklama sohasida va o’z mahsulotini ilgari surishdagi erishilgan yutuqlar;
    - hududiy joylashish afzalliklari;
    - biznesda erishilgan reputatsiya, ya’ni obro’-e’tibor.
    Ushbu guruh tarkibiga kiritilgan aktivlar qoida sirasida noaniq xizmat ko’rsatish muddatiga ega bo’lganligi tufayli jamlangan holda baholanadi. Bunday aktivlarni xizmat ko’rsatish muddatini aniqlash va amortizatsiya normalarini o’rnatish mumkin bo’lmaganligi uchun, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan, ya’ni amortizatsiya ajratmalari qilinmaydigan aktivlar deb e’tirof etish mumkin.
    Ikkinchi guruh tarkibiga korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti xodimidan ajratib olib bo’lmaydigan aktivlar kiradi. Bular jumlasiga har bir xodimlarning obro’-e’tibori, ya’ni reputatsiyasi va professionallik ko’nikmalari, mahorati, shu jumladan shaxsiy nou-xau, tijorat sohasidagi mahorati moliya operatsiyalarini o’tkazish va hokazolar kiradi. Birinchi guruh tarkibiga kiritilgan aktivlardek, bunday aktivlar ham har biri ajratib olib bo’lmaydi, foydalanish muddatiga ega emas va amortizatsiya qilinmaydi.
    Uchinchi guruh tarkibiga, korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ektidan ajratib olinib, baholanishi mumkin bo’lgan aktivlar kiritiladi. Bular sirasiga fabrika markalari, firma yoki savdo belgilari, savdo markalari, mualliflik huquqlari, patentlar, litsenziyalar, franchayz va boshqalar kiritiladi. Bu guruhdagi har bir aktiv ajratilgan holda, yakka tartibda alohida baholanishi mumkin va ularni ko’pchiligi aniq xizmat ko’rsatish muddatlariga egadir. Bunday aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilgan va ularni korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti balansida aks ettirish mumkin.
    Franchayz - bu mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda o’zga korxonalarning texnologiya, algoritm, formula va boshqa tashqi ko’rinishlaridan foydalanish huquqi. Bunday huquq asosan boshqa firma yoki boshqa tuzilmalardan shartnomalar asosida sotib olinadi.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish hamda erkin raqobat muhiti vujudga kelishi munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida raqobatbardoshlikni ta’minlashda nomoddiy aktivlarni o’rni ko’tarilib, ular roli borgan sari oshib boradi.
    Barcha turdagi nomoddiy aktivlarni tashkil etish o’z navbatida investitsiyalarni talab etadi.
    Moddiy mulk ob’ektlaridek, nomoddiy aktivlarni tashkil etish va doimiy tarzda yangilab borish muayyan sarf-xarajatlarni talab etadi. Nomoddiy aktivlar muayyan vaqt birligida ishlab chiqarishni boshqaruvchi, tovar mahsulotni ilgari surishda, mahsulot tannarxini pasaytirishda, umuman kapitallashuvni ta’minlashda erkin raqobat muhitida juda ham qo’l keladigan aktivlar qismi hisoblanadi. Investitsiyalarni bir qismi korxona, xo’jalik yuritish sub’ekti tomonidan asosiy kapitalni tiklash, yangilash, kengaytirish va muntazam modernizatsiyalashga qaratilsa, ikkinchi qismi nomoddiy aktivlar majmuasini kengaytirishga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, nou-xaulardan foydalanish huquqlarini qo’lga kiritish hamda korxona salohiyatini oshirishga, uning obro’-e’tibor qozonishiga, yuqori imidjga ega bo’lishiga qaratiladi. Investitsiyalarni yana bir qismi aylanma mablag’larni tashkil etishga, ularni to’ldirishga qaratiladi.
    Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida etishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular aylanma muddatini qisqartirishni, iste’molchilarga qisqa muddatlarda etkazilishini ta’minlaydi, ko’maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini xarid etish yo’li bilan xo’jalik yuritish sub’ekti faoliyatini yangilanib borishga, zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni yaratilishiga zamin yaratiladi.
    Nomoddiy aktivlarni asosiy turlari patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari franchayz, dasturlar ta’minoti, “gudvill” va boshqalar kapitallashtiriladi va foydalanish davri mobaynida so’ndirib boriladi.



    Download 59,34 Kb.




    Download 59,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikas oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakulteti mavzu: Nomoddiy aktivlar Kundizgi- “Bank ishi

    Download 59,34 Kb.