• IP-manzil
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet123/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   222

    MAC manzil


    Tarmoq bo‘ylab ma’lumotlarni uzatishda tarmoqqa ulangan har bir qurilmaning MAC manzilidan (fizik manzil deb ham nomlanadi) foydalaniladi. MAC manzil («Media Access Control» – qurilmaga kirishni boshqarish) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qurilmasining har bir tarmoq interfeysiga beriladigan noyob identifikator hisoblanadi. Har bir tarmoq qurilmasi o‘zining 6 bayt o‘lchamli MAC manziliga ega.
    IEEE standartlari 4 qismga bo‘lingan 48 bitli MAC manzilni aniqlaydi (6.7- rasm).
    48 bit




    0: yakka
    1: guruhli
    0: global darajada boshqariladigan 1: mahalliy darajada boshqariladigan
    6.7-rasm. MAC manzil tuzilishi

    Ular quyidagi vazifalar uchun mo‘ljallangan:

    • birinchi bit qaysi kadr – yakka (0) yoki guruhli (1) manzillash uchun mo‘ljallanganligini bildiradi;

    • ikkinchi bit MAC manzil global (0) yoki lokal (1) ma’muriy boshqariladigan ekanligini ko‘rsatadi.

    • 22 bit - ishlab chiqaruvchining identifikatori hisoblanadi;

    • 24 bit - tarmoq qurilmasining har bir interfeysi uchun mustaqil ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tanlanadi.

    Odatda, MAC manzil «-» yoki «:» belgisi bilan ikkitadan guruhga ajratilgan 12 ta o‘n olti xonali raqamlar ko‘rinishida yoziladi.
    Misol: 000100001111000100001110001000111010001011010000
    10-F1-0E-23-A2-D0 yoki 10:F1:0E:23:A2:D0

    IP-manzil


    Bugungi kunda IP (Internet Protocol) manzillarning ikki turi mavjud, ular IPv4 (Internet Protocol version 4) va IPv6 (Internet Protocol version 6). Bu protokol orqali nafaqat Internet tarmog‘i elementlarini manzillash, balki mahalliy tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob manzillarni berish mumkin. Manzillash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.
    IPv4 protokoli. IP protokolining 4-versiyasida (IPv4) tarmoq manzili 32 bit uzunlikka ega. Mavjud bo‘lgan manzillar soni 232 darajasini tashkil etadi. O‘qish qulay bo‘lishi uchun IPv4 tarmoq manzillari nuqtalar yordamida 4 baytga (oktetga) ajratiladi, shuningdek, IP-manzildagi har bir bayt o‘nlik sanoq tizimidagi sonlar bilan yoziladi.


    Misol:
    11000000 10101000 00001010 00000001
    11000000.10101000.00001010.00000001
    192.168.10.1

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.