|
Tarmoq OT larining turlari
|
bet | 127/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Kompyuterlar o‘rtasida funksiyalarni taqsimlanishiga qarab, ular ajratilgan server yoki klient tuguni rolida namoyon bo‘lishadi. Tarmoq quyidagi sxemalar asosida qurilgan bo‘lishi mumkin:
Server va klient funksiyalari birlashtirilgan kompyuterlardan tashkil topgan tarmoq – birrangli tarmoq;
Klient va server asosida qurilgan tarmoqlar – ajratilgan serverli tarmoq;
Barcha turdagi tugunlardan tashkil topgan tarmoq – gibrid tarmoq deb nomlanadi.
Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlar bir-birlarining resurslaridan foydalanishda tengdir. Har bir foydalanuvchi, uning hohishiga binoan, kompyuteridagi har qanday resursni umumiy deb e’lon qilishi, shundan so‘ng boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishlari mumkin. Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlarga operatsion tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u tarmoqdagi barcha kompyuterlarga teng imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu turdagi tarmoq operatsion tizimlari birrangli operatsion tizimlar deb nomlanadi. Shubhasiz, birrangli operatsion tizimlar tarmoq xizmatlarining ham server, ham mijoz komponentlarini o‘z ichiga olishi kerak. Birrangli operatsion tizimlar sifatida Windows 2000 Professional, Windows XP/Vista lar xizmat qilishi mumkin. O‘z navbatida tarmoqda o‘z resurslarini bo‘lishishni istamaydigan foydalanuvchilar ham uchraydi. Bunday holda, ularning operatsion tizimlarining server imkoniyatlari faollashtirilmaydi va kompyuterlar faqat mijoz rolini o‘ynaydi.
Ajratilgan serverli tarmoqda operatsion tizim
Ajratilgan serverlari bo‘lgan tarmoqlarda maxsus server roli uchun optimallashtirilgan tarmoq operatsion tizimlari qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda foydalanuvchi kompyuterlari mijoz operatsion tizimlari boshqaruvida ishlaydi. Server sifatida ishlash uchun ixtisoslashgan operatsion tizimlar, server operatsiyalari
samaradorligini oshirishning tabiiy usulidir. Agar tarmoqda yuzlab va hatto minglab foydalanuvchilar bo‘lsa, umumiy resurslarga yuboriladigan so‘rovlarning intensivligi juda katta bo‘lishi mumkin va server ushbu so‘rovlar oqimini hech qanday kechiktirmasdan bajara oladi. Ushbu muammoning aniq yechimi, server sifatida kuchli qurilma platformasi va server funksiyalari uchun optimallashtirilgan operatsion tizimga ega kompyuterdan foydalanishdir. Ajratilgan serverli operatsion tizimlar sifatida Windows server NT/2008/2012/2016/2019, Solaris, Linux, FreeBSD va boshqalarni aytishimiz mumkin.
|
| |